Koreys tili
| Koreys tili | |
|---|---|
| Milliy nomi: | 한국어, 조선말 |
| Mamlakatlar: | KXDR, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, AQSh, Kanada |
| Mintaqalar: | |
| Rasmiylik holati: | KXDR, Janubiy Koreya, Xitoy (Szilin) |
| Soʻzlashuvchilar umumiy soni: | 66,3 million[1] |
| Tartiblovchi tashkilot: | |
| Oʻrni: | |
| Holati: | |
| Turkumlanishi | |
| Turkum: | |
| Oltoy | |
| Alifbosi: | hangul, hanja |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | ko |
| ISO 639-2 | kor |
| ISO 639-3 | |
| Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik | |
Koreys tili — koreyslarning tili. Oltoy tillariga, baʼzan toʻngusmanjur tillariga kiradi, deb taxmin qilinadi. KXDRning hamda Koreya Respublikasining rasmiy tili. Bu tilda 60 mln. kishi soʻzlashadi (1992). Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bogʻliqligi aniqlanmagan. K.t.ning shim.-sharqiy, shim.-gʻarbiy, markaziy, jan.-sharqiy, shim. va jan. shevalari bor. K.t.da 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglyutinatsiya rivojlangan. Feʼl zamonlari hozirgi, 2 oʻtgan va 2 kelasi zamon shakllaridan iborat. Son kategoriyasida birlik va koʻplik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma feʼllarga xos emas. Leksikasida xitoy tilidan, sanskrit, moʻgʻul va baʼzan Yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor. K.t. 1993 y.gacha "standart til", 1966 y.da "madaniy til" (munxvao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qoʻllanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoykoreys aralash yozuvi qoʻllanadi.[2]
Koreys tili (kor. 한국어, 조선말) — oltoy tillari oilasiga kiruvchi til. KXDR, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, AQSh, Rossiya va Osiyo mamlakatlarida qo‘llaniladi.
Manbalar [tahrir]
- ↑ Ethnologue — Languages of the World
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |