Manyovr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manyovr (frans.) — 1) qoʻshinlar (flot qoʻshinlari)ning dushmanga talafot yetkazish uchun qulay boʻlgan kuch va vositalar guruhini tuzish maqsadidagi harakatlari; 2) qoʻshinlar (flot, aviatsiya kuchlari)ning yirik ikki taraflama mashqi; qoʻshinlarni qoʻshilma va birlashmalarning komandirlari hamda shtablarini taktik, shuningdek, operativ tayyorlashning oliy shakli. Jangovar holatga yaqin sharoitda oʻtkaziladi; 3) lokomotivlar va vagonlarning stansiya yoʻllarida harakat qilishi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil