Nadar
Nadar | |
---|---|
![]() Self-portrait of Nadar, tax. 1860 | |
Tavalludi |
Gaspard-Félix Tournachon 5-aprel 1820-yil Parij, Fransiya |
Vafoti |
20-mart 1910-yil (89 yoshda) Parij, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Kasbi |
|
Otasi | Victor Tournachon |
Imzo | |
![]() |
Nadar taxallusi bilan tanilgan Gaspard-Félix Tournachon 1820-yil 5-aprel [1]da Fransiyada tugʻilgan. Nadarni fotografi, karikaturachi, jurnalist, yozuvchi va havo sharining muallifi sifatida bilishadi. 1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf hisoblanadi.
Nadarning fotoportretlari koʻplab milliy fotosuratlar toʻplamlarida saqlanadi. Uning oʻgʻli Pol Nadar (1856-1939) otasining vafotidan keyin studiyasini davom ettirgan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gaspard-Félix Tournachon (Nadar)[2] 1820-yil aprel oyi boshida Parijda matbaachi va kitob sotuvchisi oilasida [3] tugʻilgan. Nadar tibbiyotni oʻrganishni boshlaydi, lekin otasining vafotidan keyin iqtisodiy inqirozlarga uchraganligi sababli oʻqishni tashlaydi.[4][3]
Nadar turli gazetalarda karikaturachi va yozuvchi sifatida ishlay boshlaydi. U Jerar de Nerval, Charlz Bodler va Teodor de Banvilning Parijdagi bohem guruhiga qoʻshiladi va she guruhda uning doʻstlari unga taxallus sifatida Nadarni tanlaydilar. [4] Uning asarlari birinchi marta 1848-yilda Le Charivari jurnalida nashr etilgan. 1849-yilda u La Revue Comique à l’Usage des Gens Sérieuxga asos solgan.[3]
Nadar 1853-yilda karikaturachilikdan fotografiyaga oʻtgan va shu yili ilk fotosuratlaerini olgan. 1854yilda Sent-Lazar koʻchasi 113 da oʻzining shaxsiy fotostudiyasini ochgan.[4] Nadar keng doiradagi shaxslarni suratga oldi: siyosatchilar (Gizot, Prudon), sahna aktyorlari (Sara Bernhardt, Paulus), yozuvchilar (Gyugo, Bodler, Sand, Nerval, Gotier, Dyuma), rassomlar (Korot, Delakrua, Millet) va musiqachilar. (Liszt, Rossini, Offenbax, Verdi, Berlioz). [4] Nadar anʼanaviy dabdabali dekorativ chiroqlardan foydalanishni xohlamagan. U tabiiy kunduzgi yorugʻlikni afzal koʻrgan. 1886 yilda oʻgʻli Pol bilan u birinchi fotoreportajni amalga oshirgan.[5] Bu fotoreportaj Le Journal Illustré nashrida chop etilgan.[4]
- Brooklyn Museum — Nadar Élevant la Photographie à la Hauteur de l’Art — Honoré Daumier.jpg
Nadar élevant la Photographie à la hauteur de l’Art („Fotografiyani sanʼatga koʻtaruvchi Nadar“). Le Bulvarda paydo boʻlgan Honoré Daumier tomonidan litografiya, 1863 yil 25-may
- Henry de Montaut, Petit, Catastrophe du ballons Le Géant. — La nacelle rasant le sol à Nieubourg (Hanovre). — D`après les renseignements fournis par M. Nadar. Gravure 1863.jpg
1863 yil: Gannoverdagi Neustadt am Rübenbergda Le Géant bilan falokat. Gazetadagi rasm
- Nadar, Félix — Self-portrait.jpg
Balon savatidagi Nadarning studiya portreti, c. 1863 yil
1858 yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf boʻldi. Shunday qilib, u oʻzining sharlari bilan havoda suratga tushgan, shuningdek, Parij katakombalarida birinchi boʻlib yer ostida suratga tushgan odam boʻlib, tarixda qoldi. [3] 1867-yilda u havo sayohatiga bagʻishlangan L’Aéronaute nomli birinchi jurnalni nashr etdi.[3]
Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Umrining oxirlarida Nadar anekdotlar, ham uning fotosuratlari namunalari, shu jumladan taniqli ismlarning koʻplab portretlari bilan toʻldirilgan[6] [7] " Quand j'étais photographe " nomli asarini yaratdi va uni ingliz tiliga tarjima qilgan.
Fotogaleriyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- JapaneseMissionAndNadarSon. JPG
Nadarning oʻgʻli (oʻrtada) Yatsu Kanshiro (chapda) va nomaʼlum samuray (oʻngda), Nadar tomonidan suratga olingan. Ular 1863 yilda Yaponiyaning Evropadagi ikkinchi elchixonasi aʼzolari edi
Balzak karikaturasi, 1850 yil
Le Bris va uning uchuvchi apparati Albatros II (notoʻgʻri berilgan boʻlishi mumkin, baʼzi manbalar fotosuratchi Pepin fils boʻlganini aytishadi)
- Atelier Nadar — Pierre Kropotkine.jpg
Shahzoda Adam Jerji Czartoryski
Gustav Dore (1859)
Marquis de Galliffet, fusilleur de la Commune
Charlz Guno 1890 yil
- Elisabeth de Gramont — Nadar — 1889.jpg
Elizabeth de Gramont, 1889 yil
Nosiriddin Shoh Qojar, Fors qiroli 1848-1896
Jorj Sand (1864)
- Séverine, debout, un poing sur la hanche — Nadar.jpg
Séverine (taxminan 1895)
Emile Zola (1895)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ "La Mort de Nadar" (fr). l'Aérophile: 194. 1 April 1910. http://gallica.bnf.fr/ark:/12148/bpt6k65639070/f166.image.
- ↑ Jenner, Greg. Dead Famous: An Unexpected History of Celebrity from Bronze Age to Silver Screen (en). Orion, 2020-03-19 — 213 bet. ISBN 978-0-297-86981-8.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Félix Nadar Gaspard-Félix Tournachon (6 April 1820 – 23 March 1910, France)“. Lambiek Comiclopedia. Qaraldi: 12-noyabr 2019-yil.
Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Lambiek" defined multiple times with different content Manba xatosi: Invalid<ref>
tag; name "Lambiek" defined multiple times with different content - ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 “ (fr). www.archivesdefrance.culture.gouv.fr. Qaraldi: 15-oktabr 2015-yil.
Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "archivesdefrance" defined multiple times with different content Manba xatosi: Invalid<ref>
tag; name "archivesdefrance" defined multiple times with different content - ↑ „"Le Journal Illustré" Publishes the First Photo-Interview 9/5/1886“. History of Information. Qaraldi: 12-noyabr 2019-yil.
- ↑ Adam Begley, „The absurd life of Félix Nadar, French portraitist and human flight advocate“, The Guardian, 23 December 2015.
- ↑ Begley, Adam. The Great Nadar: The Man Behind the Camera. New York: Tim Duggan Books, 11 July 2017. ISBN 978-1-101-90260-8.