Grafit
| Grafit |
|---|
| Temir-uglerod qotishma fazalari |
| Temir-uglerod qotishma strukturalari |
| Po`latlar |
|
Konstruktsiyaviy po`lat (0,8 % gacha C) |
| Cho`yanlar |
|
Oq cho`yan (mo`rt, tarkibida ledeburit bor va grafit mavjud emas) |
Grafit (yun. grapho — yozaman) — mineral, Yer poʻstila uchraydigan sof uglerodning bir koʻrinishi, kimyoviy formulasi — S. Geksagonal singoniyali. Kristallari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va toʻq kulrang , metallsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning oʻzida esa yuqori — 5,5 va undan koʻp. Zichligi 2,2 g/sm3. Keng tarqalgan. Oʻtga chidamli, elektrni yaxshi oʻtkazadi, kimyoviy barqaror. Sunʼiy ravishda ham olinadi. Asosan metamorfik jinslarda, kam hollarda magmatik jinslarda uchraydi. Oʻzbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov, Markaziy Qizilqum) mayda va yirik konlar hrsil qilgan. RFda (Ilmen togʻi), Ukraina (Krivoy Rog), Kanada, Avstraliya, AKShda konlari bor. Eng katta koni Toshqazgʻanda (Quljuqtov). G.dan tigel, qalam, elektrod, boʻyoqlar tayyorlanadi. Yadro texnikasida, raketa dvigatellari soplosi (ogʻzi)ni qoplashda, yuqori haroratga chidamli boʻyoqlar, elektrodlar tayyorlashda ishlatiladi.[1]
Grafit (Yun. grapho - yozaman) - mineral, Yer qatlamida uchraydigan uglerodning bir ko`rinishi, kimyoviy formulasi - C. Geksagonal singoniyali. Kristall panjaralari 6 burchakli plastinka, taxtacha va tangacha shaklida. Rangi qora va to`q kulrang, metalsimon yaltiroq, qattiqligi 1, qatlamning o`zida esa yuqori - 5,5 va undan ko`p. Zichligi 2,2 g/cm3. Keng tarqalgan. O`tga chidamli, elektr tokini yaxshi o`tkazadi, kimyoviy barqaror. Sun`iy ravishda ham olinadi. Asosan metamorfik jinslarda, kam hollarda magmatik jinslarda uchraydi. O`zbekistonda (Qoratepa, Zirabuloq, Quljuqtov, Markaziy Qizilqum) mayda va yirik konlar mavjud. Rossiyada (Il`men tog`i), Ukrainada (Krivoj Rog), Kanada, Avstraliya, AQSHda grafit konlari bor. Eng katta koni Toshqazg`anda. Grafitdan tigel, qalam, elektrod, bo`yoqlar tayyorlanadi. Yadro texnikasida, raketa dvigatel soplosi og`zini qoplashda, yuqori haroratga chiqamli bo`yoqlar, elakrtodlar tayyorlashda ishlatiladi.