Copa del Rey
Copa del Rey | |
Davlat | ![]() |
---|---|
Asos solingan sana | 1902 yil |
Klublar soni | 83 ta |
Amaldagi chempion | Real Madrid (19) |
Eng koʻp yutgan | Barselona (26) |
Futbol bo’yicha Ispaniya kubogi (ispancha: Copa del Rey – Qirollik kubogi) – Ispaniya professional futbol klublari o’rtasida har yili o’tkaziladigan kubok turniridir.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
1902 yili keyinchalik Real Madrid klubi prezidenti bo’lgan ‘’Karlos Padros’’ Alfonso XIII tantanali taxtga o’tirish marosimiga to’g’rilab futbol musobaqasi tashkillashtirishni maslahat berdi. Madrid klubi tashabbusi ostida yana to’rt ispan klubi musobaqaga chaqirildi. Bular: “Barselona”, “Espanyol”, “Biskaya” birlashgan jamoasi va poytaxtning “Nyu Fut-Bol” jamoalari edi. Birinchi turnir g’olibi “Biskaya” jamoasi bo’ldi. Shundan boshlab Qirollik kubogi boshlandi.
1910 yilda Ispaniya klublari o’rtasida parchalanish vujudga keldi. O’zaro adovat va keskinlik ikki futbol assosiyatsiyaga bo’linishga olib keldi. Bular: Ispaniya futbol federatsiyasi va Ispaniya futbol klublari uyushmasi edi. 1910 yildan 1913 yilgacha har bir assosiyatsiya o’zining shaxsiy kubok musobaqalarini o’tkazib tashkil qilib keldi.
1937 yilda Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanganligi uchun respublika provinsiyalarida Erkin Ispaniya Kubogi (ispancha: Copa de España Libre) deb nomlangan turnir o’tkazdilar. Bu turnirdagi finalda ikki levantiya jamoalari ro’baro kelishdi. “Levante” “Valensiya” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu turnirning natijasi esa Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan 2007 yildagina rasman tan olindi.
Kubok sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turnir tashkil etilgandan beri kubok 12 marta o’zgartirilib, yangicha ko’rinishda ishlab chiqilgan. Undan to’rttasi umrbod “Barselona”ga tegishli bo’lib, yana uchtadan “Atletiko Madrid” va “Atletik Bilbao”larga tegishlidir. Va yana bitta kubokni “Real Madrid” qo’lga kiritgan. Kuboklar bu klublarga umrbod berilishi ketma-ket Qirollik kubogida g’olib chiqqanligi yoki umumiy hisobda besh marta turnirda g’olib chiqqanligi sabablidir. Birinchi kubok 1902 yili “Biskaya” jamoasiga taqdim etilgan edi. “Sevilya” klubi esa 1939 yilda birinchi bora ‘’Generalissimus kubogi”ni qo’lgan kiritgan, keyinchalik general Franko vafo etgandan so’ng, Madridning “Atletiko” klubiga oxirgi 11-nchi Xeneralisimo kubogi topshirilgan.
Turnirning nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1902 – Taxtga o’tirish kubogi ( Qirol Alfonso XIII Janob Oliylari Kubogi)
- 1902—1932 — Qirollik kubogi (Copa Del Rey)
- 1932—1936 — Respublika Prezidenti Sovrini (Trofeo Presidente de la II República)
- 1937 — Erkin Ispaniya Kubogi (2007 yili rasman tan olingan.)
- 1938 — Kubok musobaqasi o’tkazilmagan.
- 1939—1976 — Generalissimus Kubogi (Copa del Generalísimo)
- 1977 y.b. — Qirollik kubogi (Copa del Rey)
O'yinlarni o'tkazish formati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1928 yili Ispaniya futbol ligasi tashkil etilguncha, kubok musobaqalari milliy chempionat rolini egallardi. Jamoalar mahalliy va regional futbol birlashmalaridan tanlab olinardi. Ligani takomillashtirish asnosida bundanda qulay kvalifikatsion sxema ishlab chiqildi. Bunga ko'ra, jamoalar guruh bosqichlaridan saralab olinardi.
Boshqalardan farqi, masalan, Angliyaning futbol assosiatsiyasining kubokidan farqi, Ispaniya turnirida qatnashuvchi jamoalar soni chegaralangan. Turnirda Primera (oliy divizion) jamoalarini barchasi, Segunda (ikkinchi divizion) jamoalarini barchasi, Segunda "B"ning eng yaxshi jamoalari va Terser (to'rtinchi divizion) g'oliblari ishtirok eta oladi.
