Chilangarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chilangarlik — mayda buyumlar (ustara, qaychi, bigiz, arra, iskana kabi ish asboblari)ni yasash kasbi; zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida turli mexanik amallarni bajarish. Ch. buyumlari avval xonaki hunarmandchilik usullarida ishlab chiqarilgan. Chilangarlar, asosan, oʻchoq, dam, bozgʻon, bolgʻa, ombur vab. asboblardan foydalangan. Ular sartaroshlik, etikdoʻzlik, kavushmahsidoʻzlik, tikuvchilik va duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ish qurollari yasashgan. Hozir Ch. mahsulotlari asosan korxonalarning maxsus sexlarida koʻplab ishlab chiqariladi. Korxonalardagi Ch. (slesarlik) rejalash, kesish yoki qirqish, tekislash yoki toʻgʻrilash, egish, parmalash, oʻyish, egovlash, parchinlash, kavsharlash, qalaylash va boshqa amallarni oʻz ichiga oladi. Biror mahsulotni tayyorlashda bu amallarning baʼzilari birinketin muayyan tartibda bajariladi. Bu tartib texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayondagi amallar maxsus asbobuskunalar, dastgohlar, stanoklar, kavsharlash va payvandlash jihozlari yordamida bajariladi.