Jizzax davlat pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Institut tarixi[tahrir]

Institut sobiq SSSR Ministrlar sovetininng 1974-yilning 26-iyulidagi № 605 qaroriga asosan tashkil etilgan. Xalq deputati Sirdaryo (hozirgi Jizzax) viloyat sovetining ijroiya komiteti 1989-yil 21-dekabrdagi № 451/27-sonli qaroriga muvofiq unga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

Institutda hozirgi kunda 20 ta kunduzgi va 8 ta maxsus sirtqi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar va 13 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanmoqda. 9 ta fakultet (shu jumladan Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti) va 30 kafedra faoliyat koʻrsatmoqda. Bakalavr boʻyicha 6813 ta (shundan 5776 ta kunduzgi, 1037 ta maxsus sirtqi) talaba, 11 ta magistrlik mutaxassisligida jami 57 ta (2-kurs) talaba tahsil olmoqda. Ularga 527 tadan ziyod professor-oʻqituvchilar jumladan, 15 nafar professor va fan doktori, 138 nafar dosent va fan nomzodlari tahsil bermoqda. Institutda hozirgi kunda 31 ta kafedra, 36 ta oʻquv laboratoriyasi, 20 ta ixtisoslashgan kabinet, 20 ta xona hozirgi zamon kompyuterlari bilan jixozlangan, 4 ta lingafon kabinet, 4 ta oʻquv korpusi, 1 ta 400 oʻrinli yotoqxona, Manaviyat markazi, Madaniyat saroyi, 2 ta majlislar zali, 50 dan ziyod fan toʻgaraklari, 1 ta futbol maydoni, 2 ta voleybol, 2 ta basketbol, 2 ta qoʻl toʻpi, 2 ta mini futbol maydonchalari, 1 ta ochiq suv havzasi, 1 ta gimnastika maydonchasi, 2 ta zamonaviy standartga javob beradigan yopiq sport zali, Axborot resurs markazi, 4 ta oʻquv zallari, „Bobur“nomli sport sogʻlomlashtirish oromgohi, 5 ta ovqatlanish shahobchasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Institutning Xalqaro hamkorlik boʻyicha faoliyati[tahrir]

2008-yilning 30-may kuni institutda Xindiston-O’zbekiston aloqalari tadbiri doirasida ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan seminarda Xindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi siyosiy masalalar boʻyicha kotibi janob Devalning maʼruzalari tinglandi. Shundan soʻng Xindiston-Oʻzbekiston hamkorlik aloqalari toʻgʻrisida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti „Hindiston bilimlari“ kafedrasi doktori Jeotsna Bakshi maʼruza qilib oʻtdi. Shundan soʻng institut Ilmiy ishlar prorektori dosent U.Qosimov soʻzga chiqib, seminar ishtirokchilariga Xalqaro aloqalar sohasida institutda amalga oshirilgan bir qancha ishlar toʻgʻrisida soʻzlab berdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti bilan chet el xamkorlari oʻrtasida professor-oʻqituvchilar talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyilgan. Ukrainaning T.Shevchenko nomidagi Chernigov va P.Ticheni nomidagi davlat pedagogika universitetlari oʻrtasida professor-oʻqituvchilar va talabalar almashuvi boʻyicha hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Rossiya, Dubna shahri) bilan mustahkam aloqa oʻrnatilgan. Bugungi kunda institutimiz xodimi D.Jomurodov BYaTI (Rossiya, Dubna shaxri)da shartnoma asosida faoliyat yuritmoqda. Institutda tahsil olayotgan xorijiy talaba, stajyor, aspirant, doktorant xamda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar yoʻq.

2008 yil 7-14 iyul kunlari Jizzax davlat pedagogika institutiga birgalikdagi oʻzaro hamkorlik shartnomasiga asosan Birlashgan Yadro Tadqiqotlari instituti olimlaridan Plexanov Yevgeniy xamda Afanasyev Sergeylar tashrif buyurishdi. Birgalikda olib borilayotgan hamda kelgusida qilinadigan ishlar rejalashtirib olindi. Jizzax davlat pedagogika instituti fizika-astronomiya yoʻnalishi talabalarini Birlashgan Yadro Tadqiqotlari institutida magistiraturani davom ettirish masalalari kelishib olindi.