Boshlang'ich bosqichda quyi divizionda ishtirok etayotgan jamoalar bilan yutqizgan musobaqani tark etish qoidasi bo'yicha o'ynaladi. Quyi diviziondagi jamoa uchun o'z uyida o'ynash imtiyozi beriladi. 1/32 va 1/16 va chorak final va yarim final o'yinlari ikkita: uyda va mehmondagi o'yinlardan iborat bo'ladi. Final bitta uchrashuvdan iborat bo'ladi, o'yin esa neytral stadionda o'tkaziladi.
Azaldan (2004/05 mavsumigacha) saralash bahsidan to 1/8 finalgacha bitta o'yin zaifroq jamoa maydonida o'tkazilgan. 1/8, 1/4 finallar va yarim final esa ikkita o'yindan iborat bo'lgan, final esa neytral maydonda o'tkazilgan. Ammo 2005/06 mavsumidan boshlab Qirollik futbol federatsiyasi kvalifikatsiya tizimiga o'zgartirish kiritdi. Bu esa quyi diviziondagi jamoalarni orasida katta norozilik keltirib chiqardi. Bunda buyon Segunda "B" jamoalari oldin o'z divizionlaridagi jamoalar bilan bir necha o'yinlar o'tkazib, keyin Segunda "A" jamoalari bilan ham bir necha o'yinlar o'tkazishi va shundan so'ng, g'olib jamoalar Primera jamoalari bilan o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shunda ham ular o'ynaydigan Primera jamoalari Yevropa turnirlaridagi hech qanday musobaqada qatnashmaydiganlari bilan birga maydonga tushadilar. UEFA kubogi yoki Chempionlar Ligasida musobaqalari doirasida ishtirok etadigan jamoalarga esa imtiyoz sifatida 1/8 finalidan turnirga qo'shilish imkoniyati berildi.
2006/07 mavsumida futbol federatsiyasi o'yin tizimiga yana o'zgartirish kiritdi. Bugalgisida Segunda "B" jamoalari o'zaro bir necha saralash o'yinlari o'tkazishi, keyin Segunda "A" jamoalari bilan ro'baro kelishi va 1/16 finalda yevromusobaqalarda qatnashishidan qat'iy nazar, Primero jamoalari bilan kuch sinashadi deb belgilandi.
Qirollik kubogi sohibi avtomatik tarzda keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi(1999 yilga qadar kubok sohibi Kubok egalari kubogi musobaqasida qatnashib kelgan, 2009 yilgacha esa - UEFA kubogida).
Va yana kubok sohibi Ispaniya Superkubogi o'yinida o'ynash huquqini qo'lga kiritadi. Bu o'yinda kubok sohibi mavsumdagi milliy chempionat g'olibi bilan kuch sinashadi.
G'oliblar va Finalchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Yutganlar | Finalchi | Yutilgan yillar | Oxirgi finalga chiqqan yili |
---|---|---|---|---|
Barcelona | 1910, 1912, 1913, 1920, 1922, 1925, 1926, 1928, 1942, 1951, 1952, 1953, 1957, 1959, 1963, 1968, 1971, 1978, 1981, 1983, 1988, 1990, 1997, 1998, 2009, 2012 | 2014 | ||
Athletic Bilbao | 1903, 1904, 1910, 1911, 1914, 1915, 1916, 1921, 1923, 1930, 1931, 1932, 1933, 1943, 1944, 1945, 1950, 1955, 1956, 1958, 1969, 1973, 1984 | 2012 | ||
Real Madrid | 1905, 1906, 1907, 1908, 1917, 1934, 1936, 1946, 1947, 1962, 1970, 1974, 1975, 1980, 1982, 1989, 1993, 2011, 2014 | 2004 | ||
Atlético Madrid | 1960, 1961, 1965, 1972, 1976, 1985, 1991, 1992, 1996, 2013 | 2010 | ||
Valencia | 1941, 1949, 1954, 1967, 1979, 1999, 2008 | 1995 | ||
Real Zaragoza | 1964, 1966, 1986, 1994, 2001, 2004 | 2006 | ||
Sevilla | 1935, 1939, 1948, 2007, 2010 | 1962 | ||
RCD Espanyol | 1929, 1940, 2000, 2006 | 1957 | ||
Real Unión | 1918, 1924, 1927 | 1922 | ||
Real Sociedad | 1909, 1987 | 1988 | ||
Real Betis | 1977, 2005 | 1997 | ||
Deportivo La Coruña | 1995, 2002 | – | ||
Arenas Club | 1919 | 1927 | ||
RCD Mallorca | 2003 | 1998 | ||
Club Bizcaya | 1902 | 1907 | ||
Racing de Irún | 1913 | – | ||
Celta de Vigo | – | 2001 | ||
Getafe CF | – | 2008 | ||
Real Valladolid | – | 1989 | ||
Sporting de Gijón | – | 1982 | ||
Club Español de Madrid | – | 1910 | ||
CA Osasuna | – | 2005 | ||
Recreativo de Huelva | – | 2003 | ||
Real Madrid Castilla‡ | – | 1980 | ||
UD Las Palmas | – | 1978 | ||
CD Castellón | – | 1973 | ||
Elche CF | – | 1969 | ||
Granada CF | – | 1959 | ||
Racing de Ferrol | – | 1939 | ||
CE Sabadell FC | – | 1935 | ||
CE Europa | – | 1923 | ||
FC España | – | 1914 | ||
Gimnástica Madrid | – | 1912 | ||
Real Vigo Sporting | – | 1908 |
‡ Real Madridning rezerv klubi hisoblanadi. Rezerv klublarga 1990–91 mavumidan boshlab, bu turnirda ishtirok etish ta'qiqlab qo'yilgan.
=== Finallar ===
Mavsum | O'tkazilgan joy | G'olib | Finalist | Hisob |
---|---|---|---|---|
2014 | Mestalla, Valencia | Real Madrid | Barcelona | 2–1 |
2013 | Santiago Bernabéu Stadium, Madrid | Atlético Madrid | Real Madrid | 1–2 |
2012 | Visente Kalderon, Madrid | Barcelona | Atletik Bilbao | 3–0 |
2011 | Mestalla, Valencia | Real Madrid | Barcelona | 1–0 (qbv) |
2010 | Camp Nou, Barcelona | Sevilla | Atletico Madrid | 2–0 |
2009 | Mestalla, Valencia | Barselona | Athletic Bilbao | 4–1 |
2008 | Vicente Calderón, Madrid | Valencia CF | Getafe CF | 3–1 |
2007 | Santiago Bernabéu Stadium, Madrid | Sevilla | Getafe CF | 1–0 |
2006 | Santiago Bernabéu, Madrid | RCD Espanyol | Real Zaragoza | 4–1 |
2005 | Vicente Calderón, Madrid | Real Betis | Osasuna | 2–1 (qbv) |
2004 | Lluís Companys, Barcelona | Real Zaragoza | Real Madrid | 3–2 (qbv) |
2003 | Martínez Valero, Elche | RCD Mallorca | Recreativo de Huelva | 3–0 |
2002 | Santiago Bernabéu, Madrid | Deportivo La Coruña | Real Madrid | 2–1 |
2001 | La Cartuja, Sevilla | Real Zaragoza | Celta Vigo | 3–1 |
2000 | Mestalla, Valencia | RCD Espanyol | Atlético Madrid | 2–1 |
1999 | La Cartuja, Sevilla | Valencia CF | Atlético Madrid | 3–0 |
1998 | Mestalla, Valencia | Barcelona | RCD Mallorca | 1–1 (penaltilar, 5–4) |
1997 | Santiago Bernabéu, Madrid | Barcelona | Real Betis | 3–2 (qbv) |
1996 | La Romareda, Zaragoza | Atlético Madrid | Barcelona | 1–0 (qbv) |
1995 | Santiago Bernabéu, Madrid | Deportivo La Coruña | Valencia CF | 2–1 |
1994 | Vicente Calderón, Madrid | Real Zaragoza | Celta Vigo | 0–0 (penaltilar, 5–4) |
1993 | Estadio Luis Casanova, Valencia | Real Madrid | Real Zaragoza | 2–0 |
1992 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | Real Madrid | 2–0 |
1991 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | RCD Mallorca | 1–0 |
1990 | Estadio Luis Casanova, Valencia | Barcelona | Real Madrid | 2–0 |
1989 | Vicente Calderón, Madrid | Real Madrid | Real Valladolid | 1–0 |
1988 | Santiago Bernabéu, Madrid | Barcelona | Real Sociedad | 1–0 |
1987 | La Romareda, Zaragoza | Real Sociedad | Atlético Madrid | 2–2 (penaltilar, 4–2) |
1986 | Vicente Calderón, Madrid | Real Zaragoza | Barcelona | 1–0 |
1985 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | Athletic Bilbao | 2–1 |
1984 | Santiago Bernabéu, Madrid | Athletic Bilbao | Barcelona | 1–0 |
1983 | La Romareda, Zaragoza | Barcelona | Real Madrid | 2–1 |
1982 | José Zorrilla, Valladolid | Real Madrid | Sporting de Gijón | 2–1 |
1981 | Vicente Calderón, Madrid | Barcelona | Sporting de Gijón | 3–1 |
1980 | Santiago Bernabéu, Madrid | Real Madrid | Castilla CF | 6–1 |
1979 | Vicente Calderón, Madrid | Valencia CF | Real Madrid | 2–0 |
