Tutash muhitlar mexanikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tutash muhitlar mexanikasi — mexanikaning gazlar, suyuqliklar, plazma va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarning harakati hamda muvozanatini oʻrganuvchi boʻlimi. Gidrodinamika, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, shuningdek, qator boshqa nazariyalarini oʻz ichiga oladi. T.m.m. moddaning diskret (atom, molekulyar) tuzilishini hisobga olmaydi, uni yaxlit, uzluksiz muhit deb qaraydi. Muhitning xarakati va muvozanati tenglamalari, uzilmaslik tenglamasi, energiyaning saklanish qonuni, shuningdek, kuchlanishlar, deformatsiyalar, deformatsiya tezliklari va b. orasidagi bogliklik munosabati T.m.m.ning asosini tashkil etadi. Muhit xarakteristikalari tra va b. fizikkimyoviy parametrlarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Aniq bir masala yechilayotganda yuqorida sanab oʻtilgan tenglamalardan tashqari muhitning xususiyatlariga bogʻliq boshlangʻich va chegaraviy shartlar ham berilishi shart. T.m.m. usullari fan va texnikada keng qoʻllanadi.