Matthew McConaughey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Matthew McConaughey
Matthew McConaughey 2019 (48648344772).jpg
Kasbi aktyor

Matthew David McConaughey (1969-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. U „Dazed and Confused“ (1993) nomli kinokomediyada ikkinchi darajali rolni ijro etgan[1][2]. Bir qator filmlardagi ikkinchi darajali rollarini oʻynaganidan soʻng, uning bosh roldagi ilk muvaffaqiyatli filmi „A Time to Kill“ (1996) dramasi boʻldi. U „Contact“ (1997), „Amistad“ (1997) va „U-571“ (2000) kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan hisoblanadi.

2000-yillarda McConaughey „The Wedding Planner“ (2001), „How to Lose a Guy in 10 Days“ (2003), „Failure to Launch'“(2006), „Fool’s Gold“ (2008) va „Ghosts of Girlfriends Past“ (2009) kabi romantik janrdagi kinoomediyalarda suratga tushdi. Aktyorlikdagi ikki yillik tanaffusidan soʻng, McConaughey „The Lincoln Lawyer“ (2011) nomli dramasida suratga tushdi. U 2012-yilda „Magic Mike“ filmidagi striptizchi hamda „Mud“ filmidagi qochoq rolidagi ijrolaridan soʻng, kinotanqidchilar tomonidan hush qarshilandi.

McConaughey „Dallas Buyers Club“ (2013) biopik filmida OITS tashxisi qoʻyilgan kovboy Ron Woodroof rolini jonlantirgani ortidan koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oscarni oldi. U, shuningdek, „The Wolf of Wall Street“ (2013) filmida ikkinchi darajali rolni ijro etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Halperin, Shirley. „Matthew McConaughey Reprises 'Dazed and Confused' Breakout Role for Music Video“. The Hollywood Reporter (20-yanvar 2012-yil). „McConaughey is reprising his breakout role of Wooderson, the iconic stoner from Richard Linklater’s 1993 film Dazed and Confused, who famously demured, “That's what I love about them high school girls... I get older, they stay the same age."... "When it comes to classic characters, Matthew McConaughey's Wooderson took the cake... and the high school girls with him," says Walker, who also released his first book this fall, Drinking with Strangers: Music Lessons From a Teenage Bullet Belt.“.
  2. Grossman, Samantha. „Treat Yourself to Matthew McConaughey's Dazed and Confused Audition Tape“. TIME (13-yanvar 2015-yil). „Sometimes it’s easy to forget that before he was a serious actor with a serious actor Oscar and a serious actor beard, Matthew McConaughey was just another handsome twenty-something from Texas. Of course, everything changed once he landed his breakout role in Richard Linklater’s 1993 film Dazed and Confused, in which he played slightly-creepy stoner David Wooderson.“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]