Kabutardan suratga olish
Kabutardan suratga olish — 1907-yilda nemis farmatsevti Julius Neubronner tomonidan ixtiro qilingan havodan suratga olish usuli. Neubronner dori-darmonlarni yetkazib berish uchun baʼzida kabutarlardan foydalangan. Tashuvchi kabutar koʻkragiga alyuminiydan yasalgan jabduqlar oʻrnatilgan va unga kichik kamerani oʻrnatish mumkin boʻlgan. Neubronner 1907-yilda ixtiroga nemis patentini olish maqsadida bergan arizasi rad etilgan. Soʻngra, 1908-yil dekabrda u kabutarlari tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlagach, patent olishga muvaffaq boʻldi. U 1909-yilgi Drezden xalqaro fotokoʻrgazmasida rasm olishdagi ushbu yangicha texnikani namoyish etgan. Baʼzi rasmlarni Frankfurt xalqaro aviatsiya koʻrgazmasida, shuningdek, 1910- va 1911-yillardagi Parij havo koʻrgazmalarida otkritka sifatida sotgan.
Dastlab, kabutarlardan suratga olish ixtirosidan havo razvedkasi maqsadida ham foydalanib koʻrilgan. Birinchi Jahon urushi paytidagi jangovar sharoitlarda dalada oʻtkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan boʻlsa-da, bu davrda aviatsiyaning jadal rivojlanishi tufayli kabutarlarga boʻlgan ehtiyoj susaygach, Neubronner oʻz tajribalaridan voz kechishga majbur boʻlgan. Bu gʻoya 1930-yillarda shveysariyalik soatsoz tomonidan, shuningdek, nemis va fransuz harbiylari tomonidan qisqa vaqt ichida qayta koʻrib chiqilgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida kabutarlardan keng miqyosda foydalanilgan boʻlsa-da, qushlarning havodan razvedka qilishdagi ishtiroki nomaʼlum. Keyinchalik Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) josuslik uchun moʻljallangan akkumlyatorli kamerani ishlab chiqqan. Undan foydalanish tafsilotlari davlat siri boʻlib qolgan.
Taymer mexanizmiga ega kichik va yengil kameralarni yasash hamda qushlarni kerakli yuklarni koʻtarishga oʻrgatish katta qiyinchiliklar tugʻdirgan. 2004-yilda Britaniya radioeshittirish korporatsiyasi (BBC) jonli tasvirlarni olish uchun lochinlar va accipiter gentilislarga biriktirilgan kameralardan foydalangan. Shuningdek, bugungi kunda baʼzi tadqiqotchilar, hayvonsevarlar va rassomlar xuddi shu tarzda hayvonlarga kichik kameralarni oʻrnatishadi.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi aerofotosuratlar 1858-yilda Nadar tomonidan olingan; 1860-yilda esa James Wallace Black havo sharidan fotosuratlar olgan[2]. Fotografiya texnikasi yanada rivojlanib borar ekan, XIX asrning oxirida baʼzi kashshoflar kameralarni uchuvchisiz uchar jismlarga joylashtirganlar. 1880-yillarda Artur Batut varraklar orqali havodan suratga olishni tajriba qilib koʻrgan. 1896-yilda William Abner Eddy tomonidan shunday usul bilan olingan Bostonning yuqori sifatli fotosuratlari mashhur boʻlgan. Amedee Denisse 1888-yilda raketani kamera va parashyut bilan jihozlagan. 1897-yilda Alfred Nobel ham raketalar orqali suratga olishni sinab koʻrgan[3][4].
XIX asr va XX asr boshlarida tashuvchi kabutarlardan ham fuqarolik, ham harbiy tashkilotlarda keng foydalanilgan. 1870-yilgi Fransiya — Prussiya urushida Parijning mashhur kabutar pochtasi Tuorsdan qamal ostidagi poytaxtga bir kabutar parvozi davomida 50 000 tagacha mikroformalangan telegrammalarni olib yurgan. Hammasi boʻlib 150 ming shaxsiy telegrammalar va davlat joʻnatmalari yetkazilgan[5]. 1889-yilda Sankt-Peterburgdagi Rossiya texnika jamiyati havo sharidan fotosuratlar olish yoʻli bilan eksperiment oʻtkazgan va keyin fotoplastinkalar kabutar yordamida yerga yuborilgan[6].
Julius Neubronner
[tahrir | manbasini tahrirlash]1903-yilda Germaniyaning Kronberg im Taunus shahrida farmatsevt Julius Neubronner yarim asr oldin otasi boshlab qoʻygan ishlarni davom ettirgan: tashuvchi kabutar orqali Königstein im Taunus yaqinidagi sanatoriyga retsept yuborib turgan. U xuddi shu usul bilan 75 gram (2.6 oz) gacha shoshilinch dori-darmonlarni yetkazib berardi. Neubronner koʻproq daromad olish uchun kabutarlarni ulgurji sotuvchilarga yuborgan. Uch yil oʻtgach, sanatoriyaning yopilishi munosabati bilan kabutarlardan foydalanish toʻxtatilgan. Bir marta Neubronnerning kabutarlaridan biri tumanli havoda oʻz yoʻnalishini yoʻqotib, toʻrt haftaga kechikib kelgan. Shunda, Neubronnerda oʻz kabutarlarining bosib oʻtgan yoʻllarini kuzatish uchun ularni kameralar bilan jihozlash gʻoyasi paydo boʻlgan. Neubronnerning ikkita sevimli mashgʻulot bor edi: havaskor fotograflik va tashuvchi kabutarlar bilan shugʻullanish. Tashuvchi kabutarlarga kameralar oʻrnatish ortidan u ikkala sevimli mashgʻulotini birlashtirgan[7].
Soat mexanizmiga ega kichik kameraning poyezdda va chanadagi muvaffaqiyatli sinovidan soʻng[7], Neubronner jabduq va kichik alyuminiy sovut yordamida kabutarning koʻkragiga oʻrnatsa boʻladigan kamerani ishlab chiqishni boshlagan. U ogʻirligi 30 grammdan 75 grammgacha boʻlgan yogʻochli korpusga ega kamera modellaridan foydalangan[8]. Aerofotosuratga olish uchun Neubronner kabutarni oʻz uyidan 100 kilometr (60 mi) uzoqlikdagi joyga olib borgan. Kabutar kamera bilan jihozlanib, qoʻyib yuborilgan[9]. Oʻz yukidan xalos boʻlishni xohlaydigan qushlar odatda toʻgʻri yoʻlda, 50 dan 100 metrgacha (160 dan 330 futgacha) balandlikda uyga uchib ketardi[10]. Kameradagi pnevmatik tizim taymerni nazorat qilib turgan. Kaptarxonada kabutarlar uchun elastik, keng qoʻnish yoʻlakchasi va katta kirish tuynugi boʻlgan[8].
Neubronnerning soʻzlariga koʻra, kabutarlar uchun kameralarning oʻnlab turli modellari boʻlgan. 1907-yilda u mazkur ixtirosiga patent olishga muvaffaq boʻlgan. Dastlab uning „Yuqoridan landshaftlarni suratga olish usuli va vositalari“ nomli ixtirosi Germaniya patent idorasi tomonidan rad etilgan. Ammo kabutar tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlaganidan soʻng 1908-yil dekabrida patent olgan[11][12] (Tashuvchi kabutarlarining koʻtarish qobiliyati haqidagi notoʻgʻri tushuncha tufayli Germaniya patent idorasining raddiyasi asosli edi[9]). Bu texnologiya Neubronnerning 1909-yilda Drezdenda boʻlib oʻtgan Xalqaro fotokoʻrgazmasi[13] va 1909-yilda Frankfurtda boʻlib oʻtgan Xalqaro aviatsiya koʻrgazmasidagi ishtiroki tufayli koʻpchilikka maʼlum boʻlgan. Drezdendagi tomoshabinlar kabutarlarning kelishini tomosha qila olardi. Kabutarlar olib kelgan aerofotosuratlar otkritkaga aylantirilgan[2][14]. Neubronnerning fotosuratlari Drezdenda, shuningdek, 1910- va 1911-yillardagi Parij havo koʻrgazmalarida sovrinlarni qoʻlga kiritgan[15].
Schlosshotel Kronberg saroyining (oʻsha paytda uning egasi Kaiserin Friedrich sharafiga Schloss Friedrichshof deb nomlangan) fotosurati „fotosuratchi“ qanotlarining tasodifan surat chetiga tushib qolishi ortidan mashhur boʻlgan. Ushbu tasvirning mualliflik huquqi buzilgan holda 1929-yilda haftalik kinoxronikaning bir qismi sifatida nemis kinoteatrlarida namoyish etilgan[16].
Neubronner 1909-yilda nashr etilgan risolada beshta kamera modelini tavsiflab bergan:
- Patentda tasvirlangan „ikkitalik kamera“ qarama-qarshi yoʻnalishda (oldinga/orqaga) yoʻnaltirilgan ikkita linzaga ega boʻlib, ularning har biri fokus masofasi 40 mm boʻlgan. Yagona fokusli zatvor tomonidan nazorat qilinadigan kamera pnevmatik tizim tomonidan belgilangan vaqtda bir vaqtning oʻzida ikkita fotoplastinka ekspozitsiyasini olishi mumkin.
- Stereoskopik kamera oʻxshash xususiyatlarga ega, lekin unda ikkala linza bir xil yoʻnalishga qarab turadi.
- Model plyonkani orqaga oʻrash tizimi bilan jihozlangan va ketma-ket bir nechta suratga olish imkoni boʻlgan.
- Bir modelning linzalari fokusli garmoshkaga oʻrnatilgan edi. Qaychi mexanizmi tufayli model kengayish va yigʻilish imkoniyatiga ega boʻlgan. Ushbu mexanizm fokus uzunligi 85 mm boʻlgan fotoplastinkada 6 sm × 9 sm oʻlchamdagi suratga olish imkonini bergan.
- Panoramali kamerada 3 sm × 8 sm oʻlchamdagi plyonkada panoramali suratga olish imkoni mavjud edi. Panoramalar 180° ga aylanadigan linza bilan almashtirilgan[8]. Bu modelni Neubronner taxminan 1910-yillarda sotuvga chiqarishga uringan Doppel-Sport panoramik kamerasi uchun asos boʻlgan. Biroq, ushbu model seriyali ishlab chiqarilmagan[17].
1920-yilda chiqarilgan bir risolada Neubronner soʻnggi modelni ogʻirligi 40 gram (1.4 oz) va 12 ta ekspozitsiya olish qobiliyatiga ega, deb taʼriflagan[11]. 2007-yilda ushbu mavzuni oʻrgangangan tadqiqotchi linzalar, panoramalar va fotografik axborot vositalarining tezligi haqida juda kam texnik maʼlumotlar mavjudligini taʼkidlagan. Lekin Neubronner oʻzining panoramali kamerasi „ADOX“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan plyonka bilan taʼminlanganligini maʼlum qilgan. Ushbu kamera uchun u fotosurat materialining yorugʻlik sezuvchanligini ISO 25/15° – 40/17° va FPSi (1 soniyada qancha tasvir ola olish qobiliyati) 1/60 s — 1/100 s deb hisoblagan. Film 30 mm × 60 mm formatda va linzalarning yarim doira harakati tufayli ortiqcha buzilishlarning oldini olish uchun konkav shaklga egilgan[15].
Neubronnerning panoramali kamerasi Berlindagi Germaniya texnologiya muzeyi va Myunxendagi Deutsches muzeyida namoyish etilgan[18][19].
Birinchi Jahon urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neubronnerning ixtirosidan hech boʻlmaganda qisman harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin edi. XX asr boshlarida havodan fotografik razvedka qilish birmuncha qiyin boʻlgan. Chunki tasvirga olish uchun faqat havo shari, varrak va raketa kabi katta hajmli vositalardan foydalanilgan[11]. 1903-yilda aka-uka Wrightlarning muvaffaqiyatli parvozi havo razvedkasi uchun yangi eshiklarni ochib bergan. Ushbu parvoz ortidan birinchi jahon urushi davrida kuzatuv samolyotlari ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan[11].
Prussiya urush vazirligi kabutardan suratga olish usuliga qiziqib qolgan. Maʼlum boʻlishicha, kabutarlar portlashlarga nisbatan befarq boʻlishadi. Ammo jang paytida kaptarxonani koʻchirishga toʻgʻri kelishi, shuningdek, kabutarlar oʻzining yangi joyini topishiga biroz vaqt ketishi mumkin edi[11]. Tashuvchi kabutarlarni koʻchma kaptarxonaga qaytarish muammosi 1880-yilda Italiya armiyasida muvaffaqiyatli hal qilingandi[20]: Fransiya artilleriyasi kapitani Reynaud kabutarlarni qoʻlga oʻrgatgan[21]. Neubronner bu ish haqida bilganmi, yoʻqmi, nomaʼlum boʻlsa-da, biroq oʻz sayohat aravalaridan (furgon) kaptarxona sifatida foydalanadigan odamlar haqida eshitgani uchun ham masalaning yechimi borligiga ishongan. 1909-yilda u Drezden va Frankfurtda oʻtkazilgan koʻrgazmalarda yorqin ranglarga boʻyalgan fotografiya laboratoriyasi va koʻchma kaptarxona joylashgan kichik aravani namoyish etgan. Neubronner bir necha oy davomida yosh kabutarlarni kaptarxona boshqa joyga koʻchirilgandan keyin ham u yerni topib kelishga oʻrgatgan[11].
1909-yilda Neubronner oʻzining koʻchma kaptarxonasida saqlanayotgan kabutarlar yordamida Tegeldagi suv inshootlarini suratga olishni reja qilib qoʻygan edi. U ushbu rejasini 1912-yilda muvaffaqiyatli amalga oshirgan[14]. Deyarli 10 yil davom etgan muzokaralar 1914-yilning avgustida, ixtironi Strasburgda manyovrli tajriba qilib koʻrish bilan yakunlangan. Neubronner oʻzining barcha kabutarlari va jihozlarini harbiylar ixtiyoriga topshirgan, harbiylar esa ularni jang maydonida sinab koʻrganlar. Sinov muvaffaqiyatli boʻlgan. Ammo, shunga qaramay, harbiylar bu usulni keng qoʻllashmagan[11][22]. Buning oʻrniga kabutarlardan xatlarni yetkazishda foydalanib qoʻya qolingan. Neubronnerning koʻchma kaptarxonasi Verdun jangida ishlatilgan. Xususan, urushda shunchalik foyda keltirganki, Somme jangida shunga oʻxshash qurilmalardan keng foydalanilgan[11]. Urush tugaganidan soʻng, Urush vazirligi Neubronnerning soʻroviga javoban, havodan suratga olish uchun kabutarlardan foydalanish harbiy ahamiyatga ega emasligi va keyingi tajribalar oqlanmaganligini maʼlum qilgan[14].
Ikkinchi Jahon urushi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi Jahon urushidan keyin, harbiy idoraning pozitsiyasiga qaramay, 1932-yilda nemis armiyasi kabutarlarni suratga olishga oʻrgatgani va yangi nemis kameralari parvoz paytida 200 tagacha fotosurat olishga imkoni mavjud ekanligi maʼlum boʻlgan[23]. Oʻsha yili fransuzlar kabutarlar uchun plyonkali kameralar, shuningdek, oʻrgatilgan itlar yordamida qushlarni dushman ortidan qoʻyib yuborish usulini ishlab chiqqanliklarini daʼvo qilishgan[24].
Ikkinchi Jahon urushi davrida urush kabutarlari va koʻchma kaptarxonalar keng qoʻllangan boʻlsa-da, ular havodan suratga olish uchun qay darajada ishlatilgani nomaʼlum. 1942-yilgi hisobotga koʻra, Sovet armiyasi tashlandiq nemis yuk mashinalari ichida besh daqiqalik oraliqda suratga oladigan kabutar kameralarini va savatlarda kabutarlarni tashishga oʻrgatilgan itlarni topgan[25]. 1943-yil oxirida Ittifoqchilar Amerika qoʻshinlari ushbu texnikani qoʻllash imkoniyatidan xabardor ekanligini maʼlum qilishgan[26].
Ikkinchi Jahon urushi davrida kamerali kabutarni ushlab turgan nemis askari oʻyinchogʻi ishlab chiqarilgani maʼlum. Bunday oʻyinchoqlar taxminan 1935-yildan boshlab „Elastolin“ savdo markasi ostida ishlab chiqarila boshlangan. Haykalcha kamerali kabutarni uchirib yuborayotgan askar va uning yonida kabutarlarni tashishga oʻrgatilgan, it shakllaridan iborat[27].
XX asr 1-choragida shmidrüdlik soatsoz Christian Adrian Michel (1912—1980) kabutarlar koʻtara oladigan kamera ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan[28]. 1931-yilda Shveysariya armiyasining pochtachi kabutarlar xizmatiga tayinlangan va 1933-yilda u Neubronnerning panoramali kamerasini 16 mm plyonkaga moslashtirish va uni birinchi ekspozitsiyadan oldin kechikishni nazorat qilish va filmni ekspozitsiyalar oʻrtasida tashish mexanizmi bilan takomillashtirish ustida ish boshladi. Michelning kamerasi 1937-yilda Shveysariya, Germaniya, Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniyada patentlangan, atigi 70 gram (2.5 oz) ogʻirlikda boʻlgan. Shuningdek, ushbu kamera soat mexanizmi bilan boshqariladigan taymerli birinchi kamera boʻlgan boʻlishi mumkin[29][30].
Michelning Shveysariya armiyasiga fotoapparat sotish rejasi barbod boʻldi, chunki Michel kameralarni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ishlab chiqaruvchini topa olmadi. Hammasi boʻlib, faqat 100 ga yaqin kameralar yigʻildi[17]. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, Michel plyonkali rulonlarini tashish uchun oʻram va jabduqlarni patentladi[31]. 2002–2007-yillar oraligʻida uning uchta kamerasi Londondagi Christie's kim oshdi savdosida sotilgan[28].
Vevey shahridagi Shveysariya fotosuratlar muzeyida (fransuzcha: Musée suisse de l'appareil photographique) Michel tomonidan kamerani yaratish paytida olingan 1000 ga yaqin fotosuratlar saqlanadi[32]. Fotosuratlarning aksariyati ISO 8/10° tezlikda 16 mmlik ortopankromatik Agfa plyonkasi bilan olingan. Kadr oʻlchami 10 mm × 34 mm. Ushbu oʻlcham tasvirni oʻn barobar kattalashtirish uchun yetarli boʻlgan[30]. 2007-yilgi „Des pigeons photographes?“ (tarjimasi „Kabutarlar suratga oladimi?“) nomli koʻrgazma katalogida suratlar bir necha guruhlarga ajratilgan edi: sinov tariqasida yerdan yoki derazadan olingan suratlar; yerdan yoki yuqori nuqtalardan kabutarlarning inson nigohida koʻrinishidagi suratlar; samolyotda olingan aerofotosuratlar; nisbatan yuqori balandlikdan samolyotdan qoʻyib yuborilgan kabutarlarga oʻrnatilgan kameralar orqali olingan boʻlishi ehtimoli mavjud aerofotosurotlar; odatiy turdagi kam sonli kabutarlar suratlari[32][33].
Ikkinchi jahon urushidan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]1967-yilda „The Avengers“ teleserialining „The Bird Who Knew Too Much“ (tarjimasi „Juda koʻp narsani bilgan qush“) epizodida chet ellik josuslar Britaniya maxfiy bazasining fotosuratlarini olish uchun kabutarlar va maʼlumotni mamlakatdan yashirincha olib chiqish uchun gapiruvchi toʻtiqushdan foydalanadilar. Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) batareya bilan boshqariladigan kabutar kamerasini ishlab chiqqan, u hozirda Markaziy razvedka boshqarmasi muzeyining saytida onlayn sayohatda namoyish etiladi. Veb-saytida kameradan foydalanish tafsilotlari haqida batafsil maʼlumotlar tasniflangan[34]. Maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, kamera 1970-yillarda Sovuq urushda ishlatilgan[35], kabutarlar samolyotlardan qoʻyib yuborilgan, ammo bu ish muvaffaqiyatsiz boʻlgan[36]. 1978-yilda Shveysariyaning L'Illustré jurnali Febo de Vries-Baumannning gidravlik mexanizmli kamera bilan jihozlangan kabutari tomonidan olingan Bazel koʻchasi aerofotosuratini chop etdi[17]. 2002–2003-yillarda kabutarlar ishqibozi Amos Latteier Advanced Photo System (APS) va raqamli kameralar yordamida kabutarlarni suratga olish usuli ustida tajriba oʻtkazdi. Natijalarni Oregon shtatining Portlend shahrida „PowerPointillist“ maʼruza chiqishlarida koʻrsatdi[37]. Nemis rejissyori Arend Agthening 2008-yilda suratga olingan „Uyqudagi malika“ filmida shahzoda kabutarlardan surat olish usulini oʻylab topadi va kabutar tomonidan olingan suratda „Uyqudagi malika“ni kashf etadi[38].
1980-yillarda Rolf Oberländer tomonidan yuqori sifatli Doppel-Sport kameralarining kam sonli nusxalari ishlab chiqarilgan[17]. Ulardan birini 1999-yilda Veveydagi Shveysariya kameralar muzeyi sotib olgan[17].
Zamonaviy texnologiyalar ushbu prinsipni videokameralarga kengaytirish imkonini beradi. 2004-yilda BBC „Animal Camera“ (tarjimasi „Hayvon kamerasi“) dasturida Steve Leonard burgutlar, lochinlar va accipitrinaelar ustiga qoʻyilgan kameralar tomonidan olingan hujjatli filmlarni taqdim etdi. Kameralarning ogʻirligi 28 gram (1 oz)[39]. Kaptarlardagi videokameralarga kichik raqamli audio pleyerlarni ham biriktirish mumkin[40]. 2009-yilda olimlar albatrossimonlarga mini kameralar oʻrnatishdi. Oʻlchami lab boʻyogʻi qutisiday keladigan kamera har 30 soniyada 1 ta suratga olardi[41]. Hozirda tadqiqotchilar va hayvonsevarlar mushuk va it kabi uy hayvonlariga kameralar oʻrnatishadi[42].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hildebrandt, Alfred (1907), Die Luftschiffahrt nach ihrer geschichtlichen und gegenwärtigen Entwicklung (nemischa), München: Oldenbourg, 395–397-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Professional Aerial Photographers Association (2007), „History of aerial photography“, papainternational.org, 2011-01-11da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Hildebrandt, Alfred (1907), Die Luftschiffahrt nach ihrer geschichtlichen und gegenwärtigen Entwicklung (nemischa), München: Oldenbourg, 384–386-bet.
- ↑ Mattison, David (2008), „Aerial photography“, in Hannavy, John (muh.), Encyclopedia of Nineteenth-century Photography, 12–15-bet, ISBN 978-0-415-97235-2.
- ↑ Dagron, Prudent René Patrice (1870), La poste par pigeons voyageurs, Paris: Lahure, 21-bet.
- ↑ Hildebrandt, Alfred (1907), Die Luftschiffahrt nach ihrer geschichtlichen und gegenwärtigen Entwicklung (nemischa), München: Oldenbourg, 406-bet.
- ↑ 7,0 7,1 Neubronner, Julius (1910), „Die Photographie mit Brieftauben“, in Wachsmuth, Richard (muh.), Denkschrift der Ersten Internationalen Luftschiffahrts-Ausstellung (Ila) zu Frankfurt a.M. 1909 (nemischa), Berlin: Julius Springer, 77–96-bet.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Neubronner, Julius (1908), „Die Brieftaube als Photograph“, Die Umschau, 12-jild, № 41, 814–818-bet.
- ↑ 9,0 9,1 Gradenwitz, Alfred (1908), „Pigeons as picture-makers“, Technical World Magazine, 10-jild, 485–487-bet.
- ↑ Feldhaus, F.M. (1910), „Taubenpost“, Ruhmesblätter der Technik – Von den Urerfindungen bis zur Gegenwart (nemischa), Leipzig: Brandstetter, 544–553-bet.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 11,7 Neubronner, Julius (1920), 55 Jahre Liebhaberphotograph: Erinnerungen mitgeteilt bei Gelegenheit des fünfzehnjährigen Bestehens der Fabrik für Trockenklebematerial (nemischa), Frankfurt am Main: Gebrüder Knauer, 23–31-bet, OCLC 3113299.
- ↑ German patent DE 204721 („Verfahren und Vorrichtung zum Photographieren von Geländeabschnitten aus der Vogelperspektive“ (Wayback Machine saytida 2023-08-27 sanasida arxivlangan)), Neubronner, Julius, issued 1908-12-02, filed 1907-06-20. Neubronner also obtained corresponding patents in France („Procédé et appareil pour prendre des vues photographiques de paysages de haut en bas“ (Wayback Machine saytida 2023-08-27 sanasida arxivlangan)), the United Kingdom („Method of and Means for Taking Photographs of Landscapes from Above“ (Wayback Machine saytida 2023-08-27 sanasida arxivlangan)) and Austria („Vorrichtung zum Photographieren von Geländeabschnitten aus der Vogelperspektive“ (Wayback Machine saytida 2008-06-21 sanasida arxivlangan)).
- ↑ „Les pigeons photographes“, Le Matin (fransuzcha), 1909-06-12, 2011-07-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2023-08-20.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Brons, Franziska (2006), „Faksimile: "siehe oben"“, in Bredekamp, Horst; Bruhn, Matthias; Werner, Gabriele (muh.), Bilder ohne Betrachter (nemischa), Akademie Verlag, 58–63-bet, ISBN 978-3-05-004286-2.
- ↑ 15,0 15,1 Wittenburg, Jan-Peter (2007), „Photographie aus der Vogelschau: zur Geschichte der Brieftaubenkamera“, Photo Deal (nemischa), 4-jild, № 59, 16–22-bet.
- ↑ Brons, Franziska (2006), „Bilder im Fluge: Julius Neubronners Brieftaubenfotografie“, Fotogeschichte (nemischa), 26-jild, № 100, 17–36-bet.
- ↑ 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Des pigeons photographes? (PDF) (fransuzcha), Vevey: Musée suisse de l'appareil photographique, 2007, 4–11-bet, 6 July 2011da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 16 April 2013.
- ↑ Deutsches Museum München (2007), „New Exhibition: Photo + Film“, deutsches-museum.de (nemischa), 2011-01-11da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Deutsches Technikmuseum Berlin (2007), Faszination des Augenblicks: Eine Technikgeschichte der Fotografie (PDF) (nemischa), 4–13-bet.
- ↑ Etat-Major Des Armées, France (1886), „Les colombiers militaires en Italie“, Revue militaire de l'étranger (fransuzcha), 30-jild, 481–490-bet.
- ↑ Reynaud, G. (1898), „Les lois de l'orientation chez les animaux“, Revue des deux mondes (fransuzcha), 380–402-bet.
- ↑ „The pigeon spy and his work in war“, Popular Science Monthly, 88-jild, № 1, 30–31-bet, 1916.
- ↑ „Carrier pigeons take photos automatically“, Popular Mechanics, Hearst Magazines, 57-jild, № 2, 216-bet, February 1932, ISSN 0032-4558 „Carrier pigeons with cameras“, The Canberra Times, 2-bet, 1932-04-13.
- ↑ „Le pigeon espion“, Lectures Pour Tous (fransuzcha), 55-bet, February 1932.
- ↑ „Pigeons carry cameras to spy for Nazi army“, Popular Mechanics, Hearst Magazines, 33-bet, September 1942.
- ↑ „Pigeons as birds of war“, Flight and the Aircraft Engineer, 455–457-bet, 1943-10-21.
- ↑ Schnug, Ernst (1988), „Die Fototaube“, Figuren-Magazin (nemischa), № 1, 17–19-bet.
- ↑ 28,0 28,1 Christieʼs auctions: Pigeon camera model A no. 948. Sale 9509, Lot 500. South Kensington, 2002-11-19. Pigeon camera Model B no. 937. Sale 9965, Lot 266. South Kensington, 2004-11-16. Pigeon camera Model A no. 803. Sale 5144, Lot 378. South Kensington, 2007-06-06.
- ↑ Swiss patent CH 192864 („Photographieapparat mit schwenkbarem, mit selbsttätiger Auslösung versehenem Objektiv, insbesondere für Brieftauben“[sayt ishlamaydi]), published 1937-12-01, issued 1937-09-15, filed 1936-02-03. Michel also obtained corresponding patents in Germany („Panoramakamera mit schwenkbarem Objektiv, insbesondere für Brieftauben“[sayt ishlamaydi]), France („Appareil photographique à déclenchement automatique, particulièrement pour pigeons-messagers“[sayt ishlamaydi]), Belgium („Appareil photographique à déclenchement automatique, particulièrement pour pigeons-messagers“[sayt ishlamaydi]) and the United Kingdom („Improvements in or relating to Panoramic-cameras“[sayt ishlamaydi]).
- ↑ 30,0 30,1 Häfliger, Rolf (2008), „Eine Brieftaubenkamera aus der Schweiz?“, Photographica Cabinett (nemischa), № 45, 34–43-bet.
- ↑ Swiss patents CH 214355 („Traggerät für Brieftauben“[sayt ishlamaydi]) and CH 214356 („Depeschenhülse für Brieftaube“[sayt ishlamaydi]), Michel, Christian Adrian, published 1941-07-16, issued 1941-04-30, filed 1940-06-22.
- ↑ 32,0 32,1 Des pigeons photographes? (PDF) (fransuzcha), Vevey: Musée suisse de l'appareil photographique, 2007, 16–29-bet, 6 July 2011da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 16 April 2013.
- ↑ Berger, Olivier (2008), Rapport concernant le traitement de conservation-restauration d'une série de petits appareils photographiques pour pigeons (PDF) (fransuzcha), 4-bet, 2011-07-07da asl nusxadan (PDF) arxivlandi.
