Kontent qismiga oʻtish

Sariosiyo aeroporti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sariosiyo aeroporti
IATA kodi: IYOICAO kodi: UZSR
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Surxondaryo
Joylashuvi Sariosiyo tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 5 774,27 ft / 1 760 m
Koordinatalari 38°24′27.606″N 67°56′45.516″E / 38.40766833°N 67.94597667°E / 38.40766833; 67.94597667
Xarita
UTSR (Oʻzbekiston)
UTSR
Oʻzbekiston xaritasida
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 1,550 5,090 asfalt
Manba:[1]

Sariosiyo aeroporti (IATA: IYO, ICAO: UZSR) – Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi aeroport[2][3].

2023-yil 16–17-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Surxondaryo viloyatiga tashrifi buyurgan. Tashrif davomida prezident 2024-yilning 1-yanvardan boshlab, Surxondaryo viloyatning Sariosiyo tumanidan ATR-72, Let L-410 yoki undan kichik turdagi havo kemalari orqali mahali aholi va turistlar uchun mahalliy yoʻnalishlarda reyslarni yoʻlga qoʻyish topshirigʻini berilgan. 2024-yil 5-yanvar kuni Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, „Uzbekistan airways“ AJ va „Uzbekistan airports“ AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 2024-yil 5-yanvar kuni Let L-410 havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirgan[4].

2024-yil 29-aprel kuni Silk Avia aviakompaniyasi ATR-72−600 samolyotida Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida birinchi texnik parvozni amalga oshirdi[5].

Texnik imkoniyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aerodrom majmuasi uchish-qoʻnish yoʻlagi ATR-72 rusumli va quyi toifadagi havo kemalarini qabul qila oladi va uchira oladi. 2024-yilgi taʼmirlash doirasida aerodromning sunʼiy sirtqi qismi kapital taʼmirlanib, uzunligi 1,550 metr (5,090 ft), eni 35 metr (115 ft) boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi boʻylab ikki qatlamda, yurish yoʻlagi hamda ikkita ATR-72−600 samolyoti uchun toʻxtash joylari mavjud perroni asfalt-beton bilan mustahkamlandi[5].

Hozirda 100 nafargacha yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilishi davom ettirilmoqda[5].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 30-maydan boshlab Silk Avia Sariosiyo aeroportidan haftada ikki marta chorshanba (US761/762 reysi) va juma (US761/762) kunlari Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida aviaqatnovlar amalga oshirilishini eʼlon qildi[6].

AviakompaniyaManzillar
Silk AviaToshkent[6]
  1. Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
  2. „2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  3. „Sariosiyoda fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  4. „Aviaqatnovlar Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga tiklanadi, Zomin aeroportiga yoʻlga qoʻyiladi“. yuz.uz. yuz.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  5. 1 2 3 „Sariosiyo aeroporti rekonstruksiyadan keyingi birinchi texnik reysini qabul qildi. Foto“. Spot.uz. Afisha Media (2025-yil 29-aprel). Qaraldi: 5-may 2025-yil.
  6. 1 2 „Toshkentdan Sarosiya tomon Silk Avia bilan uchamiz!“. Silk Avia. Silk Avia (2025-yil 2-may). Qaraldi: 5-may 2025-yil.