Buxoro amirining saroyi (Yalta)
Saroy | |
Mamlakat | Rossiya |
Hudud | Qrim Respublikasi |
Shahar | Yalta |
Mulkdor | Davlat mulki |
Saroy turi | Yozgi |
Meʼmoriy uslub | mavritan uslubi |
Loyiha muallifi | Tarasov Nikolay Georgiyevich |
Meʼmor | Tarasov Nikolay Georgiyevich |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdulahadxon |
Homiylar | Abdulahadxon |
Binokorlik | 1907—1911-yillar |
Maqomi | Davlat himoyasida Federal ahamiyatga ega meʼmoriy yodgorlik |
Buxoro amirining saroyi (Yalta) Vikiomborda |
Buxoro amirining saroyi (ruscha: Дворец эмира Бухарского) — Qrim Respublikasining (de jure — Ukraina; de facto — Rossiyaning) Yalta shahridagi ikki qavatli sharqona saroy. Buxoro amirligi hukmdori Abdulahadxon tashabbusi va rus imperatori Nikolay IIning ruxsati bilan 1907-yildan boshlab qurila boshlangan va 1910-yilda qurib bitkazilgan. Amirning Rossiyadagi birinchi yirik qarorgohi (unga tegishli boʻlgan ikkinchi saroy Rossiyaning Jeleznovodsk shahrida joylashgan). Hozirda saroy Rossiyaning Federal ahamiyatga ega meʼmoriy yodgorligi boʻlib, unda Rossiyaga qarashli Oʻzbekiston sihatgohi joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy Osiyo hududida temir yoʻl oʻtkazilgandan soʻng, Abdulahadxon yoz oylarini Kavkaz va Qrimda oʻtkazishga odatlanib qolgan. Uning tashabbusi bilan, ushbu hududlarda sharqona saroylar qurilgan. Qrimning Yalta shahrida qad koʻtara boshlagan saroy, 1910-yilda qurib bitkazilgan. U 3 yil, 1907—1910-yillar davomida barpo etilgan. Saroyga Abdulahadxon Dilkusho (Maftunkor) deb nom bergan[1].
Saroy 1917-yilga qadar Buxoro amirlarligi hukmdorining mulki hisoblangan[2]. Sovet hokimiyati oʻrnatilganidan soʻng, bino milliylashtirilgan. 1924-yildan hozirgi kunga qadar saroyda Oʻzbekiston sihatgohi oʻz faoliyati olib bormoqda[1]. Binoga Ikkinchi Jahon urushi davrida zarar yetgan. Keyinchalik unda restavratsiya ishlari olib borilgan. Hozirda binoda Yalta sihatgohining 8-korpusi joylashgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavritan uslubidagi gumbazli, minorali va shiyponli saroy moʻjaz va nafis qilib qurilgan[2][1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Qrimdagi Oʻzbekiston sihatgohi tarixi“. Kknews.uz. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Дворец эмира Бухары: направление «восток-запад» в Ялте“. Krymania.ru. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |