Johan Cruyff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yoxan Kroyfdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Hendrik Johannes Cruijff (talaffuzi: Hendrik Yohanes Krayf) — gollandiyalik futbolchi va murabbiy. „Oltin to'p“ni 3 marta qoʻlga kiritgan. Yevropa chempionlar kubogida 3 marta futbolchi sifatida bir marta murabbiy sifatida yutgan. 20-asrning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tan olingan.[1][2][3] U butun faoliyati davomida 752 ta oʻyinda 425 ta gol urgan.

2017-yili yanvarda UEFA 1954-yilda tashkil topganidan beri Yevropa futboliga taʼsir koʻrsatgan murabbiylar oʻntaligiga kiritishdi.[4] 2010-yilda futbol rivojiga katta hissa qoʻshgani uchun FIFAning eng oliy mukofoti boʻlgan „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.[5]

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yil „Ayaks“ safidagi Cruyff (oʻngda)Cruyff (oʻngda) „Ayaks“ bilan, 1967-yil

Johan Cruyff 1947-yil 25-aprelda Amsterdamning Linnaustrat koʻchasidagi fuqarolik kasalxonasida dunyoga keldi.U Germanyus Kornelis Cruyff va Petronelli Bernardi Drayer oilasida tugʻildi.Uning familiyasi onasining otasi ismidan olingan edi. Uning ota-onasi Yordan viloyatidan edi.Urushdan soʻng ular oʻzlarining kichik sabzavot doʻkonida ishlab shu tariqa yashardilar.Johanning bolaligi Betondorp tumanidagi „De Mer“ stadioni yaqinida oʻtdi.Otasining birinchi turmushidan boʻlgan akasi Henni bilan koʻchada futbol oʻynash bilan vaqt oʻtkazar edilar. Keyinchalik ular " Ayaks " yoshlar jamoasida birga oʻynashni boshladilar.

Cruyff „Ayaks“ bilan ketma-ket uch marta (1971,1972,1973) Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi.1973-yil oʻsha davr uchun uning transferi rekord summa 922 ming funt sterling evaziga „Barselona“ siga ketguncha 8 marta Gollandiya chempionati chempioni boʻlib ulgurgan edi.

Bir yil oʻtgacha terma jamoa bilan 1974-yilgi Jahon chempionatining finaligacha yetib bordi ammo afssuski finalda Germaniyaga 1:2 hisobda magʻlub boʻlishdi.1976-yili Yevropa chempionatida jamoa bilan 3-oʻrinni egallagan boʻlsada 3-oʻrin uchun baxsda qatnasha olmagan edi. 1978-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidan Gollandiyaning oʻtishiga yordam berdi.Ammo final turniriga Niderlandiya Qirollik Futbol Ittifoqi bilan moliyaviy masalalarda kelisha olmay terma jamoadagi xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

1970-yillardagi Gollandiya terma jamoasi va „Ayaks“ dagi oʻyinlari nafaqat Gollandiya futbolining balki butun dunyoda total futbol deb ataluvchi oʻziga xos uslubga ega futbol edi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach murabbiylikka oʻtdi.Murabbiylikdagi ilk klubi „Ayaks“ boʻlib, u bilan 1987-yil Kubok egalari kubogini,2 marta mamlakat kubogini (1986,1987) qoʻlga kiritdi.1989-1996-yillarda uning murabbiyligidagi „Barselona“ 4 marta Ispaniya chempioni boʻldi (1991-1994).1992-yili Yevropa Chempionlar kubogini ,1989-yili Kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi.

2003-yili noyabrda UEFAning 50 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra Cruyff Niderlandiyaning yarim asrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2006-yil sportni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Laureus“ mukofotiga sazovor boʻldi. 2007-yilning 18-aprelida Cruyffning 60 yoshga toʻlishi munosabati bilan „Ayaks“ „14“-raqamni abadiy saqlashga qaror qildi.2010-yil 26-martda Cruyff futbolchi va murabbiy sifatida „Barselona“ga klub oldidagi xizmatlari uchun faxriy prezidenti deb tayinlandi.[6] 2010-yil klubning yangi prezidenti Sandro Rozel tomonidan bu lavozimdan vaqtincha ozod qilingan, chunki bunday lavozim klub nizomida yoʻq edi.[7][8]

U „Cruyff Classics“ poyabzal brendining hammuallifi xam xisoblanadi[9]

Cruyff ashaddiy kashanda boʻlgan va 2015-yil oktabrda oʻpka saratoni tashxisi qoʻyilgan.[10] 2016-yil 24-martda Barselonada vafot etgan.[11].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1968-yil 2-dekabrda Cruyff mashhur golland zargari Kornelis Johannes Kosterning qizi Denni Koster bilan turmish qurdi.Uning oʻgʻli Yordi-futbolchi va murabbiy xisoblanadi.

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 9-sentabrda Valfogona-de-Riukorb shaxrida Johan Cruyff nomidagi kochaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

„Ayaks“ning uy stadioni 2018-2019-yilgi futbol mavsumidan boshlab Cruyff nomi bilan ataladi.[12][13]

2019-yili 26-avgustda „Barselona“ ning uy stadioni „Nou Kamp“da Johan Cruyffning 3,5 metr balandl;ikdagi xaykali ochildi.Uning muallifi golland xaykaltaroshi Korri Ammerlan[14]edi.

2019-yili Barselonada uning nomidahi futbol stadioni xam ochildi.

2020-yil yozida Amsterdam koʻchalaridan biri Cruyff nomiga oʻzgartirildi.[15]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiya terma jamoasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1974-yilgi Jahon chempionati finalida Gʻarbiy Germaniyaga qarshi Cruyff (qora libosda). Suratda: Cruyffning chap tomonida-Berti Fogts, oʻngda-Uli Xyonnes.Chapdagi fonda Gerd Myuller.

= "Ayaks"[tahrir | manbasini tahrirlash]

= "Barselona"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barselona tarkibidagi Cruyff.1975-yil

= "Feyenoord"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

= "Ayaks"[tahrir | manbasini tahrirlash]

= "Barselona"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971-yilda „Oltin toʻp“ni olayotgan Cruyff
  • Gollandiyaning 1954-2003-yillardagi eng yaxshi futbolchisi (UEFAning 50 yilligida berilgan mukofot)
  • „Oltin toʻp“ sohibi(3)-1971,1973,1974
  • „Bronza toʻp“ sovrindori-1975-yil
  • „Oltin toʻp“ga nomzod(8)-1967,1968,1969,1970,1972, 1976,1977,1978
  • Ispaniyada yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi(2)- 1977,1978
  • Gollandiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari(2)- 1967-yil (33 gol),1972-yil (25 gol)
  • Gollandiya kubogi toʻpurari-1966-yil (9 gol)
  • Yevropa kubogi toʻpurari-1971/72-yil (5 gol)
  • IFFHS boʻyicha 20-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida-2-oʻrin
  • IFFIHS maʼlumotlariga koʻra 20-asrning Yevropaning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida-1-oʻrin
  • IFFIHS maʼlumotlariga koʻra Gollandiyaning XX-asrning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida-1-oʻrin
  • „Ayaks“ning tarixida eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida 2-oʻrin
  • World Soccer talqini boʻyicha 20-asrning eng buyuk futbolchilari roʻyxatida-3-oʻrin
  • „Barselona“ning eng zoʻr futbolchilari roʻyxatida-2-oʻrin
  • Gollandiya chempionatida 3-toʻpurar-215 gol
  • FIFA 100 ta kuchli futbolchisi roʻyxatiga kiritilgan
  • Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi-1974 -yil
  • Gollandiyaning „Oltin butsa“ sovrindori-1984-yil
  • Gollandiyada yilning eng yaxshi sportchisi(2)-1973, 1974
  • Gollandiya chempionatida „Ayaks“ning eng yaxshi toʻpurari-205 ta gol.
  • Gollandiya kubogida „Ayaks“ning eng yaxshi toʻpurari- 39 ta gol
  • „Onze Mondial“ versiyasi boʻyicha Yevropaning eng yaxshi murabbiyi(2)-1992,1994
  • „World Soccer“ versiyasi boʻyicha dunyoning eng yaxshi murabbiyi-1987-yil
  • „Four Four Two“ versiyasi boʻyicha futbol tarixidagi murabbiylar roʻyxatida 3-oʻrin-2020-yil.[16]
  • „France Football“ tomonidan futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar roʻyxatida 4-oʻrin-2019[17][18]
  • „World Soccer“ maʼlumotlariga koʻra futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylar roʻyxatida 29-oʻrin-2013[19][20]
  • „Marca“ gazetasi oʻquvchilari fikriga koʻra „Afsona“ mukofoti sohibi

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „IFFHS' Century Elections“ (en). rsssf.com. 9-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2011-yil.
  2. „World Soccer Players of the Century“ (en). englandfootballonline.com. 9-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2011-yil.
  3. „Биография на сайте ФИФА“ (en). fifa.com. 9-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2011-yil.
  4. „The ten best coaches of all time“ (en). UEFA.Com. UEFA (13-yanvar 2017-yil). 21-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
  5. „FIFA Order of Merit holders“. FIFA.Com. FIFA (31-dekabr 2012-yil). 5-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2018-yil.
  6. „Johan Cruyff named Honorary President“. FC Barcelona. 9-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentabr 2010-yil.
  7. „Cruyff unimpressed by Barca 'circus'“. ESPN (10-iyul 2010-yil). 9-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentabr 2010-yil.
  8. „Johan Cruyff stripped of Barcelona honorary president title“. The Guardian (10-iyul 2010-yil). 9-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-sentabr 2010-yil.
  9. „Cruyff Classics“. 20-aprel 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2006-yil.
  10. „Johan Cruyff: Barcelona, Ajax and Netherlands legend diagnosed with lung cancer“ (en). independent.co.uk (22-oktabr 2015-yil). 6-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-mart 2016-yil.
  11. „Пішов з життя легендарний футболіст та тренер Йохан Кройф“. champion.com.ua (24-mart 2016-yil). 28-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-mart 2016-yil.
  12. „Amsterdam ArenA wordt officieel Johan Cruijff ArenA“(nid.), сайт клуба «Аякс» (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 10-iyul 2018-yil.
  13. „Стадион "Аякса" переименуют в честь Йохана Кройфа“(rus.), «Интерфакс» (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 10-iyul 2018-yil.
  14. „«Барселона» установила статую Кройффа на «Камп Ноу»“. 26-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-avgust 2019-yil.
  15. „Бульвар имени Йохана Кройффа появился в Амстердаме“. 10-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2020-yil.
  16. „Guardiola supera a Klopp, Simeone y Mourinho en la lista de los 100 mejores técnicos“. Goal.com. 14-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-may 2020-yil.
  17. „Top 50 des coaches de l'histoire“. France Football (19-mart 2019-yil). 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2019-yil.
  18. „Los 50 mejores entrenadores de la historia“. FOX Sports (19-mart 2019-yil). 29-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-dekabr 2019-yil.
  19. „World Soccer The Greatest manager of all time“. 4-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.
  20. „The Greatest: — how the panel voted“. 30-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.