Kontent qismiga oʻtish

Buxoro amiri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro amiri
Mamlakat: Buxoro amirligi
Buxoro amiri
Lavozimdagi ilk shaxs: Muhammad Rahimxon
Qarorgohi: Ark, Sitorai Mohi xossa (qarorgoh)

Buxoro amiri (oʻzbekcha: Buxoro Amiri) — 1785—1920-yillarda Buxoro amirligidagi oliy davlat lavozimi[1].

Buxoro amirligida amir unvoni oʻzbeklarning mangʻit urug‘i sulolasi hukmdorlariga berilgan.

Amir cheksiz hokimiyatga ega bo‘lib, mamlakatni shariat (musulmonlarning maʼnaviy-axloqiy kodeksi) asosida boshqargan.

1866—1868 va 1870-yillardagi Buxoro yurishlarida rus qoʻshinlarining qoʻlga kiritgan gʻalabalari taʼsirida tuzilgan shartnomalarga ko‘ra Buxoro amiri (1868-yilgi Rossiya-Buxoro va 1873-yildagi Shaar bitimlariga) Rossiy imperiyasiga qaramligini tan oldi. Keyinchalik Buxoro amirlari qaramlikka qaramay, mutlaq monarxlar sifatida oʻz davlatlarining ichki ishlarini boshqarganlar.

Rossiyada 1917-yilgi Oktyabr inqilobidan keyin amir Buxoro hokimiyatini maʼlum muddat ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi.

1920-yil sentyabrda Buxoroning Qizil Armiya tomonidan bosib olinishi natijasida Buxoroning soʻnggi amiri Olimxon amirlikning sharqiy tomoniga, soʻngra Afgʻoniston amirligiga qochib ketadi. Afgʻonistondan boshpana olib, Markaziy Osiyoda Sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib bordi.

Oʻzbek mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon (1753-1758) Buxoro xonligini 1747-yildan boshlab otaliq unvoni bilan boshqargan, 1753-yilda esa zodagonlar va ruhoniylarning roziligini olib, amir unvoni bilan Buxoro taxtiga oʻtirgan. Mangʻitlar chingiziylar boʻlmaganiga qaramay, 1756-yilda Muhammad Rahim oʻzini xon deb eʼlon qildi. Hukmronligining boshidan Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi[2]. Muhammad Rahimxon vafot etgach, hokimiyat otalik unvoni bilan kifoyalangan amakisi Doniyolbiyga (1758-1785) o‘tadi. 1785-yilda Doniyolbiy vafotidan keyin taxt Shohmurodga (1785-1800) qoladi.

Kamtarona turmush tarzi uchun xalq uni amir Maʼsum deb atagan, bu gunohsiz amir degan maʼnoni bildirgan[3]. Shohmurod amir unvonini qoʻgʻirchoq xon Abulgʻozixon vafotidan keyin egallagan. Keyinchalik Buxoro amirlari soxta xonlarni taxtga ko‘tarmaganlar. Sulolaning oxirgi amiri Said Olimxon (1910-1920).

Sarlavha Ism Hukmdorlik yillari
Otaliq

اتالیق
Muhammad Rahim

محمد رحیم
1747-1753 yillar
Amirامیر
Muhammad Rahim
محمد رحیم
1753-1756 yillar
Xon

خان

Muhammad Rahim
محمد رحیم
1756-1758 yillar
Atalik

اتالیق
Doniyolbiy
دانیال بیگ
1758-1785 yillar
Amir Maʼsum

امیر معصوم
Shohmurod

شاہ مراد بن دانیال بیگ
1785-1800 yillar
Amir



امیر
Haydar Tura ibn Shohmurod
حیدر تورہ بن شاہ مراد
1800-1826 yillar
Amirامیر
Husayn ibn Haydar Tura
حسین بن حیدر تورہ
1826-1827 yillar
Amirامیر
Umar ibn Haydar Tura

عمر بن حیدر تورہ
1827
Amir Nasrulloh ibn Haydar Tura



</br> نصراللہ بن حیدر تورہ
1827-1860 yillar
Amir

امیر

Muzaffaruddin ibn Nasrulloh

مظفر الدین بن نصراللہ
1860-1886 yillar
Amir
امیر


Abdulahad ibn Muzaffaruddin
عبد الأحد بن مظفر الدین
1886-1910 yillar
Amirامیر



Muhammad Olimxon ibn Abdulahad
محمد عالم خان بن عبد الأحد
1910-1920 yillar

Buxoro davlati (Buxoro amirligi) amirlarining asosiy qarorgohi buxorodagi Ark qal’asi bo‘lgan. Bundan tashqari, buxoroning o‘sha paytdagi hududidan bir necha kilometr shimolda joylashgan Sitorai Moxi-xossa amirlarga yozgi turar-joy sifatida xizmat qilgan. 1868-yilda Samarqand Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar Buxoro amirlari vaqti-vaqti bilan Ko‘ksaroy saroyida, Samarqand qo‘rg‘onida mehmon bo‘lib turishgan. Buxoro amirlarining ham amirlikning shimolidagi Karman shahrida kichik qarorgohi bo‘lgan. Shuningdek, amirlik beklari va viloyatlari markazlaridagi saroylar amirlarning qarorgohlari hisoblansada, aslida ularda viloyat beklari yashagan. Faqat oxirgi amir Seyid Olimxon Buxorodan qochganidan so‘ng, amirlikning chekka sharqidagi Hisor qal’asida qisqa muddat istiqomat qilgan.

Buxoro amirlarining amirlikdan tashqari Yaltada (Buxoro amirining Yalta saroyi), Jeleznovodskda (Buxoro amirining Jeleznovodsk saroyi), Sankt-Peterburgda (Buxoro amirining uyi) saroylari va qarorgohlari bo‘lgan.

  1. To‘rayev. H. Buxoro tarixi. Durdona, 2020. ISBN 978-9943-6571-0-6. Qaraldi: 4-iyul 2023-yil. 
  2. . 
  3. Anke fon Kyugelgen, Legitimizatsiya sredneaziatskoy dinastii mangitov v proizvedeniyax ix istorikov (XVIII—XIX vv.). Almati: Dayk press, 2004