Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shimoliy Koreyadan yoʻnaltirildi)
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
朝鮮民主主義人民共和國
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat bayrogʻi   Koreya Xalq Demokratik Respublikasi davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Aegukka
Madhiya: 강성대국
(Baquvvat va prosperirasha el)
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Xaritasi
Poytaxt Pxenyan
Rasmiy til(lar) Koreyscha
Hukumat Sotsialistlik Respublika
 •  Respublikaning abadiy Prezidenti
   Abadiy Prezidenti
  Kim Ir Sen (Vafot etgan)
 •  MHK Raisi   Kim Chen Ir
 •  OXA Prezidenti   Kim Yon Nam
 •  Bosh-Vazir   Pak Pon Dju
Maydon  
 • Butun 120,540 km² (97-)
 • Suv (%) 4,87
Aholi  
 • 2011 roʻyxat 24,457,492 (49- oʻrin)
 • Zichlik 193,54/km²
YaIM (XQT) 2007- yil roʻyxati
 • Butun $ 40 milliard (91-)
 • Jon boshiga $ 1,715
Pul birligi Koreys voni Wŏn (KPW)
Vaqt Mintaqasi +9 (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma kp
Internet domen .kp
Telefon prefiksi +850

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya — Koreys yarimorolida, Janubiy Koreya shimolida joylashgan mamlakatdir. Maydoni 120,54 ming km². Aholisi 23 486 550 kishi. Poytaxti — Pxenyan. 9 ta maʼmuriy provinsiyaga va 4 ta markazga boʻysunuvchi shaharlar (Pxenyan, Keson, Xamxin, Chxonjin). Davlat boshligʻi — prezident. Davlat hukumatining yuqori organi va qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Yuqori Xalq yigʻini hisoblanadi.

  • 1948-yil Kim Ir San rahbarligida Mehnat partiyasi MK hukumati shakllandi.
  • 1958-yilda qishloq va shaharlarda ijtimoiy shakllanish tugallandi.
  • 1972-yil dekabrda KXDRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Asosiy sanoat tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, yogʻochni qayta ishlovchi, kimyo va neft kimyosi, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari bor. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun turadi. Yerlarga ishlov beriladi va sugʻoriladi. Sholi, texnika ekinlari, dukkaklilar, paxta, tamaki va boshqalar yetishtiriladi. Plantatsiyalarda jenshen, bogʻdorchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Yirik shoxli qoramollar, choʻchqachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlari bor. Temir yoʻllarning uzunligi — 4915km dan ortiq, shundan 3500km elekrtlashtirilgan, avtomobil yoʻllari — 31200 km dan ortiq. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo, Xinnam. Tashqi aloqalar aylanmasining hissasi 80 % dan ortiq. Metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, togʻ-kon sanoati mahsulotlari, baliq mahsulotlari, mevalar eksport qilinadi. Hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Germaniya. Pul birligi-vona.KXDR xalq hukumati yillarida mustamlaka mamlakatdan industrial-agrar sotsialistik mamlakatga aylandi. Iqtisodiy rivojlanishi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borildi. Sanoat xissasiga sanoat mahsulotlari va qishloq xoʻjalikning ¾ qismi toʻgʻri keladi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi, koʻmir, temir, rux, molibden, volfram, qoʻrgʻoshin, mis, alyuminiy, magniy, oltin, grafit, pirit, tuz qazib chiqariladi.

Yadro dasturi[tahrir]

Shimoliy Koreya uzoq yillardan buyon oʻz qoʻshnilari va AQSHga raketa sinovlari orqali poʻpisa qilib keladi. Biroq bu yoʻl bilan Shimoliy Koreya oʻz maqsadiga erishadi deb boʻlmaydi. Pxenyan tahminiy yillik 28 milliard dollar daromadining asosiy qismini qurollanishga sarflaydi. Shu sababli mamlakat iqtisodiyoti boshi berk koʻchaga kirib qolganiga ancha boʻlgan. Agar qiynalib qolsa, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan muzokara stoliga oʻtirib, ortiq qurollanishni davom ettirmaslikka soʻz bergan holda, oziq-ovqat va boshqa koʻmaklarni olib keladi. Oʻzini biroz tiklab olgandan soʻng, qurollar ustida ish olib borishni yana davom ettiradi. Shimoliy Koreya bu manevrdan ancha vaqtdan buyon foydalanib kelmoqda. Aslida esa Pxenyan biror qurol ustidagi tadqiqotlarni muvaffaqiyatli yakunlamagan. Mobodo, biror bir sinovi muvaqqiyatli chiqsa, bu raketalar AQSH yoki Janubiy Koreyaga qarshi qaratilganini daʼvo qilib, ularni choʻchitishga harakat qiladi. Xaqiqatda esa bu sinovlar bilan oʻz boshiga faqat tashvish orttiradi.[1]

Shimoliy Koreya bu strategiyani tanlashiga sabab, SSSR qulagandan soʻng pushti-panohidan ajralib qolgan shimolliklar iqtisodiyotida daxshatli jarlik paydo boʻldi. Koʻpchilik bu inqiroz tez orada hukumatni qulatib, Koreya yarimorolini birlashishiga sabab boʻladi deb tahmin qilgan edi. Hukumat esa, tabiiy ravishda, hokimiyatni oʻz qoʻlida saqlab qolish uchun har narsaga tayyor edi. Kim Chen Ir hukumati mavjud vaziyatda biror tashqi kuch mamlakat ichkarisiga suqilib kirib, inqilob koʻtarishidan doimo xavotirlanardi. Janob Kimga tashqi davlatlarni Shimoliy Koreya ichki ishlariga aralashishdan tiyilishiga sabab boʻladigan oʻzgacha strategiya zarur edi va hukumat hokimiyatdan ajrab qolmaslik uchun yadro quroli ustida ish boshlab yubordi. Mana 20 yildirki, Shimoliy Koreyaning oʻzini qiynab boʻlsada yuritayotgan yovvoyi, ojiz va ahmoqona strategiyasi ish berib kelmoqda.


Manbalar[tahrir]

  1. Timur Amirov. YOVVOYI, OJIZ VA AHMOQONA: SHIMOLIY KOREYACHA STRATEGIYA


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.