Iqlimshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iqlimshunoslik - iqlim haqidagi fan. I. 2 tarmoqqa boʻlinadi: turli xil iqlimlarning tarkib topish sabablarini oʻrganadigan genetik I. (bu, odatda, umumiy I. deb ataladi) va iqlimning inson faoliyati obʼyektlariga va insonning oʻziga, shuningdek, turli tabiiy hodisalarga taʼsirini oʻrganadigan amaliy I. I. tabiiy geografik fanlar turkumiga Kirishi bilan birga, meteorologiyannng bir boʻlimi boʻlganligi uchun geofizikata ham yaqin.

Genetik I.ning asosiy vazifasi iqlim paydo boʻlishida, shuningdek, turli joylardagi iqlim tafovutlari va iqlimning asriy hamda davriy oʻzgarib, takrorlanib turishida iqlim ho-sil qiluvchi omillarning rolini aniqlashdan iborat. Oʻrganish obʼyektlari va tadqiqot usullariga koʻra, genetik I.ni 5 boʻlimga ajratish mumkin: 1) issiqlik balansini oʻrganuvchi I. iqlim hosil qiluvchi jarayonlarning negizi hisoblangan Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga va atmosferaga tushishi va u joylarda sarf boʻlishini oʻrganadi; 2) sinoptik (yoki dinamik) I. iqlimning tarkib topishida atmosfera dirkulyasiyasining rolini oʻrganadi; 3) na-zariy I. matematikusullardan foydalanib, iqlim hosil qiluvchi omillarning koʻrsatkichlari (Yer yuziga is-siklik tushishi va sarflanishi, faol qatlamning fizik xususiyatlari va b.) va atmosferaning umumiy xususiyatlariga asoslanib, iqlim harakteristi-kasini aniqlaydi; 4) mikroiqlimshunoslik mikroiqlim va mahalliy iqlimning shakllanishiga yer usti xususiyatlarining (relyef, oʻsimliklar va b.) roli va taʼsirini oʻrganadi; 5) paleoiqlimshunoslik astronomiya, geol., arxeologiya axborotlaridan, yilnomalar va b.dan foydalanib, iqlimning uzoq oʻtmishdagi oʻzgarishlarini va ularning sabablarini oʻrganadi.

Amaliy I. inson faoliyatining turli sohalarini rejalashtirish — q.x., transport, qurilish, davolash, dam olish, turizm va sh.k.ni tashkil qilishni ilmiy jih.atdan asoslash uchun iqlimning turli obʼyektlarga taʼsirini oʻrganadi.

Ikdimiy r-nlashtirish — joylarni (viloyat, oʻlka, materik, okean va h.k.) iqlim sharoiti deyarli bir xil boʻlgan zona va oʻlkalarga boʻlish, iqlimning tabiiy oʻzgarib turish koʻrsatkichlari va uning sabablarini aniqlash, shuningdek, kuzatishlarni tahlil qilishning ratsional usullarini yaratish I.ning muhim boʻlimlaridan biri. Bu boʻlim xalq xoʻjaligining turli tarmoqlariga xizmat koʻrsa-tishda, ayniqsa, q.x. ekinlarini joylashtirish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, ekinlar hosildorligini oshirish tad-birlarini ishlab chiqish va b.da juda katta ahamiyatga ega. Konkret hududlarning iqlimini taʼriflash klimatografiya deb ataladi.

Oʻrtaosiyolik buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur va b.ning asarlarida meteorologiya va I. nazariya-siga doir juda koʻp noyob fikrlar mavjud. Mas, Beruniy fikriga koʻra, havoning holati "..mazkur joyning tabiatiga bogʻliq, uning togʻlarda yoki dengiz boʻyida turganligiga (bogʻliq), shuningdek, joyning baland-pastligi va qaysi kenglikda — shimolroqdami yoki janubroqdami, oʻrnashganligiga bogʻliq".

I. fanining rivojlanishida Gʻarbiy Yevropada 19-a.—20-a. boshlarida A. Gumboldt, V. Yu. Vize, V. Keppen, Yu. Xain kabi olimlarning ilmiy izlanishlari, 20-a.da rus olimlaridan A. I. Voyeykov, Ye. S. Rubinshteyn, O. A. Drozdovning I. materiallarini ishlab chiqish usullari, L. S. Berg , B. P. Alisov va b.ning Yer shari iqlimlarini tas-nif qilishi, Ye. N. Blinovaning iqlim gidrodinamikasi nazariyasi, V. V. Illy-leykinning mussonlar, M. I. Budikoning radiatsiya va issiklik balansi xaqidagi taʼlimotlari muhim oʻrinda turadi.

Oʻzbekistonda I. rivojlanishiga 1921 y.da tashkil etilgan Turkiston meteorologiya ilmiy tadqiqot instituti katta taʼsir koʻrsatadi. I.ning ikkala tar-mogʻi ham juda keng rivojlandi. V. A. Bugayev, L. N. Babushkin, V. A. Jorjio, L. A. Molchanov, A. A. Skvorsov, F. A. Moʻminov, M. Orifxonova va b. genetik va amaliy I. nazariyasiga katta hissa qoʻshdilar. Oʻrta Osiyo iqlimida dirkulyasion omillarning roli, troposfera va stratosferada sodir boʻluvchi juda kuchli shamollar, ularning samolyotlar uchishiga taʼsiri, sugʻoriladigan yerlarning mikroiqlimi va q. x. oʻsimliklari oʻsishi, rivojlanishi va hosiliga mikroiqlimning taʼsiri haqida va b. ilmiy xulosalari katta amaliy ahamiyatga egadir.

Oʻrta Osiyoda meteorologiya va I.ga oid ilmiy va uslubiy ishlarga V. A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya i. t. instituti rahbarlik qiladi. I.t.lar natijalari shu institutning toʻplamlarida, monografiya va davriy nashrlarda bosiladi. I. sohasidagi xalqaro ilmiy aloqalarda Jahon meteorologiya tashkiloti va b. xalqaro tashkilotlar faol qatnashadi (q. Agro-iqlimshunoslik, Meteorologiya, Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi).

Adabiyot[tahrir]

  • Alisov B. P., P oltaraus B. V., Klimatologiya, M., 1962; Balashova Ye. N., Jitomirskaya O. M., Semenova O. A., Klimaticheskoye opisaniye respublik Sredney Azii, L., 1960; Babushkin L. N., Agroklimaticheskoye rayonirovaniye xlopkovoy zoni respublik Sredney Azii, L., 1960; Voprosi regionalnoy sinoptiki i klimatologii Sredney Azii, M., 1968; Maksudov X. S, Iqlimshunoslik asoslari. T., 1978; Babushkin L. N., Klimatografiya Sredney Azii, 1981; Mum i nov F. A., Pogoda, klimat i xlopchatnik, L., 1991.

Tohir Muxtorov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil