Aerofotosuratga olish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerofotosuratga olish — samolyot, vertolyot, Yer sunʼiy yoʻldoshi yoki raketalarga joylashtirilgan maxsus aerofotoapparat yordamida joyning fotosuratini yuqoridan olish va shu fotosuratlar yordamida joyning plani va geografik xaritani tuzish. Aerofotosuratga olish joyning baʼzi tafsilotlarini yoki inshootlarning fotosuratlarini olib, soʻngra tayyor xaritasiga tushirish uchun ham qoʻllaniladi. Baʼzan, Aerofotosuratga olishning vazifasi faqat joyning tutgan oʻrni chegaralarini aniqlash bilan cheklanadi (kontur Aerofotosuratga olish), baʼzan topografik oʻlchashlar natijasida olingan relef haqidagi maʼlumotlar Aerofotosuratga olish yordamida olingan xaritaga tushiriladi (murakkab kombinasiyalangan Aerofotosuratga olish). Aerofotosuratga olish vositasida xarita tuzib, fotogrammetrik oʻlchashlar na-tijasida relefni shu xaritalarga tushirish ham mumkii (fotogrammetriya). Uchish, fotosurat olish va tayyor fotosuratlarni oʻlchash natijasida joyning plani — xaritasi tuziladi. Aerofotosuratga olish topografik xaritalar tuzishda, geol., tuproqshunoslik tadqiqotlarida, oʻrmonchilik va er tuzish ishlarida, yoʻl va er gidrotexnika inshootlari qurish, harbiy ish va boshqalarda qoʻllaniladi. Aytib oʻtilgan ishlarda qoʻllaniladigan Aerofotosuratga olishning eng muhim qismi olingan fotosuratlarda joyning hamma tafsilotlarini topa bilish (deshifrlash — shifrni echish) va ularni xaritaga aniq tushirishdir. Aerofotosuratga olish qaysi sohada ishlatilishiga qarab, fotosuratdagi tafsilotlarni aniqlash — topografik, gidrotexnik, gidrogeografik deshifrlash turlariga boʻlinadi. Harbiy maqsadda olib borilgan deshifrlash dushmanning mudofaa tizimini aniqlash, uning kommunikasiyam, aerodromlari va kechuv joylarini oʻrganishdan iborat. Bundan tashqari, harbiy ishda erdan turib aniqlab boʻlmaydigan obʻektlar (narsalar)ning koordinatalari topiladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]