Farmatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farmatsiya (yun. pharmakeia — dori; dori ishlatish) — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni i.ch., tayerlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiyamaliy faoliyatlar majmui. 18-a.ga kelib F. fan sifatida shakllandi. F. farmakologiya bilan birga dorivor moddalar haqidagi fanni tashkil etadi. F.ga farmatsevtik kimyo, dori turlari va dorivor preparatlar texnologiyasi, farmakognoziya, F.ni tashkil etish va uning iktisodi, sud kimyosi kabi ixtisoslik fanlari kiradi. Dorilar taʼsiri, dori turlari, ularni qabul qilish usullari, tayerlash texnologiyasi va b. omillar taʼsirini F.ning bioformatsiya yoʻnalishi oʻrganadi.