Kontent qismiga oʻtish

Javohir Sindarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Javohir Sindarov

Javohir Sindarov 2024-yilgi shaxmat olimpiadasida (portret)
Tugʻilgan sanasi: 8-dekabr 2005-yil (2005-12-08) (20 yosh)
Tugʻilgan joyi: Toshkent, Oʻzbekiston[1]
Unvoni: Grossmeyster (2019-yil)
Maksimal reytingi: 2722 (iyul, 2025-yil)
Hozirgi reytingi : 2721 (noyabr, 2025-yil)
Mukofotlari:

Oʻzbekiston iftixori

Javohir Sindarov (Sindorov Javohir; 2005-yil 8-dekabr, Toshkent, Oʻzbekistonda tugʻilgan)[2][3] – oʻzbekistonlik shaxmatchi. Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2018-yil). Oʻzbekiston chempioni (2019-yil). Hindistonning Chennay shahrida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasi gʻolibi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni[4], Oʻzbekiston iftixori medali sohibi[5].

U Shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogida g‘olib chiqdi va 2026-yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oldi[6].

Javohir 2017-yilning oktyabr oyida xalqaro usta unvonini qoʻlga kiritadi[7]. U 2018-yil iyun oyida Alexander Alekhine xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan shaxmat turniri Alekhine Memorialida oʻzining dastlabki grossmeyster (GM) darajasiga erishgan[2]. Sportchi oʻsha yilning sentabr oyida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, xalqaro reytingini 2500 ballgacha oshirishga muvaffaq boʻladi.

2018-yil oktyabr oyida u 1992-yildan beri har oy Vengriya poytaxi Budapesht shahrida oʻtkaziluvchi First Saturday turnirida uchinchi GM normasini qoʻlga kiritdi va oʻsha paytda tarixdagi ikkinchi eng yosh grossmeysterga aylandi (12 yosh 10 oy-u 5 kunlik)[2][3]. Sportchiga ushbu unvon FIDE tomonidan 2019-yilning mart oyida rasman taqdim etilgan. U 2018-yilda Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bronza medalni, 2019-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan[8].

Javohir Sindarov shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlgan kiritgan. Ushbu turnirda 121-oʻrinni egallab, ikkinchi aylanada 8-pogʻonoda ketayotgan Alireza Firouzjani tay-brekda magʻlub etib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Biroq, toʻrtinchi aylanada Kacper Piorun tomonidan nokautga uchraydi va musobaqadagi ishtirokini 1/32 finaldayoq yakunlashga majbur boʻladi[9][10].

Natijalar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Shahar Turnir + = Natija Oʻrin
2016 Pardubice CZECH OPEN 2016 – A – GM open 2 0 7 5½ / 9 [11]
2017 Toshkent 11th Tashkent Open, Agzamov Memorial (Group A) 6 0 3 6 / 9 [12]
Toshkent Zone 3.4 Men Championship 2017 5 2 2 6 / 9 [13]
2018 Voronej Alekhine Memorial 5 1 3 6½ / 9 [14]
Kocaeli FIDE World Junior Chess Championships 2018 – Open 6 3 2 7 / 11 [15]
Budapesht First Saturday GM October 2018 6 1 2 7 / 9 [16]
2025 Goa Shaxmat boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogi ? ? ? ? / ?
  1. „Certificate of Title Result: Grandmaster“ (2018-yil 21-iyun). 2018-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 2,2 Sindarov Likely Becomes 'New' 2nd-Youngest GM In History Chess.com
  3. 3,0 3,1 Sindarov: second youngest GM ever
  4. „Жавоҳир Синдаровга «Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган спортчи» фахрий унвони берилди“. www.xs.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2025-yil.
  5. „44-shaxmat Olimpiadasi g'oliblarini mukofotlash“. president.uz (2022-yil 10-avgust). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  6. „Javohir Sindarov Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2025-yil.
  7. 88th FIDE Congress 2017, 7-15 October, Goynuk, Antalya, Turkey FIDE
  8. „THE WEEK IN CHESS 1228 21st May 2018 by Mark Crowther“. 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  9. „FIDE World Cup 2.3: Sindarov knocks out Firouzja“ (en). chess24.com. Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
  10. „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup-results.fide.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  11. „1-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  12. „2-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  13. „3-я норма международного мастера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  14. „1-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  15. „2-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  16. „3-я норма гроссмейстера“. 2021-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  17. „Президент Шавкат Мирзиёев Жавоҳир Синдоровни мукофотлади“. www.kun.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2025-yil.