- ↑ „CIA Museum virtual tour“, cia.gov, 2011-01-11da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Bridis, Ted (2003-12-26), „CIA gadgets: robot fish, pigeon camera, jungle microphones“, USA Today, 2009-12-29da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Eisler, Peter (2008-07-14), „True to form, CIA keeps its spy museum hush-hush“, USA Today, 2011-06-23da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Latteier, Amos, „A report on pigeon aerial photography“ (PDF), Homepage, 2011-03-24da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Yana qarang:
- Bowie, Chas (2003-01-30), „Visual Reviews – PowerPointillism“, Portland Mercury, 2011-03-24da asl nusxadan arxivlandi.
- Gallivan, Joseph (2003-01-31), „Bird brain“, The Portland Tribune, 2011-03-24da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Goldener Spatz 2009 (Katalog) (nemischa), Deutsche Kindermedienstiftung Goldener Spatz, 78-bet.
- ↑ „Airborne“. Animal Camera. 2004-03-05. BBC. BBC one.
- ↑ Newpigeonguy kanali YouTubeda, retrieved on 2011-04-09.
- ↑ Sakamoto, Kentaro Q.; Takahashi, Akinori; Iwata, Takashi; Trathan, Philip N. (2009), Earley, Ryan L. (muh.), „From the Eye of the Albatrosses: A Bird-Borne Camera Shows an Association between Albatrosses and a Killer Whale in the Southern Ocean“, PLOS ONE, 4-jild, № 10, e7322-bet, Bibcode:2009PLoSO...4.7322S, doi:10.1371/journal.pone.0007322, ISSN 1932-6203, PMC 2752807, PMID 19809497. See also:
- ↑ „A dog cam? Seth Lakeman leads the way“. // dailymail.co.uk. 2012-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-aprel.(ingl.)
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Neubronnerga aloqador
- Brons, Franziska (2006), „Bilder im Fluge: Julius Neubronners Brieftaubenfotografie“, Fotogeschichte (nemischa), 26 (100): 17–36.
- Gradenwitz, Alfred (1908), „Les pigeons photographes“, L'Illustration (fransuzcha) (3429): 322ff.
- Neubronner, Julius (1909), Die Brieftaubenphotographie und ihre Bedeutung für die Kriegskunst, als Doppelsport, für die Wissenschaft und im Dienste der Presse. Nebst einem Anhang: 'Die Kritik des Auslandes' (nemischa), Dresden: Wilhelm Baensch.
- Neubronner, Julius (1910), „Die Photographie mit Brieftauben“, in Wachsmuth, Richard (muh.), Denkschrift der Ersten Internationalen Luftschiffahrts-Ausstellung (Ila) zu Frankfurt a.M. 1909 (nemischa), Berlin: Julius Springer, 77–96-bet, OCLC 44169647.
- Oelze, Friedrich Wilhelm (1910), Brieftaubensport und Brieftaubenphotographie, Miniatur-Bibliothek für Sport und Spiel (nemischa), 30–31-jild, Leipzig, Berlin, Frankfurt a. M., Paris: Grethlein, OCLC 251937979.
- Wittenburg, Jan-Peter (2007), „Photographie aus der Vogelschau: zur Geschichte der Brieftaubenkamera“, Photo Deal (nemischa), 4 (59): 16–22.
- Michelga aloqador
- Äschlimann, Heinz (2008), „Die Entstehung des Bildes mit einer Brieftauben-Panoramakamera“, Photographica Cabinett (nemischa) (45): 43f.
- Berger, Olivier (May 2008), Rapport concernant le traitement de conservation-restauration d'une série de petits appareils photographiques pour pigeons (PDF) (fransuzcha), Basel: Art Metal Conservation GmbH, 4-bet, 2011-07-07da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2009-07-12.
- Häfliger, Rolf (2008), „Eine Brieftaubenkamera aus der Schweiz?“, Photographica Cabinett (nemischa) (45): 34–43.
- Des pigeons photographes ? (PDF) (fransuzcha), Vevey: Musée suisse de l'appareil photographique, 2007, OCLC 428248338, 2011-07-06da asl nusxadan (PDF) arxivlandi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Kabutardan suratga olish haqida turkum mavjud |
- YouTube foydalanuvchisi „newpigeonguy“ning jabduqlar qoʻllanilishini va shu tarzda olingan bir nechta videolari
- Real birds eye view! Golden Eagle in flight – Animal Camera – BBC YouTubeda.
- „A report on pigeon aerial photography)“. // latteier.com. 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-aprel.
- „Dr Julius Neubronner’s Miniature Pigeon Camera“. // publicdomainreview.org. 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-aprel.