Kontent qismiga oʻtish

Aerofotorazvedka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aerofotorazvedka — samolyot yoki boshqa uchish apparatlariga oʻrnatilgan aerofotoapparatlar yordamida yerdagi obyektlarni suratga olish. Aerofotorazvedkani uchuvchisiz yoki maxsus razvedkachi samolyotlar bajaradi. Razvedkachi samolyotda bir necha fotoapparat boʻlib, ular erdan berilgan dastur topshiriqqa binoan avtomatik ravishda suratga oladi yoki uchuvchi tegishli obʻektlarni tanlab suratga oladi. Harbiy ishda dushman qarorgoxlari va obʻektlarini, strategik inshootlarini suratga olishda aerofotorazvedkadan foydalaniladi[1].

Aerofotorazvedka
  1. „Aerofotorazvedka“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.