Jared Leto
Jared Leto | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
26-dekabr 1971-yil Bosser Siti, Luiziana shtati |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | aktyor, qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1992 — bugun |
Yoʻnalish | drama, triller |
Sayt | jaredleto.com |
Jared Joseph Leto (1971-yil 26-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va 30 Seconds to Mars musiqiy guruhining vokalchisi.
Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bolalik va yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
1971-yil 26-dekabrda Luiziana shtatining Bosser Siti shahrida tugʻilgan. Sanʼatga boʻlgan ishtiyoqi unda onasi Konstans tufayli paydo boʻlgan. Onasi Leto va uning ukasi Shennonni har tomonlama qoʻllar edi. Leto faol va oʻziga ishongan bola boʻlib oʻsadi. 12 yoshida u Virjiniyadagi kichik ovqatlanadigan joyda idish yuvuvchi ishiga kiradi, 16 yoshida esa shveysarlik qilar edi. Hayotining ilk yillarida Leto oilasi bilan koʻp sayohat qilardi, u Gaiti va Koloradodagi kommunada yashashga ulgurgan. „Onamning otasi havo harbiy kuchlari tarkibiga kirar edi“, — aytadi Leto, — „shuning uchun koʻchmanchilik hayoti odatiy hol edi“. Maktabni tugatish paytiga kelib, Jared oʻz hujjatlarini Filadelfiyadagi sanʼatlar Universitetiga topshiradi va u yerga qabul qilinadi. U tasviriy sanʼat yoʻnalishini tanlaydi. Vaqt oʻtib, Jared hujjatlarini olib ketib, Nyu Yorkdagi tasviriy sanʼatlar Universitetiga oʻtadi. Studentlik paytida Leto oʻzi stsenariy yozadi va oʻzining filmi „Crying Joy“da bosh rollardan birini ijro etadi.
Karyerasining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
U aktyor boʻlish uchun 1992-yili Nyu Yorkdan Los Anjelesga koʻchib oʻtadi. Leto aktyorlik karyerasida ancha-muncha tajriba orttirgan edi, ammo haqiqatdan esda qolarli va yorqin rol boʻlib, uning uzoq davom etmaydigan „Mening aytarli hayotim“ serialida Jordan Katalanoning roli boʻladi (bu serialda u Kler Deyns bilan oʻynaydi). Kler Deynsning hohishlar va sevgi hijroni obyektini oʻynab, Jared Leto oshayotgan ommaviyligi bilan huzurlanadi. 1996 va 1997-yillari Leto People jurnalining „Dunyoning eng chiroyli 50 kishisi“ roʻyxatiga kirar edi. Serial tugaganida, u filmlarda suratga tushishni boshladi.
Mashhurlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
1994-yili Alisiya Silverstoun bilan birgalikda mustaqil film — „The cool & the crazy“da suratga tushganidan soʻng, uning katta ekrandagi birinchi roli „Qiyqimli koʻrpa“ (1995) boʻladi. U yerda Jared Winona Ryder (Vaynona Rayder) bilan birga oʻynaydi. Soʻng u Summer Fling (1996) filmida Christina Ricci (Kristina Richchi) bilan birgalikda bosh rollardan birini ijro etadi.
