Anorganik kimyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anorganik kimyo (yun. an - inkor qo‘shimchasi va organik kimyo) — kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo‘lgan bi-rikmalar haqidagi fan (faqat uglerod birikmalarini organik kimyo, uglerod-536ning bir necha oddiy birikmalarinigi-na A. k. o‘rganadi). Anorganik moddalar, xususan ogir metallar — oltin, kumush, mis, temir, qo‘rg‘oshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan ma’lum. Milodning boshlarida kimyo Misrda taraqqiy etib, xlorid, sulfat, nitrat kislotalar, er-kin holda margimush, surma, fosfor, shuningdek bir qancha ishqor va tuzlar hosil qilingan. Turkistonda ham kimyo-ning qadimdan mavjudligini arxeolo-gik qazishlar natijasida topilgan mod-diy-madaniy yodgorliklar tasdiklaydi. Turkistonda ko‘pgina kimyogar olimlar yetishib chiqqan. Ulardan eng mashxur-lari Abu Bakr ar-Roziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xo-razmiy, Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy, Abu Ali ibn Sino va b. (q. A-kimyo). Anorganik moddalar haqidagi ma’lumot-larni alohida o‘rganish g‘oyasini fransuz kimyogari N. Lemeri ilgari surgan. U 1675 y.da kimyo fani o‘rganadigan mod-dalarni kelib chiqishiga ko‘ra mineral moddalarga, o‘simliklar va xayvonlar-dan hosil bo‘ladigan moddalarga bo‘lgan edi. 19-a. oxirida fizika va b. fan so-xalaridagi katta kashfiyotlar (1869 y.da D. I. Mendeleev davriy qonunni kashf etishi va h.k.) A.k. taraqkiyotida muhim rol o‘ynadi. Bu davrda davriy sistemada o‘rin qoldirilgan elementlarning barcha-si topilib, davriy sistema to‘ldirildi va transuran elementlar kashf etil-di. A.k.da kimyoviy tekshirishning ik-kinchi usuli: analiz va sintez keng qo‘llaniladi. 18-a. oxirida kimyoning vazifasi moddalar tarkibini aniqlash, ya’ni ularni analiz qilish deb hisoblan-gan bo‘lsa, 19-a.ning boshida kimyogarlar yangi moddalarni sintez qilishga ham tobora ko‘proq ahamiyat berdilar. 20-a.da anorganik sintez taraqqiyotiga eksperi-mental texnikaning erishgan yutuklari juda katta yordam berdi. 20-a. boshigacha Ak.ning asosiy vazifasi ko‘proq bi-rikmalar hosil qilish deb hisoblangan bo‘lsa, hozir bu fan, asosan, birikmalar-ning hosil bo‘lishi va parchalanishi sha-roitini, ularning fizik va kimyoviy xos-salari va tuzilishini urganadi. Bu hol A.k. sohasidagi tadkiqotlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini g‘oyatda oshirib yubordi. 20-a.ning 30-y.larida adabiyotda bayon etilgan anorganik birikmalar soni 50-60 ming edi. Elementlarning kislo-rod b-n hosil qilgan birikmalari — gi-dridlar; galogen b-n hosil qilgan birik-malari — galogenidlar; oltingugurt b-n hosil qilgan birikmalari — sulfid-lar; azot b-n hosil qilgan birikmalari — nitridlar; uglerod b-n hosil qilgan birikmalari — karbidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, kompleks birikmalar A.k.da o‘rganiladi. A. k.ning hozirgi bosh va-zifasi yuqori harorat va bosim, mexanik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan, boshqa ko‘pgina talablarga javob bera-digan yangi sun’iy anorganik moddalar tayyorlash va b.dir. Bu borada ko‘pgina tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Mas, tex-nikaning yangi materiallar sofligiga talabi juda yuqori (yarim o‘tkazgichlar va yadro energetikasi materiallarida qo‘shimchalar miqdori 10-6% dan oshmas-ligi kerak), shuningdek mustahkamlik, olovbardoshlik, agressiv muhitlarga chi-damlilik (yadro energetikasi, raketa tex-nikasi, kimyo va qurilish ma-teriallari sanoatida) kabi xossalarga talab oshdi va yaqin vaqtlargacha metallar tarkibida turli masofalarda tartibsiz joylashgan oksidlar bo‘lishi nuqson deb hisoblan-gan bo‘lsa, hozir angestremdan kichik iplardan to‘rlar yasab, hosil bo‘lgan ka-takchalar ichiga metallni joylashtirib qizdirib yangi tipdagi metallar olish texnologiyasi keng joriy kilindi. Bu maqsadlar uchun faqat yuqori t-ralarga chidamli oksidlar (karbidlar, boridlar va silitsidlar) ishlatiladi. Anorganik texnologiyaning qad. sohasi shisha i.ch. da ham katta yutuqlarga erishildi. Odatda shisha tarkibida kristallar paydo bul-sa, shisha mahsulotlari chiqitga chiqarib yuborilardi. Ke-yinchalik shishaning butunlay mayda tarkibli kristallar-537dan iborat yangi turlarini i.ch. yo‘lga qo‘yildi. Yuqori ekspluatatsion xossa-larga ega bulgan sun’iy olmosni ham sintez qilishga erishildi. Yuqoridagi tadqiqotlarda A.k.ning roli katta. U kimyo sanoatining ilmiy asosi sifa-tida og‘ir sanoatni rivojlantirishda va q.x.ni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana qarang[tahrir]