Ispaniya superkubogi (futbol)
Ispaniya superkubogi | |
Fayl:Supercopa de España Real Zaragoza.jpg | |
Davlat | ![]() |
---|---|
Asos solingan sana | 1982-yil |
Klublar soni | 2 ta |
Amaldagi chempion | Barselona (11) |
Eng koʻp yutgan | Barselona (11) |
Futbol bo'yicha Ispaniya superkubogi (ispancha: Supercopa de España) — Ispaniyadagi futbol musobaqasi, unda Ispaniya chempioni va Ispaniya kubogi sohibi ishtirok etadi. Ikki o'yindan (uyda va mehmonda) iborat bu musobaqa odatda avgustda o'tkaziladi.
Amaldagi Superkubok sohibi bu - "Barselona" jamoasidir.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1940-yilda birinchi marta mamlakat chempioni va mamlakat kubogi sohibi o'rtasida o'yin o'tkazildi (U vaqtda Generalissimus kubogi deb nomlangan) va "chempionlar kubogi" nomiga sazovor bo'lish uchun Atletiko Madrid va Espanyol jamoalari kurash olib borishdi. 1945-yilda Ispaniyaning harbiy rejimini qo'llab-quvvatlovchi mamlakat Argentinaning elchisi tavsiyasiga ko'ra, Oltin Argentina kubogi deb nomi o'zgartirildi. Keyinchalik ya'ni 1947-yildan 1953-yilgacha musobaqa Argentina prezidenti Xuan Peronning rafiqasi Maria Eva Duarte de Peronning sharafiga Eva Duarte kubogi nomi bilan o'tkazilib kelindi. Shundan so'ng, 1982-yilgacha musobaqa o'tkazilmadi.
1982-yildan boshlab joriy kubok har yili o'tkazilib kelinadi.
Agar bir klub ham Ispaniya chempioni ham Ispaniya kubogi sohibi bo'lsa, musobaqada unga qarshi Ispaniya kubogi finalchisi o'ynaydi.
Musobaqa g'oliblari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa | G'olib jamoa | Mag'lub jamoa |
---|---|---|
Barselona | 11 (1983, 1991, 1992, 1994, 1996, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013) | 8 (1985, 1988, 1990, 1993, 1997, 1998, 1999,2012) |
Real Madrid | 9 (1988, 1989, 1990, 1993, 1997, 2001, 2003, 2008, 2012) | 4 (1982, 1995, 2007, 2011) |
Deportivo | 3 (1995, 2000, 2002) | 0 |
Sevilya | 1 (2007) | 1 (2010) |
Atletiko Madrid | 1 (1985) | 5 (1991, 1992, 1996, 2009, 2013) |
Valensiya | 1 (1999) | 3 (2002, 2004, 2008) |
Real Saragosa | 1 (2004) | 2 (1994, 2001) |
Atletik Bilbao | 1 (1984) | 1 (1983) |
Malyorka | 1 (1998) | 1 (2003) |
Real Sosedad | 1 (1982) | 0 |
Espanyol | 0 | 2 (2000, 2006) |
Real Betis | 0 | 1 (2005) |
Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Superkubokning barcha o'yinlari haqida ma'lumotlar Arxivlandi 2010-04-28 Wayback Machine saytida. (isp.)