![]() |
Jared Leto bugun[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jared katta ekranga 1999-yili „Jang klubi“ va „Toʻhtatilgan hayot“dagi ishlari bilan qaytdi. 2000-yil Jared uchun psihologik trillerlar yili boʻldi — „Amerikalik jinni“ va „Orzu boʻyicha rekviem“. Birinchi filmda Jared ikkinchi darajali rolga tasdiqlangan boʻlsa, „Rekviem…“da unga bosh rolni berishadi. Geroinga oʻrganib qolgan bruklinlik yigitchani oʻynab, Leto afsonaviy Ellen Burstyn (Ellen Berstin) va „Oskar“ mukofotining boʻlajak sohibi Jennifer Connelly (Jennifer Konnelli) bilan bir aktyorlik tarkibida boʻladi. Navbatdagi filmlar — „Bugi stilidagi tun“, „Botish chizigʻi“ va Tarantinoning „Shosse“si videoprokatning tahlamlariga tez boradi. Jared David Fincher (Devid Fincher)ning eng mashhur ikki filmida: shov-shuvli „Jang klubi“ va „Qoʻrqinch honasi“ (2002) juda qoʻl keladi. Ikkinchi filmda u Jodie Foster (Jodi Foster)ni terrorlagan uch bosqinchidan eng koʻp gapiradigan va besoʻnaqayini oʻynaydi. Uning ohirgi proektlariga Oliver Stone (Oliver Stone)ning epopeyasi „Aleksandr“, xalqaro triller „Qurol-yarogʻlar baroni“ va John Lennon (Jon Lennon)ning qotili — Mark Chepmen haqidagi „27-qism“ filmi kirdi.
Jared Leto shuningdek, oʻzi va ukasi Shennon 1998-yili asos solgan 30 Seconds to Mars alternativ rok-guruhining vokalchisidir. Hozirgi vaqtda guruhda 4 ishtirokchi: Jared — musiqa va qoʻshiqlar muallifi va gitara, Shennon — barabanchi, Mett Vokter — bas-gitara va Tomo Milishevich — gitara. Ularning birinchi albomi 2002- yili yozilgan va guruh nomi bilan atalgan. Ikkinchi albom — A Beautiful Lie 2005-yili chiqqan.
Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Oʻzbekcha nomi | Original nomi | Personaj |
---|---|---|---|
1995 | Qiyqimli koʻrpa | How to Make an American Quilt | Bek |
1996 | Buyuk qirollardan soʻnggisi | The Last of the High Kings | Frenki Griffin |
1997 | Prefonteyn | Prefontaine | Stiven Prefonteyn |
1997 | Amerika argʻimchoqlari | Switchback | Len Dikson |
1998 | Bezil | Basil | Bezil |
1998 | Shahar afsonalari | Urban Legend | Pol |
1998 | Ingichka qizil chiziq | The Thin Red Line | ikkinchi leytenant Uayt |
1999 | Qora va oq | Black and White | Keysi |
1999 | Jang Klubi | Fight Club | Farishtacha |
1999 | Toʻxtatilgan hayot | Girl, Interrupted | Tobias „Tobi“ Jekobs |
2000 | Amerikalik jinni | American Psycho | Pol Allen |
2000 | Orzu boʻyicha rekviem | Requiem for a Dream | Garri Goldfarb |
2000 | Seks, narkotiklar va Sanset Strip | Sunset Strip | Glen Uolker |
2001 | Muhabbat hamma narsani oʻzgartiradi | Sol Goode | |
2001 | Shosse | Highway | Jek |
2002 | Qoʻrqinch xonasi | Panic Room | Junior |
2004 | Aleksandr | Alexander | Gefestion |
2005 | Qurol-yarogʻlar baroni | Lord of War | Vitaliy Orlov |
2006 | Yolgʻiz yuraklar | Lonely Hearts | Raymon Fernandes |
2007 | 27-qism | Chapter 27 | Mark Chepmen[1][2] |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Rasmiy sayti
- ↑ 30STMRussia.com, 2011-01-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-02
![]() |
![]() |
- 26-dekabrda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Chala boʻlimli maqolalar
- Oscar mukofoti sohiblari
- Aktyorlar haqidagi chala maqolalar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Kishilar
- Aktyorlar
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak modellar
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Amerikalik erkak ovoz aktyorlari
- Amerikalik erkak qoʻshiqchilar
- Yashayotgan insonlar
- LGBT huquqlari faollari
- Amerikalik gitarachilar
- Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar
- Amerikalik kinoprodyuserlar