Jizzax davlat pedagogika universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jizzax davlat pedagogika universiteti
(JDPU)

Universitet asosiy binosi
Xalqaro nomi Jizzakh State Pedagogical University
Asos solingan 1974-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Sharipov Shavkat Safarovich (2020-yildan beri)
Talabalari 20722 nafar
Fakultetlar 12 ta
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Professorlar 731 ta
Manzili 130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4-uy Jizzax, Oʻzbekiston
Vebsayti http://jdpu.uz


Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga kiruvchi Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri.

1974-yilning 8-avgust sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 256-sonli buyrugʻiga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil etilgan va unga filologiya fanlari doktori, professor Bozorboy O‘rinboyev rektor sifatida tayinlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

2022-yil 21-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qarori asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.

Universitet rektori pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov. Universitet 2024-yilga kelib 12 ta fakultet, 28 ta yoʻnalish va 35 ta kafedraga ega. Talabalar soni 20722 nafarni tashkil etadi. Universitetda 731 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar bor. Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik mavjud. Muassasaning toʻliq nomi: Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti. Qisqa nomi: JDPU. Umumiy maydoni 101 766 boʻlib, shundan 9 980 m² oʻquv maydoni, 9 100 m² esa yotoqxona maydoni hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzax viloyatida Xalq maorifi tarmog‘ini malakali o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlari yil sayin orta borishi hisobga olinib, sobiq Sovet Ittifoqi hukumatining 1974-yil, 26-iyuldagi 605-sonli qarori va uning ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1974-yil 4-avgustdagi qarori hamda ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq maorifi vazirligining 1974-yil 8-avgustdagi 256-sonli buyruqlari qabul qilingan va ularga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil topgan. Oliygohni tashkil etishda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi Sharof Rashidov tashabbus koʻrsatgan.

1974-1975-o‘quv yillari institutda ikki fakultet, 4 ta kafedra faoliyat yuritdi. Ularda jami 5 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Yo‘nalishlar quyidagilar: O‘zbek tili va adabiyoti, Yevropa va milliy tildagi maktablar uchun rus tili va adabiyoti, Umumiy texnika va mehnat ta’limi, Matematika, Boshlang‘ich ta’lim.

Muassasa tashkil etilgan ilk o‘quv yilida faoliyat yuritish uchun Samarqand, Toshkent, Sirdaryo viloyati oliy ta’lim muassasalaridan jami 29 nafar professor-o‘qituvchilar taklif etildi. Jizzax davlat pedagogika institutiga qabul jarayoni 1974-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki 1974-1975-o‘quv yilida institutga jami 425 nafar talaba, ularning 300 nafari kunduzgi, 125 nafari esa sirtqi bo‘limlarga qabul qilinishi to‘g‘risidagi kvota belgilangan. Institutga Samarqand davlat pedagogika instituti (1992-yildan keyin Samarqand Davlat Universiteti) oʻquv ishlari prorektori lavozimida faoliyat koʻrsatayotgan filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bozorboy O‘rinboyev birinchi rektor etib tayinlangan.

Institut uchun Jizzax shahridagi hozirgi „Oʻrda“ ekologik bogʻida joylashgan hududda bir va ikki qavatli binolar qurilishi boshlanadi. Sharof Rashidov tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutining hozirgi binosiga 1982-yilda qurilish uchun poydevor oʻrni qazildi. Binoning poydevori uchun ilk gʻishtni qoʻyishga Sharof Rashidov taklif qilingan.

1988-yildan boshlab, institut jamoasi yangi oʻquv binosiga koʻchib oʻtadi. Jamoa 1988-1989-yildan boshlab, mashg‘ulotarni yangi binoda boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Maorif Vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

Muassasaning bosh binosi 2020-2022-yillar oralig‘ida to‘liq kapital ta’mirlandi. 2024-yilga kelib mazkur bino Jizzax shahrining eng go‘zal maskanlaridan biriga aylandi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21.06.2022-yil „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-289 sonli qaroriga koʻra Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.

Universitet rektori: pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov.

Universitet 2024-yilga kelib, 12 ta fakultet, 28 ta yoʻnalish va 35 kafedraga ega. Talabalar soni 20722 nafarni tashkil etadi. Universitetda 731 nafar profesor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida Magisratura va Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar mavjud boʻlib, Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik bor. Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimi Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Boʻston shaharchasida joylashgan. Bugungi kunda boʻlimda Sirtqi (5 yillik) taʼlim shaklidagi hamda II-mutaxassislik taʼlim shaklidagi yoʻnalishlarida talabalar tahsil oladi. Universitet qoshida 1 ta akademik litsey, 1 ta maktab hamda 2 ta texnikum mavjud.

Bo‘limlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirtqi bo‘lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitet Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2021-2022-o‘quv yili boshidan Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Bo‘ston shaharchasida joylashgan qayta rekonstruksiyadan o‘tkazilgan universitet binosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qaroriga muvofiq Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti tarkibidagi Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi tashkil etilgan. Jizzax davlat pedagogika universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi 2018-2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda universitet kengashining 2020-yil 24-avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan faoliyat olib boradi. Jizzax davlat pedagogika universitetining Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limida sirtqi (5 yillik) ta’lim shakli va ikkinchi mutaxassislik ta’lim shakllari mavjud.

Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limida quyidagi kafedralar faoliyat olib bormoqda:

  • Tabiiy va aniq fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi;
  • Ijtimoiy gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim kafedrasi;
  • Maktabgacha va boshlang’ich yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi.

Magistratura bo‘limi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzax davlat pedagogika institutida 2003-2004-o‘quv yilidan boshlab Magistratura bo‘limi ish boshladi va Fizika, Kimyo, Biologiya, Tarix, O‘zbek tili  yo‘nalishlari bo‘yicha magistrantlar qabul qilingan. Jizzax davlat pedagogika institutiga dastlab 2017-2018-o‘quv yili uchun 4 ta magistratura mutaxassislikka (aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika, biologiya)) – 8 nafar, Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) – 4 ta, Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi – 4 ta, jami 16 nafar, 2018-2019-o‘quv yili uchun 13 ta mutaxassislikka 82 nafar magistrant, 2019-2020-o‘quv yili uchun 18 ta mutaxassislikka 209 nafar magistrant, 2020-2021-o‘quv yili uchun 18 ta mutaxassislikka 350 nafar magistrant, 2021-2022-o‘quv yili uchun 20 ta mutaxassislikka 921 nafar magistrant o‘qishga qabul qilingan. 2024-yilda 20 ta magistratura mutaxassislikka 1 va 2-kurs kesimida jami 232 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Ushbu magistratura mutaxassisliklarida 25 ta mutaxassislik kafedralari rahbarligida magistrantlarning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati olib borilmoqda.

Fakultet va yo‘nalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Fakultet nomi Yo‘nalish nomi
1 Matematika va informatika Matematika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
Matematika va informatika ta’lim yo’nalishi
2 Tabiiy fanlar Biologiya yo‘nalishi
Kimyo yo‘nalishi
Geografiya va iqtsodiy bilim asoslari
3 O‘zbek tili va adabiyoti O‘zbek tili va adabiyoti
4 Boshlang‘ich ta’lim Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
5 Tarix fakekulteti Tarix fani yo‘nalishi
Milliy g‘oya, Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
6 Fizika va texnologiya ta’limi fakulteti Fizika va astronomiya yo‘nalishi
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi
Texnologik ta’lim yo‘nalishi
Rangtasvir yo‘nalishi
Dizayn yo‘nalishi
Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi yo‘nalishi
7 Xorijiy tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti, ingliz tili yo‘nalishi
8 Rus tili va adabiyoti fakulteti Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi
O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi
Rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda
9 Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi
Xotin-qizlar sport yo‘nalishi
Sport faoliyati kurash yo‘nalishi
10 Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi
Maxsus pedagogika, surdopedagogika
Maxsus pedagogika oligofrenopedagogika yo‘nalishi
Maktab menejmenti yo‘nalishi
Maxsus pedagogika logopediya yo‘nalishi
11 Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
Maktabagacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til
Maktabagacha va boshlang‘i ta’limda jismoniy tarbiya va sport
Musiqa ta’lim yo‘nalishi
Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi
12 Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo‘nalishi
Pediatriya ishi yo‘nalishi

Akademik litsey, texnikum va maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi 30-sonli tayanch maktabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

30-sonli maktab 2023-yil qurilib, foydalanishga topshirilgan. Jizzax shahri, Zargarlik mahallasi, 81-uyda joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabi 990 o‘ringa mo‘ljallangan. Darslar o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. 2023-yil hisobiga ko'ra maktabda 1059 nafar o‘quvchi mavjud. Pedagoglar soni 73 nafarni tashkil etadi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining 2023-yil 8-sentabrdagi 362-U sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra universitet tayanch maktabi sifatida belgilangan Jizzax shahridagi 30-sonli umumta’lim maktabida o‘quv jarayoni, 4+2 talabalar amaliyoti, dars sifati, o‘qituvchilarning bilim berish darajasi, to‘garaklar bilan ishlash jarayonlari tashkil etilgan.

Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Akademik litsey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 30-aprel 2001-yil №96-sonli buyrugʻi bilan tashkil etilgan. 825 o‘ringa mo‘ljallangan litsey binosi 1993-yilda qurilib foydlanishga topshirilgan. 2023-yil hisobi bo'yicha akademik litseyda 778 nafar o'quvchi tahsil olmoqda. Akademik litseyda 43 ta o‘quv xonalari 300 o‘rinli yotoqxona, 12×24 metr hajmli 2 ta sport zali, 50 o'rinli kutubxona, 100 o'rinli ovqatlanish uchun oshxona hamda 60×30 metr o'lchamli sun'iy qoplamali mini stadion mavjud. Ta’lim shakli: Kunduzgi. Ta’lim yo‘nalishlari: aniq fanlar, iqtisod va texnik, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yo'nalishi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi Gʻallaorol xizmat koʻrsatish va servis texnikumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi“[1] PF-5812 sonli farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 30-iyundagi oliy taʼlim muassasalari huzuridagi texnikumlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi 355-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan. Bino 3 qavatli bo'lib, 720 o'ringa mo'ljallangan. Texnikumda 28 ta o'quv xonasi mavjud. Shundan 2 ta kompyuter sinfi, 40 o'rinli axborot kutubxona, 120 o'rinli majlislar zali, 120 o'rinli oshxona, 30x18 metr hajmdagi sport zal hamda ochiq futbol maydoni, voleybol va basketbol maydonlari mavjud.

Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Mirzacho‘l agrosanoat texnikumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisidagi“[1] PF-5812 sonli farmoniga asosan 2020-yil tashkil etilgan. 480 o‘ringa mo‘ljallangan bino 1975-yilda qurilib foydlanishga topshirilgan. 2023-yil holatiga ko'ra texnikumda 407 nafar o'quvchi tahsil olishmoqda. 29 ta o‘quv xonalari 50 o‘rinli yotoqxona hamda 2 ta ustaxona (tikuvchilik va chilangarlik) mavjud. Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, dual. Ta’lim yo‘nalshlari: sport faoliyati, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisi, kutubxonashunoslik, buxgalteriya hisobi va audit, kompyuter injiniringi, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi, musiqa nazariyasi.

Rektorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Ism, Familiya, Otasining ismi Ilmiy daraja va unvoni Rahbarlik yillari
1 Bozorboy Oʻrinboyev filologiya fanlari doktori, professor 1974–1986
2 Usmonali Nishonaliyev pedagogika fanlari doktori, professor 1986–1990
3 Bozorboy Oʻrinboyev filologiya fanlari doktori, professor 1990–1992
4 Sodiq Nishonov Ahmadovich geografiya fanlari doktori, professor 1992–1996
5 Gʻofurjon Muxamedov Isroilovich kimyo fanlari doktori, professor 1997–2004
6 Bahrom Mamajonov fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent 2004–2005
7 Olimjon Doʻsmatov Musurmonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor 2005–2014
8 Neʼmat Alimov Adilovich fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent 2014–2015
9 Abdugʻani Xolbekov Jumanazarovich sotsiologiya fanlari doktori, professor 2015–2020
10 Shavkat Sharipov Safarovich pedagogika fanlari doktori, professor 2020 – amalda

Mashhur bitiruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzax davlat pedagogika universitetining taʼlim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish va dunyo boʻyicha rivojlangan davlatlarning tajribasini oʻrganishda quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:

  • Oliy taʼlim muassasasi professor oʻqituvchilarning malakasini oshirish;
  • Oliy taʼlim muassasasi professor oʻqituvchilarning xorijiy ilmiy amaliy seminar, konferensiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;
  • Professor oʻqituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;
  • Xorijiy oʻqituvchi va professorlarning oliy taʼlim muassasasiga, taʼlim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish.

Taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlik Janubiy Koreya Respublikasi, Angliya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Hindiston va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar professor oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni koʻrib chiqadi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Taʼlim Vazirligi oʻrtasida 1999-yil 8-noyabrda belgilangan „Taʼlim sohasida hamkorlik“ toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekistonning qator oliy taʼlim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari va yosh mutaxassislar amaliyot oʻtamoqdalar. Oliy taʼlim muassasasi Britaniya Kengashi, Koreyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentliklari, Hindiston texnik hamkorlik dasturi, BMTning rivojlanish dasturi va boshqalar bilan yaqindan aloqa oʻrnatgan. Ushbu barcha dastur va loyihalar JDPUda oliy taʼlimni rivojlantirish, ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor oʻqituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yoʻnaltirilgan.

Shuningdek JDPU Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus nomli taʼlim dasturlarida faol ishtirokini alohida taʼkidlash joiz. Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari hamda JDPU Yevropa Ittifoqining talabalar, oʻqituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erasmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va oʻqituvchilar Yevropa oliy taʼlim muassasalarida ilmiy amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni oʻquv jarayoniga jalb qilish boʻyicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur yoʻnalishdagi eng faol ish Koreyaning xalqaro hamkorlik boʻyicha agentligi KOICA bilan olib borilmoqda. Shuningdek Jizzax davlat pedagogika universiteti ikkita xorijiy oliy taʼlim muassasasi bilan qoʻshma taʼlim dasturlariga ega bular, Belorusiyaning Baranovich universiteti bilan „2+2“ koʻrinishida hamda Belorusiya davlat pedagogika universiteti bilan „3+1“ koʻrinishida.

Universitet xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Belorusiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 54 nafar rivojlangan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda davra suhbatlarini tashkil etish, o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, birgalikda seminar, simpozium va forumlar tashkil etish, xalqaro grant loyihalarda birgalikda ishtirok etish hamda stajirovka va malaka oshirish sohalarida hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Hamkor oliygohlardan quyidagilari dunyoning nufuzli mingtalik oliygohlari ro‘yxatiga kirgan:

Xalqaro reyting[tahrir | manbasini tahrirlash]

Times Higher Education World University Ranking[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 27-sentabrda "Times Higher Education World University Rankings-2024" natijalari e’lon qilindi. Unga ko’ra Jizzax davlat pedagogika universiteti O’zbekistonning 48 ta oliygohlari bilan birgalikda “Reporter” maqomini egalladi.[4]

Times Higher Education Impact Ranking[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 1-iyunda "THE Impact Ranking-2023" natijalari e’lon qilindi. Umumiy reytingda Jizzax davlat pedagogika universiteti 1001+ o‘rinni egalladi.[5]

Webometrics (Ranking Web of the University)[6][tahrir | manbasini tahrirlash]

"Webometrics" reytingida O’zbekiston oliygohlari orasida quyidagi natijalarni qayt etgan:

  • 2019-yil – 54-o’rin
  • 2020-yil – 39-o’rin
  • 2021-yil – 2-o’rin
  • 2022-yil – 10-o’rin
  • 2023-yil – 17-o’rin

Round University Ranking Subject rankings[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 28-oktabrda "Round University Ranking" xalqaro reyting agentligining "Subject Rankings-2023" natijalari e'lon qilindi.[7] Unga ko'ra Jizzax davlat pedagogika universiteti dunyo oliygohlari o'rtasida quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • Natural Science (Tabiiy fanlar) bo'yicha 524-o'rin
  • Humanities (Gumanitar fanlar) bo'yicha 641-o'rin
  • Social Sciences (Ijtimoiy fanlar bo'yicha) 768-o'rin
  • Life Sciences (Hayot fanlari) bo'yicha 897-o'rin
  • Technical Sciences (Aniq fanlar) yo'nalishi bo'yicha 841-o'rin.

UI GreenMetric World University Ranking[tahrir | manbasini tahrirlash]

"UI GreenMetric World University Ranking-2023" natijasiga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti dunyo universitetlari o‘rtasida TOP-1000 (987-o’rin) universitetlar qatoridan joy oldi.[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 https://lex.uz/uz/docs/-4500926
  2. https://kun.uz/news/2021/04/23/nigina-oktamova-boks-boyicha-jahon-chempioni-boldi
  3. https://sports.uz/news/view/nigina-oktamova-qizlar-ortasida-osiyo-chempionatining-eng-yaxshi-bokschisi--31-08-2021
  4. https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2024/world-ranking#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc/cols/stats
  5. https://www.timeshighereducation.com/impactrankings#!/length/25/locations/UZB/sort_by/rank/sort_order/asc
  6. https://www.webometrics.info/en/Asia/Uzbekistan
  7. https://roundranking.com/ranking/subject-rankings.html#world-humanities-2023
  8. https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2023