Parashyut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Parashyut (para... va frans. chuite — tushish) —1) yukrridan (mas, samolyotdan) tushayotgan odam yoki yuk tezligini atmosfera qarshiligi hisobiga kamaytiradigan apparat. Leonardo da Vinchi P. gʻoyasini ilmiy asoslab bergan. 18-asrda fransuz J. Mongolfye oddiy P. bilan minoradan sakragan. Hozirgi aviatsiya P.ini Rossiyada birinchi marta G.Ye.Kotelnikov yaratgan (1911).

P. gumbaz va osma tizimlardan ibo-rat (rasm). Samolyotdan sakrash, borish qiyin boʻlgan joylarga yuk tashlash, yongʻindan muqofaza xizmatchilarini oʻrmonning yonayotgan joylariga tushirish; maxsus havo-desant qoʻshinlari va harbiy texnikani tashlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Shunga koʻra, qutqaruv, qoʻndiruv, tormoz va sport P.lari kabi xillarga boʻlinadi. P. pishiq ma-todan tayyorlanadi.

Vertolyot yoki samolyotdan sakrashda ishlatiladigan P.lar parashyutchi tomonidan tortish halqasini bevosita tortish yoʻli bilan yoki sakrovchining ishtirokisiz ochiladi. Yuk tashlat P.lari odam ishtirokisiz ochiladi. Buning uchun maxsus tizimcha boʻlib, bir uchi samolyotga, ikkinchi uchi tortish halqasiga mahkamlab qoʻyiladi. Parashyutchi samolyotdan tizimcha uzunligicha uzoklashishi bilan halqa tortila-di va P. gumbazi ochiladi. P. gumbazining yuzasi 0,01 dan bir necha ming m2 gacha boʻlishi mumkin. P.ning tushish tezligi 1–5 m/s; 2) lift shaxtasida bosh arqon uzilib ketgan yoki tormoz ishlamay qolgan xrllarda, shuningdek, klet yoʻl qoʻyilgan tezlikdan tez tushganda uni ushlab qoluvchi kurilma.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil