Istehkom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Istehkom — dushmandan saqlanish uchun lashkargox. atrofi yoki front li-niyasida barpo qilingan mustahkam inshoot. Qadimda yogʻoch, tosh va loy (gtax-sa, xom gʻisht) dan qurilgan. Masalan, Fargʻona vodiysining Dalvarzintepa, Chusttepa, Zargʻaldoqtepa, Ashqoltepa, Tergachitepa kabi jez davriga oid qishloqlari atrofida shunday I. lar boʻlgan. Hoz. zamon armiyalarida ham I. oʻz harbiy ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Ikkinchi jahon urushi arafasida Yevropa davlatlari "liniya" ("chiziq") deb ataluvchi kuchli I. lar qurdilar (mas, "Zigfrid liniyasi" (Germaniya), "Mannergeym liniyasi" (Finlandiya), "Majino liniyasi" (Fransiya). Ikkinchi jahon urushida Moskva, Leningrad, Stalingrad va b. shaharlar mudofaasi uchun qudratli I. lar barpo etilgan.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil