Geologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geologiya (geo... va ...logiya) — Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. G. terminini birinchi marta norvegiyalik olim M. P. Esholt (1657) ishlatgan. G.ning umumiy metodi qiyosiy-tarixiy metod boʻlib, oʻtmishni bilish, zamonaviy taraqqiyotni oʻrganish orqali boʻladi (k,.Aktualizm). 18-a. va 19-a boshlarida G. tabiatshunoslikning mustaqil tarmogʻiga aylandi (xorijda U. Smit, A. G. Verner, J. Getton, Ch. Layel, M. V. Lomonosov, V. M. Severgin). Hoz. G. bir necha tarmoqlardan iborat: stratigrafiya, tektonika, dinamik, dengiz geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, litologiya va geokimyo, foydali qazilmalar G.sidan iborat. G. tabiiy geografiya, geofizika ("qattiq" Yer fizikasi), kristallografiya, paleontologiya va b. fanlar bilan yaqindan bogʻliq. Amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari: gidrogeologiya, muhandislik geologiyasi, geokriologiya va b. Shuningdek, boshqa tabiiy fanlar bilan tutashgan joyida tarkib topgan yangi yoʻnalishlar — petrokimyo, petrofizika, tektonofizika va b. G.ning alohida tarmoqlarini tashkil etadi. G.da 3 asosiy yoʻnalish mavjud: tavsifiy G. — minerallar, togʻ jinslari, ularning tarkibi va yotish shaklini oʻrganadi; dinamik G.— geologik jarayonlar va ular evolkshiyasini tadqiq qiladi; tarixiy G. va geoxronologiya — Yer pusti rivojlanishining izchilligini oʻrganadi .

G. Yer yuzasida (yoki oz chuqurlikda) boʻladigan jarayonlarni oʻrganishda tabiiy geOgr. fanlari (geomorfologiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanshunoslik va b.) yutuqlaridan foydalanadi; chuqurlikdagi jarayonlar, radiologik yoshni aniqlashda, geologik kddiruv va razvedkada geokimyo va geofizika metodlari qoʻllaniladi ("qattiq" Yer fizikasi, seysmologiya bilan birga).

G. fan sifatida odamlarning amaliy faoliyati negizida tarkib topdi va rivojlandi. Uzoq oʻtmishda odamlar temir, mis, oltin kabi sof metallar qatori qalay, mis birikmalariga boy rudalarni ham topa bilganlar. Shuningdek, ular Yerning , togʻ jinslarining hosil boʻlishi, quruqlik va dengizlarning tarqalish masalalarini hal etishga ham uringanlar. Yunon faylasufi Fales atrofdagi hamma narsalar suvdan hosil boʻlgan va soʻngra qaytadan suvga aylangan deb hisoblagan. Mil. av. 6—5-a.larda togʻ tepalarida dengiz mollyuskalarining toshqotgan chigʻanoqlari topilganda. Strabon (mil. av. 63 y. — mil. 1-a. ning 20-y.lari) Yer doimiy oʻzgarishda, harakatda boʻlib goho koʻtarilgan, natijada orol va qitʼalar hosil boʻlgan, goh qaytadan choʻkkan, degan fikr yuritgan. 18-a.ning 2-yarmida G. fan boʻlib shakllandi. Rus olimi M. V. Lomonosov "Yer qatlamlari haqida" (1763) asarida tabiatiing qonuniy evolyutsiyasi gʻoyasini olgʻa surdi. Shotland geologi J. Getton "Yer nazariyasi" (1788) kitobida Yer tarixini davriy ravishda bir kontinentning yoʻq boʻlishi va yangi kontinentning vujudga kelishining toʻxtovsiz takrorlanuvchi sikllaridan iborat deb tasvirlagan. 18-a.ning oxiri — 19-a.ning boshida U. Smit, J. Kyuvye, P. S. Pallas, D. I. Sokolovlar stratigrafiya va geologik yilnomaga asos soldilar. M. V. Lomonosov va K. Goff (19-a.ning 1-yarmi) aktualizm prinsipini ishlab chiqdilar. G. nazariy asoslarining keyinchalik rivojlani-shi 1829 y.da Eli de Bomon yaratgan kontraksiya nazariyasi (bu nazariyaga koʻra tektonik harakatlarning sababchisi Yer yadrosining qisqarishi boʻlgan) va amerika olimi J. Xoll (1811—98) tomonidan ishlab chiqilgan geosinklinallyar toʻgʻrisidagi taʼlimot asosida boʻldi. 1930-y.larda G.dan neft va gaz geol.si mustaqil soha boʻlib ajralib chikdi. Bu sohaning asoschisi I. M. Gubkin neft va gaz konlarining organik yoʻl bilan paydo boʻlishi toʻgʻrisida yangi gipoteza yaratdi va natijada VolgaUral oraligʻida "Ikkinchi Boku" neft koni topiddi.

Oʻzbekistan hududida foydali qazilmalarni izlab topish va oʻrganish juda qadim vaqtlardan boshlangan. Geologik izlanishlar oʻrta osiyolik olimlar — Xorazmiy, Fargʻoniy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning asarlarida oʻz aksini topgan. Minerallar va ularning tasnifiga Abu Ali ibn Sino ham koʻp ahamiyat bergan. Uning "Shifo kitobi" asarida toshlar, avvalo, mayda gil choʻkindilarining bir-biriga yopishuvi, soʻngra qotishi tufayli paydo boʻlganligi taʼkidlanadi. U osmondan tushgan tosh (meteorit)lar haqida ham oʻz fikrini aytgan. Ibn Sino togʻ hosil boʻlish va zilzilalar sababini tushuntirib, quruqliklar bir necha bor dengiz bilan almashinib turganligini taʼkidlaydi. Beruniyning minerallar haqidagi asarlari ayniqsa katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U "Mineralogiya", "Kimmatbaho toshlarni oʻrganish uchun maʼlumotlar toʻplami" kabi asarlarida 50 dan ortiq mineral va maʼdan: oltin, kumush, mis, temir, qalay, margimush va ayrim mis qotishmalari va b. toʻgʻrisida maʼlumot berib, Movarounnahrda qanday konlar borligini aytgan. Minerallarni qattiqligi, s. of. kabi fizik xossalarini oʻrgangan. Yerning yoshini aniqlashda ham olimning hissasi bor. Oʻrta Osiyo hududini rejali ravishda urganish I. V. Mushketov faoliyati bilan bogʻliq (19-a.). U Oʻrta Osiyoning toʻliq, haqiqiy ilmiy geologik va tektonik sxemasini tuzdi. 20-a. boshlarida K. I. Bogdanovich, V. N. Veber, D. V. Nalivkin, V. A. Obruchev va b. tadqiqot ishlari olib borishgan. Oʻzbekistonda geologik tadqiqotlar olib borish 1920-y.lardan keyin jadallashdi. Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Toshkent)ning fizikamatematika f-tida geolog olimlar O. K. Lange, M. M. Protodyakonov, A. S. Uklonskiy, V. G. Muxin, N. F. Bezobrazovalar rahbarligida geolog mutaxassislar boʻlimi tashkil etildi.

1920-y.lar oʻrtalaridan geologik tadqiqot ishlari markaziy geol. tashkilotlaridan tashqari joylardagi muassasalarda ham olib borildi. Oʻzbekistonda geol. xizmati tashkil etildi.

1928 y.da Toshkentda geologlarning sʼyezdi chaqirildi. Sʼyezd Oʻrta Osiyoda olib borilgan geologik tadqiqotlarga yakun yasadi. Sʼyezdda Oʻrta Osiyoning kumir, neft, oltingugurt, rangli metallar, nodir metallarga boy ekanligi eʼtirof etildi. 1930—40 y.larda regional G.ga oid ishlar qilindi va ayrim kon va r-nlar mukammal tekshirildi. 1931 y.da Oʻrta Osiyo davlat universiteti huzurida Oʻrta Osiyo geol. va qidiruv boshqarmasi tashkil kilinib, 1933 y.da Oʻrta Osiyo industriya in-tining kon f-tiga aylantirildi. 1932 y.da Fanlar qoʻmitasi tuzildi. Uning qoshida gidrogeologiya va muhandislik geol. yasi, geol. va mineralogiya sektorlari ishlay boshladi. 1937 y.da Oʻzbekistonda geologiya i. t. instituti tashkil etildi, natijada geol.ning deyarli hamma sohalari boʻyicha yuqori malakali olimlar yetishtirish imkoniyati yaratildi va i.t. ishlari avj oldi. Oʻsha yili Oʻzbekistonning mayda masshtabli geologik haritasi va unga oid uch jildli "Oʻzbekiston geologiyasi" asari (1937-39), shuningdek Oʻzbekistonning mineral xom ashyo boyliklarini tadqiq qilinishiga bagʻishlangan yirik ilmiy asarlar nashr etildi. A. V. Korolevning "Olmaliqning strukturasi va metallogeniyasi", V. N. Nasledovning "Gʻarbiy Tyanshan va Oʻzbekiston metallogeniyasining asosiy belgilari" va b. ilmiy asarlarida Oʻrta Osiyo rudali r-nlarining geologik tuzilishi va ruda konlari tasvirlab berildi.

H. M. Abdumasv "Oʻrta Osiyoning sheelitli skarn konlari" (1947) ilmiy asarida sheelitli skarnlar, ularning istiqbollari haqida yangi nazariyani olgʻa surdi. Uning rahbarligida otqindi jinslar bilan rudali konlarning genetik bogʻliqligi haqidagi muammo ustida ish olib borildi. Bu tadqiqotlarga H. M. Abdullayev "Rudalanishning granitoid intruzivlar bilan genetik bogʻlikligi" asarida yakun yasadi. Bu asar Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Davlat mukofotiga sazovor boʻldi (1959). Olimning ilmiy fikrlarini Oʻzbekistan FAning akad.lari H. N. Boymuhamedov, I. H. Hamroboyev, H. A. Akbarov, muxbir aʼzolari E. M. Isamuhamedov va prof.lar Q. L. Boboyev, I.M. Mirxoʻjayev, R. A. Musin va b. yanada rivojlantirdilar. Ular Yerning chuqur qatlamlarida sodir boʻladigan jarayonlar bilan genetik bogliq boʻlgan endogen konlarni vertikal zonalar boʻylab joylashishi haqidagi nazariyani ishlab chikdilar. Bu nazariya asosida O'zbekistonning metallogenik haritasi tuzildi.

1960-y.lardan Oʻzbekistonda geologik tadqiqotlar atroflicha olib borildi. Petrometallogenik tadqiqotlar (H. M. Abdullayev, I. H. Hamroboyev, E. M. Isamuhamedov, H. N. Boymuhamedov, Q. L. Boboyev, T. Sh. Shoyoqubov, T. N. Dolimov), mineral geokimyoviy tadqiqotlar (A. S. Uklonskiy, 3. M. Protodyakonov, S. T. Badalov), litologik, gidrogeologik (V. I. Popov, N. P. Petrov, O. M. Akramxoʻjayev, A. G. Boboyev, V. I. Troitskiy), gidrogeologik (X. T. Toʻlaganov, M. M. Krilov, N. A. Kenesarin, N. N. Tojiboyev, S. Sh. Mirzayev), muhandislik geol.

si (F. O. Mavlonov), geofizika (Ye. M. Butovskaya, V. I. Ulomov, F. Zunnunov va b.), geotektonika va regional geologiya va b. tadqiqotlar (M. A. Ahmadjonov, O. M. Borisov), seysmologiya tadqiqotlari, metamorfizm tadqiqotlari (I. M. Mirxoʻjayev) keng koʻlamda olib borildi, respublikada koʻp oltin, gaz va neft konlari topildi.

Keyingi paytlarda Oʻzbekistan geolog olimlari tomonidan Tyanshan togʻlarining Ural toglari bilan genetik bogʻliqligi toʻgʻrisidagi fikr olgʻa surildi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi bilan Tyanshan togʻlarida Uralga xos metall konlarini qidirish maqsadga muvofiq boʻladi, togʻ tizmalari orasida joylashgan choʻllarning bagʻrida turli metall konlarini qidirib topish istiqbollarini kengaytiradi. Qizilqumda va Sulton Uvays togʻlarida Ural togʻlariga xos oltin, temir, nikel kabi konlarning ochilishi yuqoridagi muammoni ijobiy hal qilishga olib kelmoqda .

Oʻzbekistan geol.sini oʻrganish, turli masshtabdagi maxsus geologik haritalar tuzilganliga, mineral xom ashyo konlarining ochilishi, ularni razvedka qilib va i. ch.ga topshirilganligi Oʻzbekiston Geologiya va mineral resurslari davlat qoʻmitasi geolog mutaxassislari olib borgan ishlarining mahsulidir.

Keyingi yillarda geolog olimlar okeanlar tubining tuzilishi, tarkibini oʻrganishga kirishdilar. Okean tubidagi choʻkindi jinslar ichida temir, marganes, polimetallar borligi, shuningdek okean qirgʻoqlarida tuz choʻkindilari va ular bilan neft va gaz qatlamlari bogʻliq ekanligi maʼlum boʻldi. Okean tubida tarqalgan jinslarning tarkibiy tuzilishi va ularning hosil boʻlish payti va sharoitlari mukammal oʻrganildi. Olingan maʼlumotlar asosida okean tubining tobora kengayib borayotganligi haqida yangi gipoteza ishlab chiqildi.

Oʻzbek geol. maktabi respublikada ham, undan tashqarida ham geol.ga oid ilmiy i. ch. vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilgan koʻplab mashhur geolog olimlarni yetishtirdi (H. M. Abdullayev, O. M. Akramxoʻjayev, H. N. Boymuhamedov, N. P. Vasilkovskiy, V. G. Garkoves, E. M. Isamuhamedov, N. A. Kenesarin, A. V. Korolev, Gʻ. O. Mavlonov va b.).

Hoz. paytda geol.ning paleontologiya va stratigrafiya, dinamik geol., petrologiya, paleogeografiya, tektonika, geofizika, mineralogiya va b. sohalari boʻyicha i. t. ishlari UzR Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tasarrufidagi ilmiy tadqiqot in-tlarida, Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika in-tida hamda UzMU va ToshDUda bajarilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Abdullayev X. M., Sobr. soch., t. 1—7, T., 1964-69;
  • Akramxodjayev A. M ., Litologiya neftegazonosnix melovix otlojeniy Ferganskoy depressii, T., 1960;
  • Obruchev V. A., Geologiya asarlari, T., 1955;
  • Endogennie rudnie formatsii Oʻzbekistana, T., 1968;
  • Geologiya gazovix mestorojdeniy Oʻzbekistana, T., 1971.

Muxtor Ahmadjonov.