Brad Pitt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Brad Pitt
Pitt 2019-yil Fransiyada
Tugʻilishi
William Bradley Pitt

18-dekabr 1963 (1963-12-18) (56 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor, produser
Filmlari Brad Pitt filmografiyasi
Faoliyat yillari 1987—hozirgacha
Mukofotlari
Bolalari 6
IMDb ID 0000093

William Bradley Pitt (1963-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va produser. Ikkita Oscar, ikkita Oltin globus va Emmy mukofotlari sovrindori. Kuz afsonalari (1994), Tog`lar aro yetti yil (1997), Troya (2004), Oceanʼs Thriteen(2007), Qahr (2014), Bir paytlar Hollywoodda (2019) va boshqa koʻplab filmlarda rollar ijro etgan.

Biografiya[tahrir]

1963-yil 18-dekabrda AQShning Missuri shahridagi Springfieldda uch bolali bir oilaning toʻngʻich farzandi boʻlib dunyoga keldi. Pitt oilasining ildizlari inglizlarga borib taqaladi.

Missuri unverstitetining Jurnalistlik fakultetini bitirishiga qisqa vaqt qolganda, anchadan beri aqlida boʻlgan aktyorlik kariyerasini boshlash uchun oilasiga Pasadenadagi bir chiroyli sanʼatlar akademiyasida oʻqishga davom etishini aytib Hollywoodga ketadi. Oldiniga baʼzi tanituvlarda tovuq kostyumini kiyib, limuzin haydovchisi kabi ishlarda ishlagandan soʻng Dallas va Oʻzga dunyo kabi seriallarda kichik rollarda qatnashdi. 1989-yilda Cutting Class ismli, kam budjetli bir filmda rol ijro qilib diqqat jalb qildi. Oradan 2 yil oʻtgach Thema & Louise filmida 15 daqiqalik roli tufayli Dunyoning eng yoqimtoy erkagi degan unvonga loyiq koʻrildi.

Tashqi koʻrinishini emas, balki aktyorlik mahoratini tanitishni hohlagan Pitt, oʻsha paytlarda shu istagini roʻyobga chiqarishiga sabab boʻlgan "Interview With The Vampire" (1994), "Twelve Monkeys" (1995), "Se7en" (1995), "Fight Club" (1999), kabi filmlarda rollar ijro qildi. Ismi birqancha „Hollivud Goʻzallari“ bilan birga eshitilgan Pitt oldiniga Juliette Lewis bilan unashtirildi va ayrildi, soʻngra Gvinet Peltrou bilan unashtirilib ayrildi. Soʻngra, 2000-yilda Friends seriali bilan mashhur Jennifer Eniston bilan turmush qurdi va 2004-yilda ajrashdi. Keyinchalik Angelina Jolie bilan turmush qurdi. Angelina Joliening boqib olgan Meddoks, Zahara va Paks ismli farzandlariga oʻz familiyasini berdi, ularning familiyasi Jolie Pitt boʻldi. Ozgina vaqt oldin Angelina Jolie, Shiloh Nouvel Jolie Pitt ismini berishgan birinchi oʻz farzandlarini dunyoga keltirdi. 2014-yilda Brad va Joliening oilaviy munosabatlari darz ketdi va juftlik 12 yillik turmushdan soʻng ajralishdi. Bradning 6 nafar farzandi ham onasi bilan yashamoqda.

Filmografiya[tahrir]

Mukofot va nominatsiyalari[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Brad Pitt  IMDbda