Russell Crowe
Russel Crowe | |
---|---|
Crowe 2005-yilda | |
Tavalludi |
Russel Ira Crowe 7-aprel 1964-yil |
Fuqaroligi | Yangi Zelandiya Avstraliya |
Kasbi | Aktyor, rejissor, produser |
Faoliyat yillari | 1990 — hozirgacha |
Mukofotlari |
|
Russell Ira Crowe (1964-yil 7-aprelda tugʻilgan)— Avstraliyalik aktyor, rejissor, produser va musiqachi. Akademiya(Oscar), BAFTA, ikkita Oltin globus va Screen Actors Guild Awards mukofotlari sovrindori.
2000-yilda rejissor Ridley Scott tomindan suratga olingan Gladiator filmidagi General Maximus roli bilan shuhrat qozongan. Crowe ketma-ket uch marta eng yaxshi aktyor uchun Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan toʻqqizinchi aktyor hisoblanadi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Russel Crowe 1964-yil 7-aprelda Vellingtonda (Yangi Zelandiya) Alex va Joselin Crowelar oilasida dunyoga kelgan. Akasi Terry Crowe. Russ 4 yoshga toʻlganda oilasi Sidneyga koʻchib ketadi. 5 yoshoda u avstraliyalik „Spyforse“ teleserialining bir epizodida koʻrinadi, serialning prodyuseri Krounnig onasini choʻqintirgan otasi edi. 14 yoshga toʻlganda oilasi Yangi Zelandiyaga qaytib, Oklend shahriga joylashadi. 1980-yili „Russ Le Roc“ musiqiy jamoasining qatnashchisi boʻlgan. Keyinroq Crowe „Roman Antix“ rok-guruhini tashkil qildi. Guruh 1991-yildan 2005-yilgacha faoliyat yuritadi. 21 yoshida u Sidneydagi Dramatika sanʼat milliy oliygohiga boradi oʻqish fikridan qaytib oliygohga kirmaydi. Crowe 2001-yilda Sylvia Nazar qalamiga mansub „Goʻzal idrok“ romani asosida suratga olingan „Tafakkur oʻyinlari“ filmida mashhur matematik John Nash obrazini gavdalantirdi va shu roli uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Oscar mukofoti sohibiga aylandi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [1] (Wayback Machine saytida 2011-05-21 sanasida arxivlangan) Russell Crowe has enough ego to be a bad guy you’ll remember
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Russell Crowe mavzusiga oid fayllar bor. |