Stomatologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stomatologiya (yun. stomatos — ogʻiz va ... logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari: til, lab, lunj, ogʻiz shilliq pardalari hamda yuzjagʻ sistemasi va unga yondosh soha kasalliklarini, ularni keltirib chikaradigan sabablarni va mazkur kasalliklarning oldini olish usullarini oʻrganadi.

Ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari Gippokrat, Ibn Sino, Galen, Sels va b. olimlar tomonidan tavsiflangan. Ibn Sino asarlarida ilk bor tishlar qamashishi va ogʻriqlarining tabiati bayon etilib, shunday hollarda nimalardan foydalanish koʻrsatilgan. 14-a.

da fransuz vrachi Gide Sholiak tish sugʻuradigan asbob ixtiro qildi. 15a. oxirida italyan vrachi J. D. Arkale tishni oltin, qoʻrgʻoshin va qalay folgasi bilan plombalash mumkinligini koʻrsatadi. 17—18-a.larga kelib S. klinik tibbiyotning mustaqil sohasiga aylandi. 19-a. da tishni plombalash va yasama tishlar tayyorlash texnikasi puxta ishlab chiqildi. 19-a. oxiri —20-a. ning birinchi yarmida fiziologiya, anatomiya, patologiya, biokimyo va b. fanlarning taraqqiyoti stomatologik kasalliklar etiologiyasi, patogenezi, davolash choralari va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqishda muqim ahamiyat kasb etdi.

Oʻzbekistonda S. fani 1954 y.dan shakllandi, shu yili ToshTIda stomatologiya fakulteti ochildi. 1956 y.da maxsus stomatologik kafedralar tashkil etildi. Keyinchalik bunday kafedralar Samarqand, Andijon tibbiyot intlarida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida ham ochildi, 1994 y. Buxoro tibbiyot instituti tashkil etilib, uning tarkibida stomatologiya ftining ochilishi S. fanining yanada ravnaq topishiga zamin yaratdi.

Oʻzbekistonda S. fani rivojiga A. G. Gʻulomov, M. V. Paradoksov, A. T. Busigin, M. V. Busigina, shuningdek, V. A. Yepishev, S. A. Zufarov, M. M. Miryoqubov, E. U. Mahkamov, T. X. Safarov, M. V. Begmetov va b. katta hissa qoʻshganlar.

Hoz. zamon S. fani terapevtik, xirurgik, ortopedik, bolalar S. kabi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Terapevtik S. tish (kariyes, pulpit, periodontit, nokariyes xastaliklar) hamda ogʻiz shilliq qavati, lab, til kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktikasi bilan shugullanadi. Xirurgik S. tish olishdan tashqari yuzjagʻ va unga qoʻshni sogʻalardagi yalligʻlanishlar, oʻsmalar, shikastlanishlar, tugʻma va orttirilgan nuqsonlarni oʻrganadi, ogʻiz boʻshligʻi va yuzjagʻ operatsiyalari, plastik operatsiyalarni amalga oshiradi. Ortopedik S. ortopedik va ortodontik usullar bilan birlamchi va ikkilamchi tishlar qatori hamda tugʻma va orttirilgan tishlar nuqsonlarini davolaydi, yasama tishlar bilan tish qatori nuqsonlarini tiklaydi. Bolalar S.si bola rivojlanishining turli davrlarida oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda terapevtik, jarrohlik, ortopedikstomatologik yordam koʻrsatadi. Shu bilan birga stomatologik kasalliklarning kompleks profilaktikasi choratadbirlarini ishlab chiqadi.

Stomatologik kasalliklarni davolashda turli doridarmonlar, lazer va infraqizil nur, ultratovush, fizioterapiya usullari va h.k. dan foydalaniladi.

Ozoda Yuldoshxonova.