Voronej

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Voronej — RFdagi shahar, Voronej viloyatining markazi (1934 y.dan). Yirik temir yoʻl tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iktisodiy r-nining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. V.da mashinasozlik (vagon tuzatish zavodi, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, radiodetal, q. x. mashinasozligi), kimyo (sintetik kauchuk, farmatsevtika zavodlari), qurilish materiallari zavodlari, oziq-ovqat (yogʻ-moy, un-yorma, sut k-tlari, konditer, makaron f-kalari va b.), yogocheozlik, yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik) rivojlangan. V.da 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan universitet),oʻlkashunoslik, badiiy, tasviriy sanʼat muzeylari, 4 teatr, telemarkaz bor. 17—18-asrlarning meʼmoriy yodgorliklari saklangan. V.ga 1585 y. qalʼa sifatida asos solingan va keyinchalik Rus davlati chegaralarini jan. tomonga jadal kengaytirishda tayanch punkti boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil