Mikrobiologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikrobiologiya (mikro... va biologiya) — mikroorganizmlar haqidagi fan. M. viruslar, barcha prokariotlar va mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali hayvonlar, suvoʻtlar, ayrim zamburugʻlar)th oʻrganadi. Mikroorganizmlarni A. Levenguk (1683) birinchi marta kurgan va tavsiflab bergan. Nemis olimi O. Myuller (1786) ilk bor mikroorganizmlarni sistemaga solishga uringan. Mikroorganizmlar haqidagi maʼlumotlar bir qancha rus olimlari (I.Belyayev, I. Kulabin, M. M. Terexovskiy va b.)ning ishlarida ham uchraydi. Lekin M. fan sifatida faqat 19-a.ning 2-yarmida, asosan, fransuz olimi L. Paster ishlari taʼsirida shakllana boshladi. L. Paster muayyan kimyoviy jarayonlar, jumladan, har xil bijgʻishlarni mikroorganizmlar faoliyati bilan bogʻlikligini isbotlab berdi; yuqumli kasalliklarni mikroblar paydo qilishi toʻgʻrisidagi gʻoyani himoya qildi; mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi gipotezani inkor etdi; anaerobiozni kashf qildi. R. Kox va uning maktabi tomonidan qattiq oziq muhitning yaratilishi, mikroorganizmlarning sof kulturasiga boʻlgan qatʼiy talablar va kasallikning muayyan mikroorganizmga bogʻliqligini aniqlash mezonlarining ishlab chiqilishi bilan qisqa vaqt davomida koʻpchilik kasalliklarning qoʻzgʻa-tuvchilari kashf etildi. L. Pasterning mikroorganizmlarning tabiatdagi ahamiyati toʻgʻrisidagi gʻoyalarini umumiy M. asoschilari S. Ch. Vinofadskiy va M. Beyerink rivojlantirishdi. Ular tomonidan mikroorganizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlar guruhining koʻrsatib berilishi bilan eksperimental M. rivojlana boshladi.

M.ning asosiy oʻrganish obʼyektlari bakteriyam ar, achitqi zamburugʻlar, aktinomitsetlar va viruslar hisoblanadi. Lekin M. metodlaridan zamburuyelar va b. mikroorganizmlarni hamda yuksak tuzilgan koʻp hujayralilar hujayralarini oʻstirishda ham foydalaniladi. Zamonaviy M. bir qancha mustaqil fanlarga ajratiladi. Sanoat (texnik) M. ogʻir, yengil va, asosan, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida uchraydigan zararkunanda hamda oziq mahsulotlarini i.ch. da foydalaniladigan mikoorganizmlarning faoliyati va biologik xususiyatlarini oʻrganadi. Sanitariya M.sining vazifasi suv, havo, oziq-ovqatlar sifatini nazorat qilish, kasallik tugʻdiruvchi mikroorganizmlar tarqalishining oldini olishdan iborat. Umumiy M. mikroorganizmlar morfologiyasi, fiziologi-yasi, biokimyosi, genetikasi, sistematikasi va ularning tabiatdagi ahami-yatini oʻrganadi. Yashash muhitiga koʻra umumiy M. tuproq, sanoat, suv, geologik, kosmik M.ga ajratiladi. Tuproq, yaʼni qishloq xoʻjaligi M.si tuproq mikroorganizmlari tarkibini, ularning oʻsimliklar qoldigʻini oʻzlashtirishda va oʻsimliklar paraziti sifatidagi ahamiyatini oʻrgatadi. Ekinlarning mikroorganizmlar paydo qiladigan kasalliklariga, q.x. zararkunandalariga qarshi kurashning mikrobiologik usullarini ishlab chiqadi. Geologik M. mikroorganizmlarning geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini oʻrganadi. Suv M.si shoʻr va chuchuk suv mikroflorasining son va sifat tarkibini oʻrganadi, ichiladigan suvning sifatini nazorat qiladi. 1965 y.dan kosmik M. rivojlana boshladi. U bir hujayrali organizmlarning kosmik fazodagi hayot faoliyatini oʻrganmoqda.

M. obʼyektlari va jarayonlaridan zamonaviy texnologik M., yaʼni biotex-nologiyada keng foydalaniladi. Zamonaviy M. mustaqil metodologiyaga ega boʻlgan, lekin oʻz tadqiqotlarida fizikkimyoviy biol., sitologiya, genetika va b. fanlar qoʻlga kiritgan yutuqlardan foydalanadigan mustaqil fan hisoblanadi.

Oʻzbekistonda mikrobiologik tadqiqotlar 20—30-y.lardan boshlandi. 1947 y.da Oʻzbekiston FA Zoologiya va botanika institutlari qoshida mikrobiologiya lab. tashkil etiddi. Lab.da tuproq unumdorligini oshirish, silos tayyorlash, oqova suvlarni tozalash, oʻsimlik va hasharotlarning virus kasalliklari ustida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar, ayniqsa, 1977 y.da Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya i.t. instituti tashkil etilganidan soʻng kengayib ketdi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mikroflorasini aniqlash va oʻrganish (M. E. Mavloniy), vino tay-yorlashda foydalaniladigan achitqilar sifatini yaxshilash (X. Abdurazzoqo-va, N.B.Egamberdiyev, Sh. I. Hakimo-va), mikroorganizmlardan oʻsimlik qoldiqlari va sanoat chiqindilaridan yem-xashak tayyorlashda foydalanish (J. Toshpoʻlatov, T. D. Jamolov), mikroorganizmlar orasidagi antagonistik munosabatlarni va ular ishlab chiqaradigan antibiotiklarni oʻrganish, ulardan oʻsimliklarni himoya qilishda, chorvachilikda (S. A. Asqarova, S. M. Hojiboyeva, M. Q. Qutliyev, S. B. Boʻriyev) foydalanish hamda sabzavot, poliz, texnika va boshqa q.x. ekinlarining bakteriya, zamburugʻ va viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklari (Ye. T. Dikasova, M. I. Isamuhamedov, A. H. Vahobov) ustida keng miqyosda tadqiqot olib borildi. Bir vaqtning oʻzida mikroorganizmlarning geokimyoviy faoliyatiga oid ishlar amalga oshirildi. Tarkibida oltin, mis va b. elementlar kam boʻlgan rudalardan elementlarni mikrobiologik yoʻl bilan ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqiddi (P. T. Malaxova, M. F. Sagdiyeva). Q.x. va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni mikrobiologik usul yordamida tozalash (J.Q. Qutliyev, R. Sh. Shoyoqubov, S. B. Boʻriyev), gen va hujayra muhandisligi usullari yordamida yengil va oziq-ovqat sanoatlari, q.x. va farmakologiya uchun zarur boʻlgan oqsillar, ferment lar, vitaminlar, biologik oʻgʻitlar sintez qilish, shifobaxsh sutqatiq tayyorlash biotexnologiyalari joriy qilindi (A. F. Xolmurodov, A. S. Rasulov, P. Yu. Yusupov, I. J. Jumaniyozov, T.F. Gʻulomova, D. K. Ogay). Bu tadqiqotlar tufayli virus — zamburugʻ — oʻsimlik sistemasida zamburugʻning kasallik qoʻzgʻatish xususiyatidagi oʻzgaruvchanligini aniqlashda mikovirusning ahamiyati ochib berildi (J. Safiyazov). Mikroorganizmlarda fiziologik faol birikmalarning hosil boʻlishi va ularni ishlab chiqishni boshqarish yoʻllari oʻrganildi. Nikotinamidadenindinukleotid (NAD) ishlab chiqaradigan mahalliy zamburugʻlar topildi va ular sintezining ayrim biokimyoviy mexanizmlari aniqlandi (A. F. Xolmurodov, T. Gʻ. Gʻulomova). Sellyupatik fermentlar preparati va oqsilga boy oziq moddalar olish texnologiyasi ishlab chiqildi (K. D. Davronov, 3. R. Axmedova). Sianobakteriyalarni yemiradigan faglar aniqlandi (M. M. Murodov). 50 yillik tadqiqotlar natijasida Oʻzbekistonda birinchi marta mintaqaviy mikroorganizmlar kolleksiyasi yaratildi.

T i b b i yo t M.ning rivojlanishi A. G. Grekov nomi bilan bogʻliq. Uning bevosita ishtirokida Toshkent harbiy gospitali qoshida birinchi bakteriologik lab. (1917), Oʻlka bakteriologiya instituti (hoz. Vaksina va zardoblar instituti) tashkil etildi (1918). M.ning zamonaviy muammolarini ishlab chiqishga A. O. Obidov, I. M. Muhamedov, M. A. Mirzayeva, L. G. Bajenov, X. I. Ishoqo-va, E. X. Eshboyev, N. A. Nuraliyev va b. katta hissa qoʻshmoqdalar.

Veterinariya M.si sohasidagi tadqiqotlar Oʻzbekiston Veterinariya institutida olib boriladi. In-tda samarali faoliyat koʻrsatgan Sh. T. Rasulov (qoramollarning trixofitiya — qoʻtir kasalligi), I. N. Nevskiy, A. A. Volkova, P. A. Apollosova, P. B. Boboyev, G. N. Nosirov, I. A. Mazitov (qoʻylarning anaerob va salmonellyozli, virusli abortlari), N. K. Siddiqov, I. D. Burlitskiy, M. B. Boboyeva, A. N. Axmedov (mollarning kolibakteriozi, parrandalarning pasterellyoz, pulloroz, tif va b. yuqumli kasalliklariga qarshi veterinariyasanitariya tadbirlari), N. Mamatov (hayvonlarda quturish kasalligiga karshi vaksina yaratgan), X. Salimov (qoramollarning leykoz kasalligi diagnostikasi, unga qarshi kurash vositalari) kabi olimlar veterinariya M.si rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

Abdurasul Vahobov, Egamberdi Eshboyev, Hoshim Nurmamatov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil