Oyposhshooyim xazirasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oyposhshooyim xazirasi
Muqobil nomlari Oyposhshooyim xazirasi
Poshshooyim xazirasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi xazira
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 1

Oyposhshooyim xazirasi (Poshshooyim xazirasi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVII asrda bunyod etilgan. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Poshshooyim xazirasi Chor Bakr meʼmoriy majmuasining shimol tomonida joylashgan. Oyposhshooyim xazirasi peshtoqli va uning peydovori yerdan 6 metr chuqurlikda joylashgan. Poydevori sariq rangli xarsangtaroshlar bilan terilgan boʻlib, obi gʻisht va keyin qamish qoʻyilgan. Xaziraga yettita pillapoya orqali chiqiladi. Xazira ichkarisida ikkita qorixona mavjud. Qorixona sharqida asosiy sagʻonalar mavjud. Qabrlarning shimol tomonida esa chiroqpoya oʻrnatilgan. Chiroqpoya yaxshi saqlanmagan boʻlib, gʻarb tomonida naqshlari parchasi saqlanib qolgan va u rayhoniy rangda. Peshtoq ikki tomonida islimiy naqshlar mavjud. Peshtoq kitoba qismida Qur’oni Karimning „Zumar“ surasining 53 oyati keltirilgan. Katiba oyati atrofi parchinkoriy va koshinoriy qilib ishlangan[1]. Xazirada qora marmartosh mavjud boʻlib, u Bibijon xonimga tegishlidir. Bibijon xonim Jonibek Sultonning qizi boʻlgan va u 1608-yilda vafot etgan. Qabrtoshida shunday yozilgan edi: „Bu yorugʻ dahma Olloh tomonidan kechirilgan taqvodor hamda sof, ezgulik niholi Bibijon xonim Jonibek Sulton qizi. Hijriy 1017-yilning Muharram al-ahram shahri (oyida) vafot etgan[2]“. Poshshobibi esa Bibijon xonimning ikkinchi eri Abdurahimxojadan tugʻilgan boʻlib, Nodirmuhammadxoning kelini boʻlgan. Uni Poshshabibi nomi bilan nomlaganlar. Hozirgi kunda ham xazira uning nomi bilan atalib kelinadi. Poshshabibi qabri ham qora rangda boʻlib, yozuvlari nastaliq xatida bitilgan. Undagi marsiya esa fors tilida bitilgan[3]. Ushbu xazirada Bibijon xonim va Oyposhshaoyim xonzodalar dafn qilingan. Xazira uchun Jo’yboriy xojalari koʻplab yerlarni vafq qilgan, va shu hisobidan xazira taʼmirlangan, tilovat qiladigan qorilar maosh olishgan[4]. Xazira Oʻrta Osiyo uslublarida bunyod etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Чор Бакр 2001, s. 94.
  2. Чор Бакр 2001, s. 95.
  3. Чор Бакр 2001, s. 96.
  4. Тўраев 2007, s. 252.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ҳусенов С, Ражабова И. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144 bet. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309 bet.