Robin Williams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Robin Williams

Williams Happy Feet filmi premyerasida, 2011
Asl ismi Red
Tugʻilishi
Robin McLaurin Williams

21-iyul 1951-yil(1951-07-21)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Qiziqchi, aktor
IMDb ID 0000245
Sayt robinwilliams.com

Robin McLaurin Williams (talaffuzi: Robin MakLorin Uilyams; 21-iyul, 195111-avgust, 2014) Amerikalik stendap qiziqchi va aktor boʻlgan. Omma eʼtiboriga Mork & Mindy (1978–1982) teleserialida Mork rolini oʻynab tushgan Williams muvaffaqiyatli karyerasini sahna komediyasi va toʻliq metrajli filmlarda davom ettirdi. Uning aktorlik ijodiga The World According to Garp (1982), Good Morning, Vietnam (1987), Dead Poets Society (1989), Awakenings (1990), The Fisher King (1991) va Good Will Hunting (1997) kabi tanqidchilar yaxshi qarshilagan filmlar, shuningdek Popeye (1980), Hook (1991), Aladdin (1992), Mrs. Doubtfire (1993), Jumanji (1995), The Birdcage (1996), Night at the Museum (2006), Happy Feet (2006), va Happy Feet Two (2011) kabi daromadli filmlar kiradi.

Eng yaxshi aktor uchun Akademiya mukofotiga uch marta nomzodi qoʻyilgan Williams Good Will Hunting filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun shu mukofotni oldi. Shuningdek u ikki Emmy mukofoti, toʻrt Golden Globe mukofoti, ikki Screen Actors Guild Award va besh Grammy mukofoti olgan.[1][2]

2014-yil 11-avgustida Williams Paradise Cay, Kaliforniya uyida vafot etdi.[3] Oʻlim sababi sifatida asfiksiya taxmin etildi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]