Victor McLaglen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Victor McLaglen
Tavalludi
Victor Andrew de Bier Everleigh McLaglen

10-dekabr 1886-yil
Vafoti 7-noyabr 1959-yil(1959-11-07)
(72 yoshda)
Newport Beach, Kaliforniya, A. Q. Sh.
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va AQSh
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1920-1959
Turmush oʻrtogʻi
Enid Lamont
(turm. 1919; vaf. 1942)

Suzanne M. Brueggeman
(turm. 1943; ajr. 1948)

Margaret Pumphrey
(turm. 1948)
Bolalari 3

Victor Andrew de Bier Everleuigh McLaglen (talaffuzi: „Viktor Endryu de Bier Everley Maklaglen“, 1886-yil 10-dekabr — 1959-yil 7-noyabr) — britaniyalik bokschi, Gollivud aktyori[1]. U personaj aktyor sifatida tanilgan, xususan, Vesternlarda va John Ford va John Wayne bilan yettita film suratga olgan. McLaglen 1935-yilda „Informer“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi erkak roli“ uchun Akademiya mukofotini qoʻlga kiritdi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

McLaglen oʻzini Kentning Tunbridge Wells shahrida tugʻilgan deb daʼvo qildi, garchi uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida Londonning Sharqiy End shahridagi 505 Commercial Road, Stepney uning haqiqiy tugʻilgan joyi sifatida qayd etilgan boʻlsada. Uning otasi Andrew Charles Albert Mclaglen Janubiy Afrikadagi Erkin protestant cherkovida missioner bo‘lgan[2] va keyinchalik Angliya erkin protestant yepiskop cherkovining episkopi bo‘lgan[3].

Aktyorlik karerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

McLaglen sport klubiga tashrif buyurganida, „The Call of the Road“ (1920) filmida bosh rolni oʻynash uchun bokschi qidirayotgan prodyuser uni koʻrdi[4]. McLaglen ilgari hech qachon aktyorlik qilmagan boʻlsa-da, u tinglovlardan oʻtib, rolni oldi[5].

U bir qator sarguzasht filmlarida suratga tushgan. Jumladan: Corinthian Jack (1921) va The Prey of the Dragon (1921). U rollarini „The Sport of Kings“ (1921) bilan davom ettirdi. Donald Crisp u bilan The Glorious Adventure (1922)[6][7], A Romance of Old Baghdad (1922), Little Brother of God (1922), A Sailor Tramp (1922), The Crimson Circle (1922), The Romany (1922) va Heartstrings (1922)[8] filmlaridagi rollari uchun shartnoma tuzgan.

Mclaglen M’Lord of the White Road (1923), In the Blood (1923), The Boatswainʼs Mate (1923), Women and Diamonds (1924), and The Gay Corinthian (1924).[9] He was in The Passionate Adventure (1924), Alfred Hitchcock va The Beloved Brute (1924),[10] The Hunted Woman (1925), and Percy (1925)[11] filmlarida bosh rollarni ijro etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fey Rey, Robert Uorvik (chapda) va McLaglen “Aniq janoblar emas“ filmida, “Uch qaroqchi “ (1931) nomi bilan ham tanilgan [12]

1935-yilda McLaglen oʻz stadionini Riverside Drive va Hyperion Avenue yaqinida, Griffit Park va Los-Anjelesdagi Atwater Village mahallasi yaqinida qurish uchun 40 000 dollar sarfladi. Stadion futbol va boshqa koʻplab tadbirlar oʻtkazish uchun foydalanilgan. 1938-yilda Los-Anjeles daryosi toshqini stadionga jiddiy zarar yetkazdi va keyinchalik u foydalanishdan voz kechdi[13]. 1941-yilda u Kaliforniyaning Klovis shahridagi Klovis Rodeo paradining grand marshali etib saylandi[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Obituary Variety, 11 November 1959, page 79.
  2. Pocock. „The Fighting Macks (an extraordinary family of brothers)“ (en). The Frontiersmen Historian (2015-yil 11-avgust). Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  3. Victor McLaglenʼs father — new revelations; Peter Anson BISHOPS AT LARGE (1964) has further information on Bishop McLaglen.
  4. Daley, Alex (2018) „Hollywood Heavyweight“, Boxing News, 13 September 2018, p. 44
  5. „VICTOR McLAGLEN'S START“. Port Adelaide News (1931-yil 4-sentyabr), s. 4. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  6. „BOXER-FILM PERFORMER.“ (1921-yil 16-noyabr), s. 2. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  7. „Actor 'rescues' man who gave him screen chance“ (1953-yil 19-dekabr), s. 28. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  8. „In the Limelight“ (1923-yil 27-yanvar), s. 3. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  9. „Victor McLaglen“. Bexhill-on-Sea Observer (1924-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.
  10. „Victor McLaglen as a Modern Swashbuckler“. Worthing Gazette (1937-yil 21-iyul). Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.
  11. „BOXER AS STAR“ (1925-yil 7-fevral), s. 4. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  12. Not Exactly Gentlemen aka Three Rogues (1931), IMDb.com; accessed 4 June 2020.
  13. Jim Thurman, „10 L. A. Sports Venues That Are No More“, LA Weekly, 23 December 2013.
  14. 102nd Clovis Rodeo Official Souvenir Program, p. 12