Harbiy fan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy fan — urushga tayyorlanish va urush olib borish haqidagi bilimlar tizimi. H.f.ning eng muhim tarkibiy qismlari: harbiy sanʼat nazariyasi; qurolli kuchlar qurilishi nazariyasi; qurolli kuchlar harbiy ixtisodiyoti va front orti nazariyasi; harbiy taʼlimtarbiya nazariyasi va boshqalar. H.f. ijtimoiy, tabiiy va texnikaviy fanlarning maxsus sohalari bilan bogʻliq.

H.f. uzoq tarixiy davr mobaynida tashkil topgan va rivojlangan. Ilk harbiy-nazariy bilimlar Qad. Misr, Eron, Xitoy, Yunoniston va Rimda paydo boʻlgan; urush tajribalari umumlashtirilib, harbiy-tarixiy maʼlumotlar toʻplangan. Oʻrta asrlarda pro-fessional armiyalarning paydo boʻdi-shi, yangicha oʻt sochar qurollarning joriy etilishi urush olib borish usullariga ham oʻzgartirishlar kiritli. Bu esa, oʻz navbatida, H.f.ga taʼsir koʻrsatadi. Bu davrda yaratilgan asarlar harbiy-tarixiy bayon xarakterida boʻlsa ham H.f.ning kelgusi taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. 18-a. urushlarida toʻplangan va umumlashtirilgan amaliy jangovar tajribalar harbiy-nazariy fikrning rivoj topishiga sabab boʻldi. Xususan, Buyuk fransuz inqilobi (18-a. oxiri) H.f. asoslarining tashkil topishida muhim rol oʻynadi. 19-a.da Gʻarbiy Yev-ropada H.f. yangicha moddiy-texnika bazasi asosida rivojlandi. Qurol-yarogʻ va jangovar texnika (ayniqsa artil-leriya) takomillashdi, koʻpgina mamlakatlarda harbiy xizmat majburiyati joriy etildi, armiyaning soni oʻsdi. Qurolli kuchlar qurilishi, qoʻshin taʼlimi va tarbiyasi masalalarini ishlab chiqishga kirishildi. Napoleon I Fransiya qurolli kuchlarini qayta qurib, urush olib borishning yangicha shakl va usullarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan H.f. taraq-qiyotiga salmoqli hissa qoʻshdi. 19-a.ning 2-yarmida vujudga kelgan bosh shtablar harbiy i. t.larni tashkil etish markazlariga aylandi.

Rossiyada harbiy ishning tubdan qayta tuzilishi Pyotr I nomi bilan bogʻ-liq. U strategiya va taktikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi, qator yirik harbiy islohotlar qildi, harbiy taʼlimning samarador usullarini ishlab chiqdi. Rus H.f.ining taraqqiyotiga P.A.Rumyansev, A.V.Suvorov, M.I.Kutuzov, F.F.Usha-kov va b. yirik sarkardalar salmoqli hissa qoʻshdilar.

Ikkinchi jahon urushipyan keyingi davrda fan-texnika taraqqiyoti tufayli harbiy ishda tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Raketa-yadro qurollari va b. yan-gicha urush vositalarining paydo boʻlishi va rivoj topishi qurolli kuchlar tuzilishida, mamlakatni ehti-mol tutilgan urushga tayyorlashning xarakterida yangi sifat oʻzgarishlariga olib keldi. H.f.ning xulosalari va ilmiy asoslangan tavsiyalaridan jahonning yetakchi davlatlari oʻz mudo-faa qudratlarini yanada oshirish yoʻlida foydalanmoqdalar.

Oʻrta Osiyo xalqlari tarixida ham H.f. muhim oʻrin tutgan. Urxun-Yenisey bitiktoshlari, Nizomulmulkning "Siyosatnoma", Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" kabi asarlarida harbiy ishga doir qator pandnomalarni uchratish mumkin. Ularda jangga tayyorgarlik koʻrish, janggohni tanlash, qoʻshinni saflash, qoʻshin taʼminoti va b.ga oid koʻplab maʼlumotlarni uch-ratish mumkin. Amir Temur va temuriylar davrida harbiy sanʼatning yuksalishi bilan H.f. sohasida ham nazariy asarlar paydo boʻldi. Ular orasida "Temur tuzuklari" mumtoz oʻrinni egallaydi. Asarda qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, yeipo\iylarning maoshi, qoʻshin boshliqlarining burch va vazifalari, ularning alohida xizmatlarini taqsirlash va b. qayd etilgan. Bu asar keyingi davr qukmdorlari uchun ham dasturilamal boʻlib xizmat qilgan. Oʻzbekistonda H.f. turli oliy va oʻrta harbiy bilim yurtlarida oʻqitilib kelinmoqda (q. Harbiy taʼlim).