Zaynab sulton xonim xazirasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zaynab sulton xonim xazirasi
Muqobil nomlari Zaynab sulton xonim xazirasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi xazira
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVII asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Zaynab sulton xonim xazirasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVII asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Zaynab sulton xonim xazirasiga Imomat xazirasining yon tomoni bilan kirish qismi boʻlib, shu yerdan 3 ta ichma-ich chillaxona joylashgan. Xazira toʻrt tomoni devor bilan oʻralgan va yer sathidan poydevori 3 metrni tashkil etadi. Devorning yer yuza qismi sariq xarsangtoshlar bilan koʻtarilgan va obi gʻishtlar bilan devor koʻtarilgan. Xazira devorlari koshinkoriy qilib belgilangan. Devorlari bezaklari islimiy naqshlar bilan bezatilib, rayhoniy ranglar bilan ishlangan. Hozirgi kunda naqshlar maʼlum darajada saqlanib qolgan. Mazkur bezaklar boshqa ziyoratgohlarda uchramaydi. Obi gʻisht va sariq xarsangtoshlar orasiga qamish qoʻyib chiqilgan. Qamishlar obidani zahdan asragan. Qamish shunday mustahkamki hozirgicha uning nay usulidagi poya teshiklari yopilmagan. Xazira ichida supali soʻgona ustida ikkita qabrtosh mavjud. Qabrtoshlar bilan yonma yon qabrlar mavjud boʻlib, ustida ularning marmartoshlari mavjud emas. Tarixchi Ibodat Rajabova soʻzlariga koʻra, ushbu sogʻonalar ustiga marmartoshlar boʻlgan boʻlishi mumkin, yoki ular boshqa qabrlar uchun ikkinchi marta ishlatilgan. Birinchi sogʻona toshbitigi nastaliq xatida yozilgan boʻlib, naqshli yozuvlar bilan bezatilgan. Qartosh ikkinnchi marta ishlatilgan. Unda shunday yozuvlar mavjud: „Bu xazira avf etilgan dindor Hazratlar shodasi muqaddas Zaynab Sulton Xonimga tegishli. U Muhammad Mirzo qizi. Olloh ularni rahmat aylagan boʻlsin. Vafoti sanasi: Rajab oyi, hijriy 1080 yil“. Ushbu bitik 1680-yilda bitilgan[1]. Ikkinchi toshbitik ham ikkinchi marta ishlatilgan, unda marsiya bitilgan. Joʻyboriy xojalari Zaynab sulton xonim uchun koʻplab yerlarni vafq qilgan va vaqf mablagʻlari hisobidan qorilar maosh olgan[2]. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin, xazirada taʼmirlash ishlari olib borilgan. 1999-yilda xaziraning barcha binolar qismi taʼmirlangan. Xazira devorlari shu paytgacha saqlanib qolganligi sabali, biror joyi taʼmirlanmagan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Чор Бакр 2001, s. 89.
  2. Тўраев 2007, s. 252.
  3. Чор Бакр 2001, s. 122.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ҳусенов С, Ражабова И.. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144 bet. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро хонлигининг XVI–XVII асрлар ижтимоий сиёсий ва маънавий-маданий ҳаётида Жўйбор хожаларининг тутган ўрни тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2007 — 309 bet.