Shamsuddin Kulol maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shamsuddin kulol maqbarasiShaqrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Amir Temurning otasi Amir Taragʻoyning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga qurilgan. Goʻrxonaning tarhi toʻrtburchak (12,1x10,6 m), pishiq gʻishtdan qurilgan, toʻrdagi devori ravokli toklardan iborat. Uymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi va kufiy yozuvi nodir. Maqbaraning kulohiy (qirrador) gumbazi 20-asr boshlarida buzilib tushgan, oʻrni bir ustunli tekis tom 6n taʼmirlangan. Sh.Shamsuddin kulol maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi meʼmoriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi, ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — oʻzaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklar meʼmoriy uslubga muhim taʼsir koʻrsatgan.