1978 | Santiago Bernabéu, Madrid | Barcelona | UD Las Palmas | 3–1 |
1977 | Vicente Calderón, Madrid | Real Betis | Athletic Bilbao | 2–2 (penaltilar, 8–7) |
1976 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | Real Zaragoza | 1–0 |
1975 | Vicente Calderón, Madrid | Real Madrid | Atlético Madrid | 0–0 (penaltilar, 4–3) |
1974 | Vicente Calderón, Madrid | Real Madrid | Barcelona | 4–0 |
1973 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Bilbao | CD Castellón | 2–0 |
1972 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | Valencia CF | 2–1 |
1971 | Santiago Bernabéu, Madrid | Barcelona | Valencia CF | 4–3 |
1970 | Camp Nou, Barcelona | Real Madrid | Valencia CF | 3–1 |
1969 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Bilbao | Elche CF | 1–0 |
1968 | Santiago Bernabéu, Madrid | Barcelona | Real Madrid | 1–0 |
1967 | Santiago Bernabéu, Madrid | Valencia CF | Atlético Bilbao | 2–1 |
1966 | Santiago Bernabéu, Madrid | Real Zaragoza | Atlético Bilbao | 2–0 |
1965 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | Real Zaragoza | 1–0 |
1964 | Santiago Bernabéu, Madrid | Real Zaragoza | Atlético Madrid | 2–1 |
1963 | Camp Nou, Barcelona | Barcelona | Real Zaragoza | 3–1 |
1962 | Santiago Bernabéu, Madrid | Real Madrid | Sevilla CF | 2–1 |
1961 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | Real Madrid | 3–2 |
1960 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Madrid | Real Madrid | 3–1 |
1959 | Santiago Bernabéu, Madrid | Barcelona | Granada CF | 4–1 |
1958 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Bilbao | Real Madrid | 2–0 |
1957 | Montjuïc, Barcelona | Barcelona | RCD Español | 1–0 |
1956 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Bilbao | Atlético Madrid | 2–1 |
1955 | Santiago Bernabéu, Madrid | Atlético Bilbao | Sevilla CF | 1–0 |
1954 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Valencia CF | Barcelona | 3–0 |
1953 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Barcelona | Atlético Bilbao | 2–1 |
1952 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Barcelona | Valencia CF | 4–2 |
1951 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Barcelona | Real Sociedad | 3–0 |
1950 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Atlético Bilbao | Real Valladolid | 4–1 |
1949 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Valencia CF | Atlético Bilbao | 1–0 |
1948 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Sevilla CF | Celta Vigo | 4–1 |
1947 | Riazor, A Coruña | Real Madrid | RCD Español | 2–0 |
1946 | Montjuïc, Barcelona | Real Madrid | Valencia CF | 3–1 |
1945 | Montjuïc, Barcelona | Atlético Bilbao | Valencia CF | 3–2 |
1944 | Montjuïc, Barcelona | Atlético Bilbao | Valencia CF | 2–0 |
1943 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Atlético Bilbao | Real Madrid | 1–0 |
1942 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Barcelona | Atlético Bilbao | 4–3 |
1941 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Valencia CF | RCD Español | 3–1 |
1940 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | RCD Español | Real Madrid | 3–2 |
1939 | Montjuïc, Barcelona | Sevilla FC | Racing Ferrol | 6–2 |
1936 | Mestalla, Valencia | Madrid FC | Barcelona | 2–1 |
1935 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Sevilla FC | CE Sabadell FC | 3–0 |
