Zomin aeroporti (IATA: OMN, ICAO: -) — Jizzax viloyatiningZomin tumanidagi aeroport. Aeroport 2023-yilning 1-sentabr kuni ochilgan[2]. Aeroportning umumiy maydoni 60 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 200 dan ortiq xodim ishlaydi. „Tres 001“ qurilish tashkiloti tomonidan aeroport bunyod etilgan boʻlib[3], uning terminali 30 yoʻlovchiga xizmat qilish uchun moʻljalangan[4]. Aeroport majmuasi uzunligi 1,2 kilometr boʻlgan asfalt uchish-qoʻnish yoʻlagi, ikkita samolyot saqlash uchun maxsus joy, kuzatuv minorasi va toʻgʻridan-toʻgʻri aeroport binosi bilan jihozlangan boʻlib, u yerda yerusti xizmatlari (umumiy ovqatlanish, transport, suvenirlar, restoranlar, kafelar) joylashgan boʻlib, katta zal yoʻlovchilarga parvozlarni bemalol kutish imkoniyatini beradi[5]. Ilik parvozni Zomin aeroportida LET L-410 samolyoti boshlab berdi. Chexiyada ishlab chiqarilgan LET L-410 samolyoti 19 nafar yoʻlovchini tashish quvvatiga ega. 1-sentyabr kuni u Toshkent mahalliy aeroportidan uchgan LET L-410 samolyoti Zominga ilk reysini amalga oshirdi. Parvoz vaqti 35 daqiqani tashkil etdi[6]. Oʻsha kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Pilatus PC-24 biznes-jeti samolyoti ham Yangi Zomin aeroportiga uchib keldi. 1-sentyabr kungi ochilish marosimida, viloyat, tuman, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbarlari, shuningdek, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Zomin aeroportining ochilish marosimida 2017—2024-yillardagi viloyat hokimi Ergash Saliyev qatnashdi va tantanali marosimni ochib berdi[7].