Radiokimyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiokimyo — radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish, konsentrlash (toʻplash) fan va texnikaning turli sohalarida koʻllash usullarini oʻrganadigan soha. R. rivojlanish davrida bir necha bosqichni bosib oʻtdi. R.ning dastlabki 1 bosqichi 1898 y.dan, yaʼni P. Kyuri va M. Kyuri ilk tabiiy radioaktiv elementlar — poloniy va radiyni ajratib olishlaridan boshlandi. II boskich (1914—33)da tabiiy radioaktiv elementlarning kimyoviy tabiati oʻrganildi. Ill bosqich I.Kyuri va F. Jolio-Kyurilarning 1934 y.da sunʼiy radioaktiv izotoplarni kashf qilganlaridan keyin boshlandi. IV bosqich sunʼiy izotoplarning texnologiyasi bosqichi boʻlib, parchalanish zanjir reaksiyasining sanoat miqyosida amalga oshirilgan davri — 1944 y.ga toʻgʻri keladi. Eng soʻnggi bosk,ich 50-y.ni — izotoplarni ajratib olish davrini oʻz ichiga oladi.

Hoz. zamon R. sini quyidagi asosiy boʻlimlarga ajratish mumkin: umumiy R., yadro aylanishlari kimyosi, radioaktiv elementlar kimyosi va amaliy R.

Umumiy R. radioaktiv elementlar va izotoplarning fizik-kimyoviy krnuniyatlarini: radioaktiv elementlar va izotoplarning turli muhitda qanday shaklda uchrashini aniqlaydi, kichik "radiokimyoviy" konsentratsiyadagi radioaktiv elementlarning xossalarini tekshiradi, radioaktiv moddalarning fazalararo taqsimlanish jarayonini oʻrganadi.

Yadro aylanishlari kimyosi yadro reaksiyalari va radioaktiv oʻzgarishlarda hosil boʻladigan mahsulotlarni va kimyoviy aylanishlarni oʻrganadi, yadro reaksiyalari va yadro aylanishlarida hosil boʻladigan izotoplarning turgʻun shakllarini aniqlaydi.

Radioaktiv elementlar kimyosi barqaror va uzok, mavjud boʻluvchi izotoplari boʻlmagan elementlarni oʻrganadi. R. usullari asosida oʻrganiladigan elementlar texnetsiy, prometiy, astat, uran, toriy, poloniy, radon, fransiy, radiy, aktiniy, protaktiniy va transuran elementlar, shuningdek, vodorodsimon atomlar: myuoniy, pozitroniy va mezoatomlardan iborat. Bu boʻlimga shartli ravishda yadro yoqilgʻisi texnologiyasini ham kiritish mumkin.

Amaliy R. nishonli birikmalar sintezini, radioaktiv izotoplarning fan va sanoatda (kimyo, fizika, geokimyo va b. tadqiqotlarda) qoʻllanishini oʻz ichiga oladi.

R. usullari boshqa kimyoviy sohalarda (kolloid kimyo, kimyoviy kinetika va b.) oʻrganiladigan qonunlar tadqiqotida ham keng oʻrin oldi. Elementlar va izotoplarni ularning radioaktiv nurlanishi yoki yadro aylanishlari mahsulotlariga qarab aniqlash R.ning uslubiy xususiyatlaridan biridir. R. usullari elementlar va birikmalarning fizik-kimyoviy xossalarini juda kichik va juda katta konsentratsiyada oʻrganishga imkon beradi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil