Magistratura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magistratura (lot. magistratus — boshliq) — 1) Qad. Rimda davlat lavozimi; 2) ayrim davlatlarda sud mahkamalari tizimi; 3) koʻp davlatlarda oliy taʼlim bosqichi; 4) Oʻzbekistonda aniq mutaxassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida taʼlim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy taʼlim. Magistrlik dasturini tugallab, ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng , bitiruvchilarga davlat malaka attestatsiyasi yakunlariga koʻra magistr darajasi berilib, ularga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasbhunar va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. OʻzRda M.ni birinchi marta 2001 yil 1828 kishi bitirib chiqdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil