Albatrossimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Albatrossimonlar (Diome-deidae) – boʻronqushlar turkumining bir oilasi. Tanasining uz. 85–140 sm, qanotlari ingichka, yoyilganda 3,6 m ga yetadi. Havoda qanot qoqmasdan uzoq vaqt ucha oladi, suvda yaxshi suzadi. Havoga toʻlqinlar choʻqqisidan yoki qiyadan koʻtariladi. Jan.yarim shar dengizlarida tarqalgan, ayrim turlari Tinch okeanining shim. qismiga (Uzoq Sharq dengizlariga) ham oʻtadi. A. monogam, galagala boʻlib uchib yuradi. Koʻpayish davrida ko-loniya hosil qiladi. Okeanlarning odam yashamaydigan orollarida uya quradi, uyaga bittadan tuxum qoʻyadi. A. 5–10 yoshda vo-yaga yetadi. Baliq, boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi. A.ning 2 uruqqa mansub boʻlgan 13 turi ma’lum. Oq yelkali A. (Diomedea albatrus) Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil