Jizzax pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jizzax pedagogika instituti, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1974 yil tashkil etilgan. 1989 yil Abdulla Qodiriy nomi berilgan. Institutda 8 fakultet (oʻzbek tili va adabiyoti, tarix va xuquq, ped., xorijiy tillar, fizika, mat., kimyo-biol., kasb taʼlimi, jismoniy tarbiya), 5 boʻlim (musiqa, ped.-psixologiya, geogr., qozoq, sirtqi), 36 kafedra, 31 oʻquv va amaliy laboratoriya, ustaxona, tajriba ishlab chiqarish maydoni, profilaktoriy va sport sogʻlomlashtirish muassasalari bor (2002). Institut qoshida iqtidorli bolalar gimnaziyasi va akademik litsey mavjud. Institut oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, ped. va boshlangʻich taʼlim uslubi, kimyo-ekologiya, biol., mat.-informatika, fizika-astronomiya, kasb taʼlimi, tarix, huquqshunoslik, musiqa-ped., geogr., jismoniy tarbiya, huquq va maʼnaviyat asoslari, maktabgacha taʼlim, tasviriy sanʼat, ped.psixologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 2001/2002 oʻquv yili institutda 3573 talaba taʼlim oldi, 295 professor-oʻqituvchi, jumladan 14 fan doktori va professor, 122 fan nomzodi va dotsent ishladi. 2002 yilgacha institutda 6 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlandi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil