Leonardo DiCaprio
Leonardo Di Caprio | |
---|---|
![]() Leonardo DiCaprio 2014-yilda | |
Tavalludi |
Leonardo Wilhelm DiCaprio 11-noyabr 1974-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor, produser, xayriyachi |
Filmlari | Leonardo DiCaprio filmografiyasi |
Faoliyat yillari | 1989–hozirgacha |
Mukofotlari |
|
Veb-sayt | Rasmiy sayt |
Leonardo Di Caprio Vilgelm — amerikalik aktyor, produser, ekolog va xayriyachi.[1] Yetti karra Akademiya (Oscar), oʻn uch karra Oltin globus, besh karra BAFTA va oʻn bir marotaba Screen Actors Guild Awards mukofotlari nomzodi. Oscar, Oltin globus, BAFTA va Screen Actors Guild Awards mukoflari sohibi. 2016-yilda Time jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritilgan.
DiCaprio Koʻpincha noanʼanaviy filmlarda, xususan, biopika,melodrama, drama va davriy filmlarda oʻynaydi. 2019-yilga kelib, uning filmlari dunyo boʻylab 7,2 milliard AQSh dollar daromad keltirdi va u dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan aktyorlarning yillik reytingida sakkizinchi oʻrindan joy oldi.U xalqaro shuhratga James Cameronning Titanic (1997) filmidagi Jack roli orqali erishdi.
DiCaprio keyinchalik Aviator (2004) va Diamond (2006), Murtadlar (2006), Inqilobiy yoʻl (2008), Muqadddima (2010), The Wolf of Wall Strit" (2013), The Revenant (2015), Bir paytlar Hollywoodda (2019) kabi filmlarda rollar ijro etdi.
U 2017-yilda The Revenant filmi uchun Oscar, BAFTA va Oltin Globus mukofotini oldi. Aviator va The Wolf of Wall Strit uchun 2005 va 2013-yillarda Oltin globus mulfotini olgan. DiCaprio rejissor Martin Scorsese bilan eng koʻp hamkorlik qilgan aktyorlardan biridir.
U muntazam ravishda xayriya ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi va atrof-muhit toʻgʻrisida bir nechta hujjatli filmlarni suratga oldi. 2016- yilda u sanʼat va madaniyat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun Ordre des Arts et des Lettres mukofoti berilgan.
Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqolaga qarang: Leonardo DiCaprio filmografiyasi
Box Office Mojo sayti maʼlumotlariga koʻra, DiCaprioning tanqidiy va tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli filmlari quyidagilar: Whatʼs Eating Gilbert Grape (1993), Romeo + Juliet (1996), Titanic (1997), Catch Me If You Can (2002), Gangs of New York (2002), The Aviator (2004), Murtadlar (2006), Blood Diamond (2006), Shutter Island (2010), Muqaddima (2010), Django Unchained (2012), Shovvoz Gatsby (2013), The Wolf of Wall Street (2013), The Revenant (2015) va Bir paytlar Hollywoodda (2019). Uning filmlari dunyo miqyosida jami 7,2 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan.
Mukofot va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqolaga qarang: Leonardo DiCaprioning mukofot va nominatsiyalari
DiCaprio Kinematografiya sohasiga qoʻshgan hissasi uchun koʻp marotaba mukofotlar va nominatsiyalr bilan eʼtirof etilgan.
- 66-chi Oscar mukofoti (1994): „Whats Eating Gilbert Grape“ filmi uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasi
- 77-chi Oskar mukofoti (2005): „Aviator“ uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi
- 79-chi Oskar mukofoti (2007): „ Blood Diamond“ uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi
- 86-chi Oskar mukofoti (2014): „Uoll-stritlik boʻri“ uchun eng yaxshi film va eng yaxshi aktyor nominatsiyalari
- 88-chi Oskar mukofoti (2016): „The Revenant“ filmi uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi va gʻolibi
- 92-chi Oskar mukofoti (2020): „Bir paytlar Hollywoodda“ filmi uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi
Shunigdek uchta Oltin globus va BAFTA mukofotlari sovrindori.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Wikimedia Commonsda Leonardo DiCaprio mavzusiga oid fayllar bor. |
- 11-noyabrda tugʻilganlar
- 1974-yilda tugʻilganlar
- Oscar mukofoti sohiblari
- Nuqsonli NLP identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Yashayotgan insonlar
- Screen Actors Guild Awards sovrindorlari
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Amerikalik filantroplar
- Amerikalik erkak bola aktyorlar
- Amerikalik kinoprodyuserlar