2016-2017 yillarga mo‘ljallangan yosh olimlar amaliy loyihalari tanlovida g‘olib bo‘lgan MUZ–2015-0725140051 raqamli  “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish”  mavzusida f.f.n. G.Jumanazarova rahbarligidagi loyiha amalga oshirilmoqda.  Loyixani moliyalashtirish hajmi 19.000 mln. so‘m, loyixa bo‘yicha “Frazemalarning nutqda qo‘llanilishi” nomli monografiya (T.: Turon zamin ziyo 2017, 125 b), “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda iboralarni o‘rganish metodikasi” nomli uslubiy qo‘llanma tayyorlandi. Loyiha bo‘yicha xalqaro jurnallarda 2 ta, Respublika jurnallarida 1 ta maqolalar chop etilgan.  Xorijiy konferensiyalarda 3 ta va Respublika anjumanlarida  9 ta tezislar  chop etilgan. Institutning  Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Rossiya, Dubna shahri) bilan hamkorlikda   “02-1-1087-2009/2017 Issledovaniya po fizike relyativistskix tyajelыx i legkix ionov na Nuklotrone, SPS i SIS18”  mavzusidagi  shartnoma imzolandi. Shartnoma 19.05.2015 dan 31.12.2017 yilgacha amalga oshiriladi. Institut bilan Boshqirdiston davlat universiteti o‘rtasida 2016 yil 22 martdan boshlab 5 yillik shartnoma (№ 304.  22.03.2016 yil)  imzolandi.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi „Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-2909-son Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib Moskva davlat pedogogika universiteti, Buyuk Britaniyaning Norvich instituti hamda Qozoqistonning Taraz davlat pedagogika institutlari bilan xamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu hamkorliklar asosida ilmiy aloqalarni rivojlantirish, talaba, magistr, mustaqil izlanuvichilar va o‘qituvchilarning tajriba almashishlarini taʼminlash ko‘zda tutilgan.

Institutimiz hozirgi kunda Moskva davlat pedagogika universiteti, Bashqiriston davlat pedagogika universiteti (UFA), Moskva davlat iqdisot, statistika va informatika universiteti, Yaderniy fizika instituti (Rossiya), Norvich (Buyuk Britaniya) va Taraz davlat pedagogika instituti (Qozoqiston) lari bilan xalqaro- ilmiy shartnomalarimiz bor. Shartnomalar doirasida matematika o‘qitish metodikasi dotsenti O. Abdullaev 2017 yil 24 avgustdan 7 sentyabr kunlari Bashqiriston davlat universitetida ilmiy safarda bo‘ldi, safar natijasida institutidan ikki nafar talaba magistraturaga o‘qishga qabul qilindi. Taraz davlat pedagogika institutining 2017 yil № 15-38/1-1099 sonli xatiga asosan 2017 yil 20 oktyabr kuni xorijiy tillar fakulteti dekani filologiya fanlari doktori, professor A. Mamatov Taraz davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi. 2017 yil 31 oktyabrdan 5 noyabr kunlari Bashqiriston davlat universitetidan falsafa fanlari doktori, professor Salixov Gafur Gubaevich va biologiya fanlari doktori, professor Ishberdin Ayrat Rimovich tashrif buyirdi. Tashrif natijasida talabalar bilan maruza, seminar va master klasslar o‘tkazildi. 2017-2030 istiqbolli rivojlanish rejasi

Institut missiyasi — oliy taʼlimning asosiy va qo‘shimcha taʼlim Dasturlarini bajarish bo‘yicha zamonaviy, sifatli taʼlim faoliyatini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshirish hamda taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish.

. Jizzax davlat pedagogika institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    – jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish;

— taʼlim jarayonini, oliy taʼlimning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

 – institut ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
– institutda tarbiyaning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;

— oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini o‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, oliy taʼlim ilm-fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;

— oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy taʼlim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon taʼlim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va maʼlumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish

— shaxsning intellektual, madaniy va maʼnaviy — ahloqiy kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlarini oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi maʼlumot olishi orqali erishishni qondirish;

— har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini, o‘z Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, halq anʼanalarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;

— ilmiy-pedagogik xodimlar va taʼlim oluvchilarning tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan taʼlim jarayonida foydalanish;

— taʼlimda oliy maʼlumotli mutaxassislarni va ilmiy — pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

— jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatdarini saqlash va boyitish;

— aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy darajasini ko‘tarish.

o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish;

— pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy taʼlim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;

— jamiyatning ahloqiy, madaniy va ilmiy qadriyatdarini saqlash va boyitish;

— aholi o‘rtasida bilimlarni tarqatish, uning maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy darajasini ko‘tarish.

Havolalar[tahrir]


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.