Paleoekologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Paleoekologiya (paleo... va ekologiya) — paleontologiya fanining boʻlimi. Koʻhna geologik davrlarda yashagan hayvonot va oʻsimliklarning oʻsha vaqt muhiti bilan oʻzaro munosabatini, qirilib ketgan jonzotlarning hayoti va yashash sharoitlarini oʻrganadi. P. choʻkindi yotqiziqlarini fatsial taxlil qilishda muhim hisoblanib, ularning litologik tarkibi bilan uzviy bogʻliqdir. P.ning rivojlanishiga rus olimi, paleontolog V. O. Kovalevskiy, belgiyalik olim L. Dollo va avstriyalik O. Abel katta hissa qoʻshgan. Kdd. organizmlar yashash sharoitini oʻrganishda, asosan, ularning skelet qoldiklarini oʻrganish (morfofunksional analiz) usuli qoʻllaniladi. Qad. hayvonlar yashagan sharoitlarini oʻrganib, P. paleontologiya hamda geol. uchun baʼzi foydali qazilmalar paydo boʻlishi sharoitlarini aniqlash va oʻxshash sharoitlarda hosil boʻlgan turli foydali kazilmalar konini basho-rat etishda qoʻllanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil