Buxoro operatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qizil Armiya bosqinidan keyin Buxorodagi yong‘inlar. (Tayyora fotosurati, 1920-yil 1 sentyabr)
Xarita (rus tilida)

Buxoro bosqini, Buxoro operatsiyasi — qizil armiyaning Buxoro amirligini tugatish va uning hududida shoʻrolar hokimiyatini barpo etish maqsadida uyushtirgan bosqini (1920-yil 28-avgust— 2-sentabr).

Bolsheviklar xalqaro huquq normalarini qoʻpol ravishda buzib, 1920-yil fevralda Xiva xonligini bosib olganlaridan soʻng Buxoro amirligi sari yuzlandilar. 1920-yil may oyi boshlarida Moskvaga kelgan Turkkomissiya a’zolari Sh. Eliava va Ya. Rudzutak RSFSR tashqi ishlar vaziri G. V. Chicheringa „Turkkomissiya ertagayoq Buxoro amirligining mustaqilligini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqaradi“ degan bayonotini topshirdi. 1920-yil 22-mayda RKP (b) MK byurosi Buxoroga hujum qilish toʻgʻrisidagi Turkkomissiya a’zolarining ushbu fikrini ma’qulladi. Turkiston qoʻshinlarining qoʻmondoni M. V. Frunze Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarni tezlashtirishni soʻrab 1920-yil 31-iyulda V. I. Leninga telegramma joʻnatgan. RSFSR qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni S. S. Kamenev bu telegrammaga „Qulay fursatda boshlashga ruxsat beriladi“ deb qisqa javob yuborgan. 1920-yil 12-avgustda M. Frunze amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro guruhi (fronti)ni tuzish haqida buyruq bergan. Shu tariqa amirlik chegaralariga 140 ming piyoda, 50 ming otliq askar, 100 ogʻir toʻp, 700 yengil toʻp, 4120 zambarak, 100 broneavtomobil, 100 bronepoyezd va 220 aeroplan shay holatga keltirib qoʻyilgan. Amir Olimxon ixtiyorida 80 ming sarboz, 200 eski toʻp va 25 pulemyot bor edi, xolos. Harbiy kuchlar nisbatiga koʻra Turkiston fronti zamonaviy qurollarga ega edi. 16—18-avgustda Chorjoʻyda Buxoro kommunistlarining 4s’ezdi boʻlib, u amirga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Bolsheviklarning makkorona rejalari amalga osha boshlagan. Tarixda „yalpi qoʻzgʻolon“ deb atalgan harakat 1920-yil 23-avgustda Beshim Sardor boshchiligidagi yollanma turkman otliqlarining Chorjoʻy yaqinidagi Saqor bozorni ishgʻol qilishi bilan boshlandi. Beshim Sardor va Chorjoʻy kommunistlari darhol Eski Chorjoʻyni ishgʻol qilganlar, yuzdan ortiq amaldorlar qamoqqa olingan. Chorjoʻy bekligi xazinasi qoʻlga kiritilib, bu boyliklar darhol Chorjoʻy revkomi va yangi hukumat qoʻliga utgan. Ilgaridan kelishuvga koʻra shu kuni Chorjoʻy revkomi „Butun Buxoro xalqi nomidan“ Turkiston frontiga yordam soʻrab murojaat qilgan, vaholanki Buxoro xalqi s’ezd qaroridan ham, Beshim Sardor isyonidan ham bexabar edi. Buxoro taqdiri qizil qoʻshin ixtiyoriga topshirilgandi. M. Frunze „yordam“ toʻgrisidagi murojaatni olgach, qoʻshinlarini 4 ta zarbdor guruh (Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Chorjoʻy va Kogon)ga boʻlgan. Samarqand guruhi 29—30-avgustda Shahrisabz — Kitob yoʻnalishi boʻylab harakat qilib Qarshi va Gʻuzorni egallashi, Kattaqoʻrgʻon guruhi esa shu kunlari Xatirchi, Ziyovuddin va Karmanani olishi, Chorjoʻy guruhi boʻlsa eski Chorjoʻyni egallab, Amudaryoning Afgʻoniston bilan chegaralarini nazorat qilishi, Forob va Qorakoʻlni egallab, qoʻshimcha buyruqni kutib turishi lozim edi. Asosiy vazifa Kogon guruhi zimmasiga yuklandi. U ammani va hamma narsani taladilar. Umuman qizillar Buxoroni talash uchun kelgan edilar", deb yozgandi. Buxorodan soʻng qizillar amirlik tarkibidagi 27 beklikni ham birinketin egallashgan va bu bilan Buxoro xonligita barham berganlar, uning hududida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan. Qizil askar nayzalari ostida qilich va oʻt bilan „Buxoro inqilobi“ amalga oshirilib, sobiq yosh buxorolik jadidlardan iborat Buxoro Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi Fayzulla Xoʻjayev) tashkil topdi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob. Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida, T., 2000; Turkistan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, www.ziyouz.com kutubxonasi 760T., 2000; Oʻzbekiston tarixi (19171991), T., 2000; Buxoro Sharq durdonasi (oʻzbek, fransuz, ingliz, rus tillarida), T., 1997.Umar Rashidov, Qahramon Rajabov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil