Philip Seymour Hoffman
Philip Seymour Hoffman | |
---|---|
![]() Hoffman The Ides of March premyerasida (Parij, 2011) | |
Tugʻilishi |
23-iyul 1967-yil Fairport, New York, AQSh |
Vafot sanasi |
2-fevral 2014-yil (46 yoshda) |
Vafot joyi | New York, AQSh |
Kasbi | aktor, rejissor |
IMDb | ID 0000450 |
Philip Seymour Hoffman (talaffuzi: Filip Seymur Hoffman; 23-iyul, 1967 – 2-fevral, 2014) amerikalik aktor va rejissor boʻlgan. 2005-yili Capote biografik filmi uchun Eng yaxshi aktor nominatsiyasida Akademiya mukofotini olgan, bir necha marta Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan.
Hoffman ijodini 1991-yilda boshlab, 1992-yildan kinolarda suratga tushib keldi. U diqqatga loyiq bir necha filmlarda, jumladan Ayol isi (1992), Twister (1996), Boogie Nights (1997), The Big Lebowski (1998), Patch Adams (1998), Magnolia (1999), The Talented Mr. Ripley (1999), Almost Famous (2000), Red Dragon (2002), 25th Hour (2002), Punch-Drunk Love (2002) va Cold Mountain (2003) filmlarda ikkinchi plan rollarni oʻynab tanildi.
2005-yilda Hoffman Capote filmida bosh rolni ijro etib, Akademiya mukofotini erishdi. U shuningdek Charlie Wilson's War (2007), Doubt (2008) va The Master (2012) filmlaridagi rollari uchun Akademiya mukofotiga nomzod boʻldi. Tanqidchilardan ijobiy baholar olgan boshqa filmlariga Owning Mahowny (2003), Before the Devil Knows You're Dead (2007), The Savages (2007), Synecdoche, New York (2008), Moneyball (2011) va The Ides of March (2011) kiradi. 2010-yilda Hoffman Jack Goes Boating filmiga rejissorlik qildi.
Hoffman 2014-yil 2-fevral kuni vafot etdi.[1] The New York Times gazetasi nekrologda Hoffman haqida "ehtimol, oʻz avlodining eng tirishqoq va izzatli amerikalik aktori" deb yozdi.[2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ "Philip Seymour Hoffman found dead in New York City home: Oscar-winning actor dies, aged 46, from 'apparent drug overdose'". The Independent. 3-fevral 2014. http://www.independent.co.uk/news/people/news/philip-seymour-hoffman-dead-in-new-york-city-apartment-oscarwinning-actor-dies-aged-46-from-apparent-drug-overdose-9102618.html.
- ↑ Weber, Bruce; Goodman, J. David (February 2, 2014). "Philip Seymour Hoffman, Actor, Dies at 46". The New York Times. http://www.nytimes.com/2014/02/03/movies/philip-seymour-hoffman-actor-dies-at-46.html.
Havolalar[tahrir]
- nmAndoza:Str rightmost/ Philip Seymour Hoffman IMDbda
![]() |
Vikiomborda Philip Seymour Hoffman haqida turkum mavjud |
![]() |
![]() |