Kontent qismiga oʻtish

Jonkeldibiy xazirasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jonkeldibiy xazirasi
Muqobil nomlari Jonkeldibiy xazirasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi xazira
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVIII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Jonkeldibiy xazirasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVIII asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Jonkeldibiy xazirasi Poshshooyim xazirasining oʻng tomonida joylashgan boʻlib, XVIII asrda qurilgan. Ushbu xazira 2 peshtoqdan iborat. Xazirada Jonkeldibiy va uning avlodlati dafn etilgan. Hofiz Tanish Buxoriy „Abdullanoma“ asarida Sumitan qishlogʻidagi masjid, xonaqoh, madrasa uning sharq tomonida Xaramsaroyni bogʻga aylantirishga Jonkeldibiyni oʻrni haqida yozib oʻtgan. Asarda shunday yozilgan: „Iqtidorli amiri Jonkeldibiy va eʼtiborli amirzoda Valijon mirzo hamda Jultoybiy bogʻ va gulzorlarni faysazar mozorining atrofiga shu tartibda ziynat va takalluf bilan ekdilar[1]“. Jonkeldibiy dahmasida bitikli marmartoshlar mavjud boʻlib, uning avlodlari xazirasida biror tosh uchramaydi. Xazira alohida 3 ta maydon va dahlizdan iborat.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xazira ichkarisi balandligi 2 metr, dahlizlar uzunligi 6 metr, maydoni esa 2 metrni tashkil etadi. Xazira ichkarisida maxfiy eshik boʻlib, bemalol kirish mumkin. Jonkeldibiy maqbarasida 14 ta tosh bitik mavjud. Qabrtoshlar ikkinchi marta ishlatilgan boʻlishi mumkin, yozuvlari koʻpchiligi oʻchib ketgan. Maqbara qibla tomonida qora marmartosh boʻlib, ustida suls xatida „Tavhid“ kalimasi keltirilgan. Marmartoshda shunday yozilgan: „Bu qabrtosh amir Mirjonkeldibiy Oysin Keldibiy oʻgʻliga tegishli. Vafot sanasi hijriy 999 yil“. Bundan tashqari lavhda „Oyat al-kursi“ ham bitilgan. Tarixchi Ibodat Rajabova tadqiqotlari natijasida ushbu maqbara toshbitiklari yozuvini tarjima qilgan[2].


  1. Ҳофиз Таниш ал-Бухорий 1999, s. 158.
  2. Чор Бакр 2001, s. 102.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Биринчи китоб). Тошкент: Шарқ, 1999 — 416-bet. 
  • Ҳусенов С, Ражабова И. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.