Gabr qalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gabr qalʼa, Gavr qalʼa — Urta Osiyodagi qad. qalʼalar harobasi. Islom dini tarqalgunga qadar (8-asr) Oʻrta Osiyo aholisi otashparastlik (zardushtiylik) diniga eʼtiqod qilgan boʻlib, ularni "gabr" yoki "mugʻ" deb ataganlar. Gabrlar xoʻjalik va harbiy mudofaa uchun koʻplab qalʼa va qoʻrgʻonlar barpo etganlar. Otashparastlarning qalʼa va qoʻrgʻonlari vayronaga aylanib asl nomi yoʻqolib ketgach, aholi oʻrtasida ular "gabr qalʼa" yoki "gabrlar qalʼasi" deb ataladigan boʻlgan.

Hoz. arxeologik qazishlar natijasida Oʻrta Osiyo xududida shunday kalʼalarning oʻnlab qoldiqpari topib oʻrganilgan:

1) Marv (Turkmanistondagi hozirgi Mari yaqinida) sh.ning eng qad. qismi harobasi, parfiyaliklar yashagan Murgʻob vohasining markazi. Mayd. 3,5 km². Shim. qismida qalʼa qoʻrgʻoni joylashgan. Arxeologik qazishlar paytida metall buyumlar ishlanadigan ustaxonalar, ibodatxona, koʻshk qoldiqlari va tegirmonchilar guzari ochilgan. 89-asr

larga keltanda Marv sh.ning markazi Sulton qalʼaga koʻchib, G.q. arki harobaga aylanadi. Shunga qaramay, kulolchilar mahallasida hayot yana ancha yillar davom etgan. G. q. da 8—9-asrlarga mansub masjid harobasi ham topilgan;

2) Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi Sulton Uvays togʻining etagi (Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani)da joylashgan qalʼa harobasi. Qad. Xorazm madaniyatiga aloqador boʻlib, 4-asr

da qurilgan. Mayd. 200×450 m² atrofida. Kushonlar davlatining shim. tomondagi tayanch istehkomi boʻlib, Amudaryoda kemalar qatnovini nazorat qilib turgan. Qalʼa paxsa va xom gʻishtdan tiklangan boʻlib, qalin devor bilan oʻrab olingan; ikki qavatli shinakxonalarga ega bir necha minorasi bor. Qazish paytida uy-joy qoldiqlari, devorlari nakshlangan zal, tosh poydevorli ustunlar qoldigʻi va haykallar topilgan;

3)Chirmanyob kanalining quyi qismi (Turkmanistonning Toshhovuz viloyati)da joylashgan qad. Xorazm madaniyatiga oid qalʼa harobasi. Mil. av. 1-asrda qurilgan. Mayd. 450×125 m². Bu yer qadimda obod voha boʻlib, dovon oʻzanida suv qurigandan keyin harobaga aylangan. 56-asrlarda Xorazm hukmdorlari G.q.ning bir qismini yangidan tiklab, undan harbiy istexkom sifatida foydalanganlar. Aholi quduqlardan ham foydalangan. G. q. tepaligining ustida 34-asrlarga mansub ark qoldigʻi hozirgacha saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Tolstoye S. P„ Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.

Havololar[tahrir | manbasini tahrirlash]