Buxoro amirining uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro amirining uyi
Joylashuv Kamennoostrovskiy prospekti, 44-b uy
Qurila boshlagan 1913
Qurilish tamomlangan 1914
Xarita
Koordinatalari 59°58′6.038″N 30°18′29.218″E / 59.96834389°N 30.30811611°E / 59.96834389; 30.30811611 G OKoordinatalari: 59°58′6.038″N 30°18′29.218″E / 59.96834389°N 30.30811611°E / 59.96834389; 30.30811611 G O

Buxoro amirining uyi (ruscha: Дом эмира Бухарского) — 1913—1914-yillarda Buxoro amiri Said Abdulahadxon buyrugʻi bilan oʻgʻli Said Olimxonga atab Sankt-Peterburgda qurilgan turar joy. Amir uni qurish uchun avvalroq Sankt-Peterburg jomeʻ masjidini qurilishida ishtirok etgan meʻmor Stepan Krichinskiyni taklif etadi. Uyning loyihasi uchun amir meʻmorni Buxoroi Sharif ordeni bilan taqdirlagan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirda Kamennoostrovskiy prospektining (Troitskaya maydonidan Bolshaya Nevka daryosi qirgʻogʻigacha oʻtadigan Sankt-Peterburgdagi prospektning) 44-b uyda joylashgan bu yer uchastkasi 1890-yil boshlarida bronza maxsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljanlangan ikki qavatli bino qurishni rejalashtirgan fransuz fuqorosi G. A. Gonega tegishli edi. Keyinchalik egalik Y. A. Stobeusga oʻtadi. 1910-yilda bu yerni Amir Abdulahad sotib oladi va u yerda uy qurishga qaror qiladi. Amma buyurtmachi Amir Abdulahadxon oʻsha yili dekabr oyida tuzalmas buyrak xastaligidan vafot etadi, loyihani esa uning merosxoʻri Said Olimxon davom ettiradi.

Binoning tashqi ko'rinishi Florensiya plassolari kabi, old qismi esa Italiya uygʻonish davri uslubiga xos bezatilgan. Old korpusi beshta yon qismiga qurilgan binolar bilan bogʻlangan boʻlib, ikkita kurdonyorni tashkil qiladi. Boshqa koʻp qavatli uylardan farqli oʻlaroq, Buxoro amirining uyi hovlisidagi yon qismiga qurilgan binolar, prospektga kiruvchi binolardan kam boʻlmagan tarzda bezatilgan. Old qismi vizual tarzda ikki qismga boʻlinadi — katta hajmli rustovkali sokol va yarim ustunlar hamda yuqori qavatlar. Arkadaning yuqori qismi uchta kompozit ustunlardan tashkil topgan. Fasadlarning qoplamasi O'rta Uraldagi Shishimskiy konidan olingan dolomit marmaridan qilingan. Krichinskiy loyihasi Birinchi jahon urushi boshlanishi tufayli toʻliq amalga oshmadi, qurilishni tezlashtirish uchun uchinchi qavat boʻylab rejalashtirilgan balyustrada (naqshinkor panjara) olib tashlandi, baʼzi ustunlar marmardan emas, balki yogʻochdan yasashga togʻri keladi.

Oktabr inqilobidan koʻp oʻtmay Said Olimxon Afgʻonistonga qochib ketdi. 1917-yil mart oyida binoda Petrograd gorizoninining zaxira pulemyot polki joylashgan edi, keyin uy kommunal kvartiralarga aylantirilgan. Krichinskiyning oʻzi 1923-yilgacha 4-raqamli uyda yashagan. Uning oʻlimidan koʻp oʻtmay, kvartirada yuqori martabali bolsheviklardan biri, uning oilasi va xizmatchilari yashagan hamda bu uy tez orada kommunal kvartiraga aylantirilgan. Bu uyda mashxur kishilardan akusher Dimitriy Ott va fiziolog Mariya Petrova ham istiqomat qilgan.

Bugungi kunda[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yillardan beri uy kommunal uy-joylarga berib yuborilganligi sababli, binoning ichki va tashqi qismlari anchagina zarar koʻradi. 1990-yillarda devordagi grafit qoplamali rasmlar va marmarli naqshlar koʻchib ketgan, ganchkor naqshlar va yogʻoch dekor elementlari sezilarli darajadaa zarar koʻrgan holatda edi.

2020-yil holatiga kelib, chap qismi kommunal uy-joylar boʻlib, oʻng qismi esa xususiy kvartiralarga boʻlinib ketgandi.

Shaharning Buxoro amirining uyi bilan bogʻliq afsonalar 1993-yilda binoda suratga olingan Vladislav Vinogradovning „Komunalka“ filmiga kiritilgan. Odamlar orasida amirning Kamennoostrovskiydagi uyidan masjidgacha yashirin yerosti yoʻli oʻtkazilgan qabilida rivoyatlar mavjud. Odamlar "uyda erkaklar yashayolmaydilar" deb hisoblashadi. Yana bir rivoyatda aytilishicha, uyda amirning Peterburgni tark etayotganda yashirgan xazinalari bor emish.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]