1934 | Montjuïc, Barcelona | Madrid FC | Valencia CF | 2–1 |
1933 | Montjuïc, Barcelona | Athletic Bilbao | Madrid FC | 2–1 |
1932 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Athletic Bilbao | Barcelona | 1–0 |
1931 | Chamartín (‘‘Santiago Bernabéu’’), Madrid | Athletic Bilbao | Real Betis | 3–1 |
1930 | Montjuïc, Barcelona | Athletic Bilbao | Madrid CF | 3–2 |
1929 | Mestalla, Valencia | RCD Español | Real Madrid | 2–1 |
1928 | El Sardinero, Santander | Barcelona | Real Sociedad | 3–1 |
1927 | Torreo, Zaragoza | Real Unión | Arenas Club de Getxo | 1–0 |
1926 | Mestalla, Valencia | Barcelona | Atlético Madrid | 3–2 |
1925 | Reina Victoria, Sevilla | Barcelona | Arenas Club de Getxo | 2–0 |
1924 | Atotxa, San Sebastián | Real Unión | Real Madrid | 1–0 |
1923 | Les Corts, Barcelona | Athletic Bilbao | CE Europa | 1–0 |
1922 | Coia, Vigo | Barcelona | Real Unión | 5–1 |
1921 | San Mamés, Bilbao | Athletic Bilbao | Atlético Madrid | 4–1 |
1920 | El Molinón, Gijón | Barcelona | Athletic Bilbao | 2–0 |
1919 | Martínez Campos, Madrid | Arenas Club de Getxo | Barcelona | 5–2 |
1918 | O'Donnell, Madrid | Real Unión | Madrid FC | 2–0 |
1917 | La Industria, Barcelona | Madrid FC | Arenas Club de Getxo | 2–1 |
1916 | La Industria, Barcelona | Athletic Bilbao | Madrid FC | 4–0 |
1915 | Amute, Irún | Athletic Bilbao | RCD Español | 5–0 |
1914 | Amute, Irún | Athletic Bilbao | FC España de Barcelona | 2–1 |
1913 | La Industria, Barcelona | Barcelona | Real Sociedad | 2–1 |
1913 | O'Donnell, Madrid | Racing de Irún | Athletic Bilbao | 1–0 |
1912 | La Industria, Barcelona | Barcelona | Gimnástica de Madrid | 2–0 |
1911 | Jolaseta, Bilbao | Athletic Bilbao | CD Español | 3–1 |
1910 | Tiro de Pichón, Madrid | Barcelona | Club Español de Madrid | - |
1910 | Ondarreta, San Sebastián | Athletic Bilbao | Vasconia | - |
1909 | O'Donnell, Madrid | Club Ciclista | Club Español de Madrid | 3–1 |
1908 | O'Donnell, Madrid | Madrid FC | Real Vigo Sporting | 2–1 |
1907 | Hipódromo, Madrid | Madrid FC | Club Bizcaya | 1–0 |
1906 | Hipódromo, Madrid | Madrid FC | Athletic Bilbao | - |
1905 | Tiro de Pichón, Madrid | Madrid FC | San Sebastián | - |
1904 | Tiro de Pichón, Madrid | Athletic Bilbao | - | |
1903 | Hipódromo, Madrid | Athletic Bilbao | Real Madrid | 3–2 |
1902 | Hipódromo, Madrid | Bizcaya | Barcelona | 2–1 |
Etimologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Real Madrid avvallari Madrid FC deb nomlangan, 1920 yilgacha Real qo'shimchasi bo'lmagan. 1941 yilda general Franko qarori bilan noispan ismlarni ishlatishni ta'qiqlab qo'ydi. Shuning uchun FC Barcelona - CF Barcelonaga, Sevilla FC - Sevilla CFga, Athletic Bilbao esa Atlético Bilbao deb o'zgartirilishga majbu bo'lindi. RCD Espanyol esa 1995 yilgacha RCD Español nomi ostida taniqli edi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Barcha o'yinlar natijalari, o'yin sanalari, final o'yini natijalari Arxivlandi 2007-07-03 Wayback Machine saytida. (isp.)
- o'tgan yillardagi g'oliblar ro'yxati, final o'yinlari natijalari arxivi (isp.)
- Turnir tarixidagi eng qiziqarli o'yinlar Arxivlandi 2007-10-02 Wayback Machine saytida. (isp.)
- Yaqindagi kubok o'yinlari — qisqacha so'z, statistika. Arxivlandi 2012-03-08 Wayback Machine saytida. — Qirollik futbol federatsiyasining rasmiy sayti (isp.)
- Новости, комментарии, описание матчей 2007 Arxivlandi 2008-06-28 Wayback Machine saytida. (isp.)